ABU ALI IBN SINONING GEOGRAFIYAGA OID TA’LIMOTLARI
MAVZU:ABU ALI IBN SIN ON IN G GEOGRAFIYAGA OID TA’LIMOTLARI
RE JA Hayoti va ijodi Geografiyaga qo’shgan hissasi Pedagogikaga qo’shgan hissasi
Yevropa mamlakatlarida «Avitsenna» nomi bilan mashhur Abu Ali ibn Sino ko`pchilikka tib ilmi asoschilaridan biri sifatida ma’lum. Ammo Sharq uyg`onish davrining yirik namoyandalaridan bo`lmish Ibn Sino qomusiy olim bo`lib, nafaqat tibbiyot, balki falsafa, astronomiya, matematika, geografiya va tabiatshunoslikka oid ko`plab asarlar ham yozgan. Manbalarda yozilishicha, Ibn Sinoning otasi asli Balxlik bo`lgan va Buxoroga ko`chib kelgach, Xurmaysan qishlog`ida yashagan. Unga qo`shni bo`lmish Afshona qishlog`idan uylangan va O`sha yerda o`rnashib qolgan. X asr tarixchisi Narshaxiy ta’biri bilan «Afshina katta bir shahar bo`lib, qal’asi bor. Bir necha qishloqlar unga qarashlidir. Odamlar u joyni tabarruk deydilar, xaftaning muayyan bir kunida u yerda bozor bo`ladi». Ibn Sino 980-yilda xuddi shu qishloqda (hozirgi Buxoro viloyatining Peshku tumanida) dunyoga kelgan.
999-yil Buxoroni zabt etib, Somoniylar davlatini ag darganidan keyin Ibn Sino hayotida ʻ tashvishli, notinch va og ir damlar boshlandi. 1002-yil uning otasi vafot etdi. Ikki sulola ʻ vakillarining taxt uchun kurashi 1005-yilgacha davom etib, oxiri Qoraxoniylarning butkul g alabasi bilan tugadi. Bunday vaziyatda Buxoroda ortiq qolib bo lmas edi. Shu bois Ibn Sino ʻ ʻ o z yurtini tark etib ʻ Xorazmga bosh olib ketdi.
Bir necha yildan so`ng oila Buxoro shahriga ko`chib kelgach, Ibn Sino savod chiqarib, turli fanlarni o`rgana boshlaydi. Amir Nux ibn Mansur Qattiq betob bo`lib qolganida davolagani uchun Ibn Sinoga mamlakatning eng sara asarlar yig`ilgan saroy kutubxonasida kitob mutolaa qilshga ijozat bergan. Tinimsiz o`qish va izlanishlar tufayli, Ibn Sino Buxoroning eng bilimdon olimi va mohir tabibi bo`lib yetishdi. Olim o`z asarlaridan birida «yoshim o`n sakkizga borganida bor ilmlarning hammasini egallab bo`lgan edim», deb yozgan. O`sha paytlarda Buxoroda hukm so`rgan vaziyat Ibn Sinoni dastlab Buxorodan Xorazmga, undan Xurosonning Jurjon va Nishopur shaharlariga ko`chishga majbur qildi.