logo

QIZILQUM IQLIMI, SUVLARI, ТUPROQLARI, O‘SIMLIKLARI VA HAYVONOT DUNYOSI

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

5839.6005859375 KB
QIZILQUM   IQLIMI, SUVLARI,  Т UPROQLARI,
O‘SIMLIKLARI VA HAYVONOT DUNYOSI Iqlimi
•
Qizilqum iqlimi kontinental bo‘lib, qishi sovuq, yozi issiq,   quruq, serquyoshdir.
•
Qizilqumning shimoliy qismi ochiq bo‘lganligi tufayli   Arktika va Sibir sovuq 
va quruq havo massasi tez-tez ta’sir   etib turadi. Natijada, qishda okrug sovib 
ketib, izg‘irinli   sovuqlar vujudga keladi. O‘sha vaqtlarda harorat –31 –35°C  
gacha pasayadi. Lekin g‘arbdan esuvchi nisbatan iliq va nam   havo massasining 
kirib kelishi natijasida harorat ko‘tarilib,   yog‘in yog‘adi.  Iqlimi
•
Qizilqumda yanvarning o‘rtacha harorati shimoliy qismida   –5 –10°C, o‘rta 
qismida –2 –4°C, janubida esa –1 –2°C.
•
Okrug hududida yoz jazirama issiq, quruq, havosi ochiq   bo‘lib, iyulning o‘rtacha 
harorati markaziy va janubiy   qismlarida +30°C, qolgan qismlarida +26 +28°C. 
Eng issiq   harorat +48°C ga yetadi. Lekin qumlar yuzasi +75 +80°C   gacha qizib 
ketadi.  Iqlimi
•
Qizilqumda yog‘in juda kam tushib, yillik yog‘in miqdori   75 —100 mm 
atrofida bo‘ladi. Yog‘inning asosiy qismi bahorda   (yillik yog‘inning 48 
foizi) va qishda (30 foiz) tushadi. Lekin   mumkin bo‘lgan bug‘lanish 
1000 —1500 mm ga yetadi. Suvlari
•
Qizilqum iqlimining quruq bo‘lganligi, qumliklarning   ko‘pligi tufayli 
doimiy oquvchi suvlar yo‘q. Faqat uning   janubi g‘arbidan tranzit 
Amudaryo oqib o‘tadi. Lekin bahorda   yog‘in ko‘p yog‘ganda, qorlar 
eriganda qoldiq tog‘larda   vaqtli soylar vujudga kelib, so‘ngra qurib 
qoladi. Aksincha,   yerosti suvlari zaxirasi ko‘p. Ma’lumotlarga ko‘ra, 
yerosti   suvlarining dinamik miqdori sekundiga 58—60 m3 ni tashkil  
etadi. Grunt suvlari yomg‘ir va qor erishidan to‘yinsa-
da,bug‘lanishning kattaligi tufayli sho‘r. Mezozoy erasi va paleogen 
davr yotqiziqlari orasida bosimli, chuchuk suvlar mavjud.Shuningdek, 
paleozoy yotqiziqlari orasida mineral, termik suvlar aniqlangan.  Tuproqlari
•
Qizilqumning tekislik qismida qumoq va qumli, tog‘lari   atrofida 
hamda janubi sharqida sur-qo‘ng‘ir, botiqlarida sho‘rxok, sho‘rxok-
botqoq tuproqlar tarqalgan.  O`simliklari
•
Qizilqumda 600 dan ortiq o‘simlik turlari mavjud. Ular   ichida keng 
tarqalganlari bahorda o‘suvchi efemer va efemeroidlar — rang, 
qo‘ng‘irbosh, yaltirbosh, lola, boychechak, chuchmoma,  kavrak. 
Yozning boshlanishi bilan ular sarg‘ayib qoladi, qurg‘oqchilik va 
sho‘rxok yerlarga moslashgan o‘simliklar   esa o‘saveradi.  O`simliklari
•
Okrugning mustahkamlangan qumliklarida juzg‘un, oq 
saksovul, quyonsuyak, qum akatsiyasi, qandim, selin kabi 
o‘simliklar   o‘sadi. Sur-qo‘ng‘ir tuproqli yerlarda shuvoq, 
burgan, toshburgan   kabilar tarqalgan.Okrugning sho‘rxok, 
sho‘rxok-botqoq yerlarida qorasaksovul,yulg‘un, baliqko‘z, 
sarisazan, taqirlarda donasho‘r o‘sadi. Amudaryo sohillarida 
to‘qayzorlar bor.  Hayvonot dunyosi
•
Qizilqumning qumli cho‘llarida yumronqoziqlar, qum sichqoni,  
shalpangquloq, qo‘shoyoq, kaltakesak, echkemar, o‘qilon, qum   bo‘g‘ma 
iloni, charxilon yashaydi. Sutemizuvchilardan cho‘l mushugi, jayron, 
xongul, sayg‘oq, bo‘ri, tulki, quyon uchraydi. Hasharotlardan  chayon, 
qoraqurt, falanga, chigirtkalar bor. Amudaryo sohillaridagi to‘qaylarda 
to‘ng‘iz, qirg‘ovul, qizil g‘oz, xongul kabi hayvonlar yashaydi. Amudaryo 
sohillarida to‘qay   landshafti va u yerdagi hayvonlarni muhofaza qilish 
uchun   Qizilqum qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Qizilqum qo‘riqxonasi

QIZILQUM IQLIMI, SUVLARI, Т UPROQLARI, O‘SIMLIKLARI VA HAYVONOT DUNYOSI

Iqlimi • Qizilqum iqlimi kontinental bo‘lib, qishi sovuq, yozi issiq, quruq, serquyoshdir. • Qizilqumning shimoliy qismi ochiq bo‘lganligi tufayli Arktika va Sibir sovuq va quruq havo massasi tez-tez ta’sir etib turadi. Natijada, qishda okrug sovib ketib, izg‘irinli sovuqlar vujudga keladi. O‘sha vaqtlarda harorat –31 –35°C gacha pasayadi. Lekin g‘arbdan esuvchi nisbatan iliq va nam havo massasining kirib kelishi natijasida harorat ko‘tarilib, yog‘in yog‘adi.

Iqlimi • Qizilqumda yanvarning o‘rtacha harorati shimoliy qismida –5 –10°C, o‘rta qismida –2 –4°C, janubida esa –1 –2°C. • Okrug hududida yoz jazirama issiq, quruq, havosi ochiq bo‘lib, iyulning o‘rtacha harorati markaziy va janubiy qismlarida +30°C, qolgan qismlarida +26 +28°C. Eng issiq harorat +48°C ga yetadi. Lekin qumlar yuzasi +75 +80°C gacha qizib ketadi.