logo

Ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

390.12109375 KB
ISHCHI  KUCHI , UN IN G 
BAN DLIGI VA ISHSIZLIK 
  Ishchi kuchining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.

Ishchi  kuchi  bandligi  va  uning  darajasi,  ishsizlik  va 
uning turlari.

Ishchi  kuchi  bozori.  O’zbekistonda  ishchi  kuchi 
bozorini shakllantirish. Reja : Ishchi  kuchi   —  bu  insonning  aqliy  va  jismoniy  qobiliyatlarining 
yig'indisi bo'lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi.
Ishchi  kuchining  miqdori  mamlakat  aholisining  mehnat  faoliyatiga 
layoqatli  bo‘lgan  qismi  orqali  ifodalanib,  u   ishchi  kuchi  resurslari   deb 
ham ataladi.  Ishchi  kuchi  resurslari  tarkibiga  16  yoshdan  60  yoshgacha 
bo‘lgan  erkaklar,  16  yoshdan  55  yoshgacha  bo‘lgan  ayollar 
kiritiladi.  Ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi:
  Ijtimoiy  ishlab  chiqarishda  band  bo'Igan  shaxslar  ishchi  kuchi 
resurslarining  faol qismi  hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan 
holda o'qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo'jaligida band bo'lganlar  
potensial qismi  hisoblanadi. Respublikada    ishchi  kuchi    resurslarining    o’rtacha   
yillik    soni    2008  yilda    16,3  mln  kishini    tashkil  qilgan,  bu   
mamlakat  aholisining 59,1 foiziga  tengdir. Iqtisodiyotda  band 
bo’lgan  ishchi  kuchi    o’rtacha    yillik    soni  11.0  mln  kishidan 
ortiq bo’lib, jami  ishchi kuchi  resurslari  tarkibida 67,5 foizni  
tashkil  qiladi.
32,5%67,5%   Mamlak at dagi ishchi k uchi resurslari miqdoriga 
aholining t abiiy  o'sishidan t ashqari ishchi k uchi 
migrat siy asi ham t a'sir qiladi.
Migratsiya ikki xil: mamlakat ichida va xalqaro darajada ro'y berishi 
mumkin.  Bir  mamlakat  ichida  ro'y  bergan  migratsiya  ichk i 
migrat siy a  deb ataladi. Ishchi k uchi migrat siy asi shunchak i ro'y  bermay, 
uning asosida ma'lum ijt imoiy -iqt isodiy  sabablar 
y ot adi.
  Ishchi  kuchi  migratsiyasining  iqt i sodiy   vazifasi  sifatida  mamlakat 
bo'ylab  mehnat  resurslari  samarali  taqsimlash,  ishchi  kuchiga 
bo‘lgan  talab  va  taklif  nisbatini  muvofiqlashtirish  hisoblanadi.  Bu 
vazifaning  amalga  oshishi  natijasida  ishchi  kuchidan  foydalanish 
samaradorligi ortadi.
Ishchi  kuchi  migratsiyasining  ijt imoiy   vazifasi  aholi  turmush 
darajasini  oshirish,  inson  omilining  ijtimoiy  hayotdagi  roli  va 
mavqeini yanada yuksaltirishdan iborat Ishchi  kuchi  bozori  —  bu  xo'jalik  faoliyati  jarayonida  "ishchi  kuchi" 
tovari  egalari  va  uning  asosiy  iste'molchilari  —  davlat  va  tadbirkorlar 
o'rtasida  mehnat  sharoitlari  va  unga  haq  to'lash  miqdorlari, 
ishchilarning  malaka  darajasi,  ular  tomonidan  bajarilayotgan  ishlarning 
hajmi,  intensivligi  va  mas'uliyat  darajasi  bo'yicha  tarkib  topuvchi 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkab tizimi. Ingliz  iqtisodchisi  A.Fillips   ishsizlik  va  inflyatsiyaning  o'sishi 
o'rtasidagi  bog'liqlikni  ko'rsatib  berib,  bu  bog'liqlikni  ifodalovchi 
egri  chiziq  Fillips  egri  chizig'i  deb  nom  oldi.  Unga  ko'ra,  inflyatsiya 
darajasini  1  foizga  pasaytirish  uchun  ishsizlikni  2  foizga  o'stirish 
lozim bo'ladi.
W.P  %
U %W -nominal  ish  haqining  o’sish 
sur’ati.
P -inflatsiya darajasi.
U -ishsizlik darajasi . Ishsizlik va uning turlari .
Mehnatga  layoqatli  bo'lib,  ishlashni  xohlagan,  lekin  ish  bilan 
ta'minlanmaganlar  ishsizlar  deyiladi. 
Namoyon bo'lish xususiyati va vujudga kelisli sabablariga ko'ra, 
