QUYI AMUDARYO OKRUGINING IQLIMI, SUVLARI, TUPROQLARI, O‘SIMLIKLARI VA HAYVONOT DUNYOSI
QUYI AMUDARYO OKRUGINING IQLIMI, SUVLARI, TUPROQLARI, O‘SIMLIKLARI VA HAYVONOT DUNYOSI
• Quyi Amudaryo okrugining iqlimi kontinental bo‘lib, qishi davomli va sovuq, yozi nisbatan quruq va issiq. Okrugning shimoliy qismi tekis bo‘lganligidan qishda shimoli sharqdan Sibir antisikloni, shimoldan Arktika havosi to‘siqsiz kirib keladi. Natijada, qishda harorat pasayib, yanvarning o‘rtacha harorati –4,5 –7,6°C atrofida o‘zgaradi. Ba’zan sovuq havo massalarining turib qolishi natijasida eng past harorat –32 –33°C ga tushib qoladi. Iyulning o‘rtacha harorati +27,0 +28,0°C. Eng yuqori harorat +44 +46°C.
• Quyi Amudaryo hududi O‘zbekistonda eng kam yog‘in tushadigan joy. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 80 — 100 mm.Bunga asosiy sabab, okeanlardan uzoqda, yerusti tekis, yozgi haroratining yuqoriligidir. Yog‘in, asosan, bahorga to‘g‘ri keladi. Chunki bu davrlarda g‘arbdan va shimoli g‘arbdan nam havo massalari esib turadi. Qor qoplami uncha qalin emas.Lekin mumkin bo‘lgan bug‘lanish yog‘inga nisbatan 20 marta ko‘p bo‘lib, yillik miqdori 2000 mm ga yetadi.