Iqbol mirzo sheriyatida lirik kechinma
MAVZU: IQBOL MIRZO SHERIYATIDA LIRIK KECHINMA
◦ Iqbol Mirzo 1967 yilning 1 may kuni Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi Qo‘shtegirmon qishlog‘ida tug‘ilgan. 1984 yili o‘rta maktabni tugatgach, Farg‘ona Davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1991 yili muvaffaqiyatli yakunlagan. O‘zbekiston xalq shoiri. Respublika Senati a’zosi. Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari.
◦ Iqbol Mirzo ijodi 90-yillardan boshlangan bo‘lib, shu kungacha uning o‘nlab she’riy to‘plamlari chop etilgan. Shoir she’riyati inson ruhi, qalb harorati silsilali tuyg‘ularini o‘zgacha ifodalashi bilan ajralib turadi.
◦ Iqbol Mirzo ijodida muhabbat mavzusidagi she`rlarning ajoyib namunalarini uchratish mumkin. Masalan, Iqbol Mirzoning «Farishta», «YOnimga kel, yorim», «Seni moo’inib», «Istaysizmi- yo`qmi», «Muhabbat», «Ko`nglingda nima bor?», «Seni bugun ko`rmasam bo`lmas» kabi she`rlarida sof-samimiy,, pokiza muhabbat, unga intilish va shu orqali tozargan qalb , ruhi poklangan jism, botini harirlashgan banda, majoziy muhabbatdan ilohiy ruh , ilohiy go`zallik izlagan inson tasviri gavdalanadi. Bu she`rlarning ayrimlari qo`shiq sifatida ijro etilib xalq qalbidan joy olishga ham ulgurgan.
◦ Lirik she`rlar, ya`ni muhabbat mavzuidagi she`riyat namunalari. Hamma zamonlardagi kabi davrimiz she`riyatida ham muhabbat mavzusi o`zining etakchilik mavqeini saqlab qoldi, yangidan yangi ijod namunalari hisobiga kengaydi. Muhabbat mavzuidagi she`rlar zamirida yotgan badiiy-falsafiy yuk ramziy ishora va obrazli ifodalarga boy bayon tarzi bilan yanada teran ma`no kasb etdi.