Mirzo Ulug'bek
Mirzo Ulug'bek 1397-1449
Reja: 1. Alloma hayot faolyati. 2. Mirzo Ulug'bekning geografiya faniga qo'shgan hissasi. 3. Ulug'bek ilmiy merosi. 4. Ulug'bek apservatoryasi.
Buyuk olim va davlat arbobi, temuriylar sulolasining yorqin namoyondasi Mirzo Ulug‘bekning nomi dunyo fani sahifalariga zarhal harflar bilan bitilgan. Uning astronomiya, matematika, geometriya, geografiya va boshqa qator fanlar rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, 0 ‘rta asrlarda amalga oshirgan hisob-kitoblarining aniqligi hozirgi zamon ilm ahlini hamon lol qoldirib kelmoqda
Quyosh bir yilda bir marta aylanib chiqadigan fazoviy doira - ekliptikaning og‘ishi qiymatini aniqlashda Mirzo Ulug‘bek dunyo astronomiya fanida eng oldingi o‘rinlarda turadi. Uning 1437-yilda amalga oshirgan hisob-kitoblariga ko‘ra, ekliptikaning og‘ishi 23°30'17" ga teng va bu qiymat hozirgi zamondagi hisob-kitoblardan bor-yo‘g‘i 0'32" ga farq qiladi. Shuning uchun ham Ulug‘bek tomonidan hisoblangan bir astronomik yil 365 kun 6 soat 10 minut 8 sekundga teng va bu hozirgi zamon ma’lumotlaridan atigi 58 sekundga farq qiladi.