ishsizlik  friksion,  tarkibiy,  siklik,  institutsional,  texnologik, 
regional, yashirin va turg'un ishsizlik  turlariga bo'linadi. Ishsizlik turlari.
Bir  ishdan  bo'shab  yangi  ishga  joylashgunga  qadar  bo‘lgan  davrdagi  ishsizlik  friksion 
(oraliq) ishsizlik  deyiladi. (bu muddat 1 oydan 3 oygacha davom etishi mumkin)
Yangi  kasb  va  mutaxassislikni  o'zlashtirib  yoki  boshqa  joyga  ko'chib  o’tib,  yangi  ishga 
joylashgunga  qadar  bo‘lgan  ishsizlik   tarkibiy  ishsizlik   deb  ataladi  (odatda  6  oydan 
ko'proq davom etadi).
Siklik  ishsizlik   —  iqtisodiy  siklning  inqiroz  fazasi  bilan  bog'liq  bo'lib,  u  ishlab 
chiqarishning  pasayishi  va  yalpi  talabning  qisqarishi  natijasida  vujudga  keladi  va 
siklning yuksalish fazasida mavjud bo'lmaydi.
Institutsional ishsizlik -  ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya'ni ishchi kuchini ish bilan 
ta'minlashga  xizmat  ko'rsatuvchi  muassasalarning  yetarli  darajada  rivojlanmaganligi 
yoki samarali faoliyat ko'rsatmasligi natijasida paydo bo'ladi.
Texnologik  ishsizlik   ishlab  chiqarish  jarayoniga  texnologik  usullarning  kirib  kelishi 
bilan bog'liq bo'ladi. Hududiy  ishsizlik   muayyan  hududdagi  tarixiy,  demografik, 
madaniy,  milliy  va  ijtimoiy-ruhiy  xususiyatdagi  bir  qator 
kompleks  omillar  ta'siri  ostida  ishchi  kuchi  talabi  va  taklifi 
o'rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi.
Yashirin ishsizlik  uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to'liq 
band bo'lmaslik xos.
Turg'un  ishsizlik   mehnatga  layoqatli  aholining  ish  joyini 
yo'qotgan,  ishsizlik  bo'yicha  nafaqa  olish  huquqidan  mahrum 
bo'Igan  hamda  faol  mehnat  faoliyatiga  hech  qanday  qiziqishi 
bo'lmagan qismini qamrab oladi. Ishchi  kuchi  tarkibiga  ishlay  oladigan  va  ishlashni  xohlagan 
barcha  kishilar  kiradi.  Ishchi  kuchi  -  ishlovchilar  va  faol  ish 
izlovchilardan  iborat  bo'ladi.  Boshqacha  aytganda,  band 
bo'lganlar va ishsizlar ishchi kuchini tashkil qiladi.
  Ishsizlarga   ish  bilan  band  bo'lmagan  va  faol  ish  izlayotgan 
hamda  bu  haqda  tegishli  xizmat  muassasalariga  (mehnat 
birjalariga)  bildiigan  kishilar  kiradi. Mehnat qilishga  layoqatli 
bo'lib,  ishlashni  xohlamagan  va  ish  izlashga  harakat 
qilmaganlar ishsizlar tarkibiga kirmaydi. Ishsizlik  t abiiy  darajasi
Ishsizlik   darajasi   ishsizlar  sonining  ishchi  kuchi 
tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi.
                                          Ishsizlar soni
I shsizlik  darajasi  =                           x  100% •
                                        Ishchi kuchi soni E’ TIBORIN GIZ UCHUN  RA HMAT!!!

ISHCHI KUCHI , UN IN G BAN DLIGI VA ISHSIZLIK

 Ishchi kuchining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.  Ishchi kuchi bandligi va uning darajasi, ishsizlik va uning turlari.  Ishchi kuchi bozori. O’zbekistonda ishchi kuchi bozorini shakllantirish. Reja :

Ishchi kuchi — bu insonning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig'indisi bo'lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli bo‘lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi.

Ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar kiritiladi.

Ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi: Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo'Igan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o'qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo'jaligida band bo'lganlar potensial qismi hisoblanadi.