Mirzo Ulug’bekning geografiyaga oid ta’limotlari
MAV ZY :Mirzo Ulug’bek ning geografi y aga oid t a’limot lari
RE J A HAYOTI VA IJODI GEOGRAFIYA VA ASTRANOMIYAGA QO’SHGAN HISSASI PEDAGOGIK QARASHLARI
Buyuk olim va davlat arbobi, temuriylar sulolasining yorqin namoyandasi Mirzo Ulug`bekning nomi dunyo fani sahifalariga zarhal harflar bilan bitilgan. Uning astronomiya, matematika, geometriya, geogra fiya va boshqa qator fanlar rivojiga qo`shgan o`lkan hissasi, O`rta asrlarda amalga oshirgan hisob-kitoblarining aniqligi hozirgi zamon ilm ahlini hamon lol qoldirib kelmoqda. Mirzo Ulug`bekning nomi butun dunyoga buyuk mutafakkir sifatida ma’lum. Ammo u dastlab, bobosi Amir Temurga va so`ng otasi Shohruxga turli yurishlarda hamroh bo`lgan. Movarounnahr hukmdori bo`lgach, keyinchalik o`zi ham mamlakatning turli qismlarini kezgan. Safarlari davomida ko`rganlarini o`zining ilmiy faoliyatida keng qo`llagan. Shuning uchun Ulug`bekni sayyoh-olimlar qatoriga kiritishimiz mumkin.
Mirzo Ulug`bek (to`liq ismi sharifi - Mirzo Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulug`bek Ko`ragon) 1394-yil 22-martda Amir Temurning harbiy yurishlari chog`ida Eron Ozarbayjonidagi Sultoniya shahrida dunyoga kelgan. Amir Temur suyukli nabirasining tarbiyasini katta rafiqasi Saroymulkxonimga topshiradi va ana shundan keyingi 11 yil davomida berilgan tarbiya Mirzo Ulug`bekning buyuk inson bo`lib shakllanishida katta rol o`ynagan. 1409-yilda temurzoda Shohrux o`g`li Ulug`bekni Samarqand hokimi etib tayinlagan va 1411- yildan boshlab esa Mirzo Ulug`bek butun Movarounnahr boshqaruvini qo`lga olib, Samarqandni ilm- fan markaziga aylantirdi.
Mirzo Ulug`bek fan xomiysi bo`lish bilan birga, mamlakatda ma’rifat rivojiga ham katta ahamiyat bergan allomadir. U Movarounnahrda bir emas, uch madrasa qurdirdi. Bulardan biri Samarqanda (1417-1420), ikkinchisi Buxoroda (1417) va uchinchisi Gijduvondadir (1433). Hatto, Buxorodagi Madrasa peshtokiga hadisdan olingan lavhani: «Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir», deb yozdirib qo`ygan.