logo

IQLIMI, SUVLARI, TUPROQLARI, O‘SIMLIKLARI VA HAYVONOT DUNYOSI

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22862.842773438 KB
IQLIMI, SUVLARI, TUPROQLARI, 
O‘SIMLIKLARI   VA  HAY VON OT 
DUNYOSIБисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм   Iqlimi. 
Quyi Zarafshon 
okrugi qisqa va 
beqaror qish bilan, 
quruq, seroftob, 
jazirama yoz bilan 
tavsiflanadi.    Qishda okrug hududiga 
shimoldan sovuq, quruq 
shamollarning esishi tufayli 
hamma qismida yanvarning 
o‘rtacha harorati 0°C dan 
past bo‘ladi. Quyi Zarafshon 
okrugiga yozda shimoli 
g‘arbdan nam havo 
massalari esib tursa-da, 
lekin haroratning yuqoriligi 
tufayli yog‘in yog‘maydi.     Quyi Zarafshon okrugi 
O‘zbekistonning eng issiq 
hududlaridan  hisoblanib, 
yillik o‘rtacha harorati 
+14,2 +15°C,  iyulning 
o‘rtacha harorati +28 
+29,6°C, yanvarning 
o‘rtacha  harorati  
Qorako‘lda +0,4°C, 
Shofirkonda +1,5°C 
hisoblanadi.  +1,5°C 
+0,4°C    Okrugda ba’zan qishda Sibir antisiklonining kirib qolishi va 
Arktika havo massasining u bilan bir davrga to‘g‘ri kelishi tufayli 
harorat –20 –25°C gacha pasayadi. Aksincha, yozda havo qizib, 
eng yuqori harorat +44 +45°C ga ko‘tariladi.      Quyi Zarafshon okrugida sovuq bo‘lmaydigan davr 204
—214  kun davom etib, vegetatsiya davridagi haroratlar 
yig‘indisi 5000°C ga yetadi. Bunday iqlimiy sharoitda 
ingichka tolali paxta, shirin-shakar mevalar, poliz 
ekinlarini yetishtirish mumkin.   Quyi Zarafshon okrugida yog‘inlar hudud va fasllar
bo‘yicha notekis taqsimlangan. Buxoro va Qorako‘l vohalariga 
bir yilda 100—200 mm yog‘in tushadi. Yillik yog‘inni 100 foiz 
desak, 44—48 foizi bahorga, 36—44 foizi qishga, 2—3 foizi  yozga 
to‘g‘ri keladi. Eng ko‘p yog‘in mart —aprel oylariga, eng kam 
yog‘in iyul—avgust oylariga to‘g‘ri keladi.   Quyi Zarafshon okrugida qor har yili yog‘adi, lekin uzoq
turmay (5—10 kungacha) erib ketadi. Qorning qalinligi 5 
sm  atrofida bo‘ladi.  Suvlari. 
Quyi Zarafshon okrugining suv manbayi Amudaryo
va Zarafshon hisoblanadi.    Okrug hududida Zarafshon
daryosining suvlari Shofirkon, Vobkent, 
Romitan, Shohrud va boshqa magistral 
kanallar orqali sug‘orishga sarflanib, 
tabiiy o‘zandan faqat sizot suvlari oqadi, 
xolos. Ilgari Zarafshon suvi Quyi 
Zarafshon okrugidan oqib o‘tib, 
Amudaryoga 20 km yetmasdan 
qumlarga shimilib ketar edi.
Zarafshon daryosi davomi 
Markaziy Buxoro kollektori Shohrud kanali Buxoro shahri 
ichidan oqib o‘tadi Shohrud kanali     Quyi Zarafshon okrugi hududiga kelguncha Zarafshon
daryosining suvi O‘rta Zarafshon okrugida ishlatilishi tufayli 
Buxoro va Qorako‘l vohasiga suvi to‘la yetib kelmaydi. Shu 
sababli yerlarni sug‘orishni yaxshilash, aholini suv bilan ta’min-
lash maqsadida uzunligi 268 km bo‘lgan Amu-Buxoro magistral 
kanali qurildi. 
Amu-Buxoro magistral kanali   Amu-Buxoro kanalidan keladigan suvdan 
sug‘orishda foydalanishdan tashqari 
To‘dako‘l va Quyimozor  suv omborlari 
ham to‘ldirilib turibdi. Buxoro va  Qorako‘l 
vohasida vujudga kelgan zovur suvlarini 
sug‘oriladigan hududdan chetga chiqarib 
tashlash oqibatida Sho‘rko‘l, Qorako‘l, 
Parsanko‘l, Moxonko‘l, Qoraqir kabi ko‘llar 
vujudga keldi. 
Quyimozor suv omboriTo‘dako‘l suv ombori 
Dengizko‘l     Quyi Zarafshon okrugida yerosti suvlari relyefga
bog‘liq holda hudud bo‘yicha bir xil joylashgan emas. Okrug 
sharqidagi balandroq bo‘lgan yerlarning grunt suvlari nisbatan 
chuchuk va yaxshi siljiydi.  Okrugning janubi g‘arbida, Buxoro va 
Qorako‘l vohalarida  grunt suvi yuza (2 —3 m) bo‘lib, sho‘r, 
ichishga yaroqsiz.    Bo‘r davri yotqiziqlari orasida bosimli yerosti suvlari mavjud
bo‘lib, sho‘r emas, binobarin, ulardan ichimlik suvi sifatida
foydalanish mumkin. Quyi Zarafshon okrugining
1000 — 1500 m chuqurliklarida issiq mineral suvlar mavjud
bo‘lib, ulardan davolanishda foydalanilmoqda.   Tuproqlari
Quyi Zarafshon okrugida yerusti 
tuzilishi, yotqiziqlar tarkibi va 
yerosti suvlarining xususiyatlariga 
bog‘liq holda turli xil  tuproqlar 
tarqalgan.    Okrugda sur-qo‘ng‘ir, qumoq, taqir, sho‘rxok,  o‘tloq kabi 
tuproqlar eng ko‘p tarqalgan.
O‘tloq tuproqlarSho‘rxok tuproqlar
Sur-qo‘ng‘ir     Quyi Zarafshon okrugining chetlaridagi qumliklarga (Qizilqum, 
Sandiqli qumligi) tutashgan qismlarida qumoq va qumli tuproqlar 
tarqalgan. Buxoro va Qorako‘l vohasining chetlarida taqir 
tuproqlar joylashgan bo‘lsa, pastqam grunt suvi yuza bo‘lgan 
qismida sho‘rxok tuproqlar mavjud.  Quyi Zarafshon okrugining ichki qismida sug‘oriladigan
o‘tloq, o‘tloq-alluvial tuproqlari joylashib, ularga ishlov 
berish tufayli tabiiy xususiyatini o‘zgartirib, o‘tloq-voha 
tuprog‘iga aylangan.  O‘simliklari.       O‘simliklari ham tabiiy unsurlarga bog‘liq holda bir xil 
tarqalgan emas. Okrugni o‘rab olgan qumli  cho‘llarda, 
asosan, juzg‘un, quyonsuyak, cherkaz, iloq o‘ssa, 
Quyonsuyak
Juzg‘un
Cherkaz     Buxoro vohasining sharqida, Qorako‘l vohasining janubi 
sharqidagi kichik marza qumliklarida juzg‘un, quyonsuyak, 
selin, oq saksovul, shuvoq, iloq kabilar mavjud.
SelinOq saksovul
Juzg‘un
Iloq      Qorako‘l vohasi janubida joylashgan harakatdagi qumliklarda 
quyonsuyak, oq saksovul, cherkez, juzg‘un, erkaksimon iloq 
o‘sadi. Okrugning gi р sli cho‘llarida partek, shuvoq, tatr (yer 
tezak), boyalish mavjud.
Partek Cherkez
Tatir (yer tezak)Juzg ‘un      Quyi Zarafshon okrugida eng ko‘p tarqalgan o‘simlik turi
shuvoq hisoblanadi. Shuvoq, asosan, sur-qo‘ng‘ir 
tuproq tarqalgan yerlarda uchraydi.   Buxoro va Qorako‘l vohalarining qadimiy sug‘oriladigan
taqirli tuproqlar tarqalgan qismida shuvoq, tatr, boyalish kabi 
o‘simliklar o‘ssa, biroz sho‘rlashgan qismida tatr, yantoq, qora 
saksovul, bir yillik sho‘ra uchraydi.
Boyalich Qora saksovul
Qora saksovul Sho‘ra      Zarafshon daryosining qadimiy qayirlarida, deltasida, 
ko‘llar atrofida to‘qay o‘simlik turlari bo‘lib, ular 
turang‘il, jiyda, tol, lox, qamish, chingil, yantoq, yulg‘un 
kabilardir. 
Turang‘il
Lox
Yulg‘unYantoq      Okrugda antropogen omillar ta’sirida to‘qayzorlar 
maydoni kamayib ketmoqda. Shu sababli ayrim joylarda 
qo‘riqlanadigan to‘qayzorlar tashkil etish zarur.  Hayvonlari. 
Quyi Zarafshon 
okrugi hayvonlari 
cho‘lga xos bo‘lgan 
vakillar bilan 
tavsiflanib, jazirama, 
quruq, seroftob 
yozga moslashgan..   Okrugda kalamush, yumronqoziq, qo‘shoyoq,
kaltakesak, echkemar va ilonlar uchraydi.   Shuningdek, cho‘l qismida tulki, bo‘ri, jayron, ti р ratikan, 
jayra, bo‘rsiq,   to‘qaylarda chiyabo‘ri, to‘ng‘iz, to‘qay mushugi, 
qirg‘ovul kabilar yashaydi.  To‘dako‘l, Quyimozor kabi suv havzalari hamda ko‘llarda
o‘rdak, g‘oz va baliqlar yashaydi. Okrugning cho‘l 
qismida hasharotlardan qoraqurt va falanga uchraydi.      Quyi Zarafshonda kamayib ketayotgan ayrim 
hayvonlarni muhofaza qilib, ko‘paytirish uchun „Jayron 
ekomarkazi“ parvarishxonasi tashkil etilgan. Bu yerda 
xalqaro „Qizil kitob“ga kirgan jayronlar muhofaza 
etiladi.    ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
P.Baratov, M. Mamatqulov –Geografiya (O‘rta Osiyo 
tabiiy geografiyasi. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi) 
– umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7- sinfi uchun 
darslik — Toshkent; „O‘qituvchi“ NMIU, 2017 / 
www.eduportal.uz
•
Atlas (O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy 
geografiyasi), 7-sinf, O‘zbekiston Yer resurslari, 
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi, 
Toshkent 2017

IQLIMI, SUVLARI, TUPROQLARI, O‘SIMLIKLARI VA HAY VON OT DUNYOSIБисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Iqlimi. Quyi Zarafshon okrugi qisqa va beqaror qish bilan, quruq, seroftob, jazirama yoz bilan tavsiflanadi.

Qishda okrug hududiga shimoldan sovuq, quruq shamollarning esishi tufayli hamma qismida yanvarning o‘rtacha harorati 0°C dan past bo‘ladi. Quyi Zarafshon okrugiga yozda shimoli g‘arbdan nam havo massalari esib tursa-da, lekin haroratning yuqoriligi tufayli yog‘in yog‘maydi.

Quyi Zarafshon okrugi O‘zbekistonning eng issiq hududlaridan hisoblanib, yillik o‘rtacha harorati +14,2 +15°C, iyulning o‘rtacha harorati +28 +29,6°C, yanvarning o‘rtacha harorati Qorako‘lda +0,4°C, Shofirkonda +1,5°C hisoblanadi. +1,5°C +0,4°C

Okrugda ba’zan qishda Sibir antisiklonining kirib qolishi va Arktika havo massasining u bilan bir davrga to‘g‘ri kelishi tufayli harorat –20 –25°C gacha pasayadi. Aksincha, yozda havo qizib, eng yuqori harorat +44 +45°C ga ko‘tariladi.