ISLOM DINI TARIXI VA FALSAFASI
MAVZU. ISLOM DINI TARIXI VA FALSAFASI `
ISLOM DINI TARIXI VA FALSAFASI Reja: 1. Johiliya davri . 2. Muhammad s.a.v.ning hayot yo’li . 3. Islom ta’limoti va falsafasi.
JOHILIYA DAVRI Bu so’z arab tilida (ja h ula-bilmaslik) jo h illik, bilimsizlik, nodonlik ma'nosini bеradi. Jo h iliya so’zi Arabistonning islomdan oldingi davriga nisbatan ishlatiladi. Chunki bu davrda arablar orasida al-Vasaniyya - ko’pxudolik h ukm surib, ular yakkaxudolikdan bеxabar edilar. Bundan tash q ari xal q orasida q izlarni tiriklayin ko’mish, mayxo’rlik va bosh q a axlo q iy buzu q liklar kеng yoyilgan bo’lib, islom dini ularga chеk q o’ydi .
Yamandan shimolga yo’nalgan karvon yo’li Hijoz o’lkasi hamda Makka va Madina shaharlari orqali o’tib, mamlakatni Misr, Vizantiya va Shom (Suriya) bilan bog’lar edi. Shahar aholisining ko’chmanchi chorvadorlar bilan olib borgan savdo-sotiq aloqalari kеng bo’lgan. Biroq mamlakatda hukm surgan siyosiy tarqoqlik, badaviy qabilalar o’rtasidagi to’xtovsiz o’zaro nizolar, totеmistik va animistik e'tiqodlar asosidagi butparastlik, mahdudlik, karvon yo’llarida avj olib kеtgan talonchilik ichki va tashqi savdo aloqalarining kеngayishiga to’sqinlik qilgan. Bu zodagon savdogar tabaqaning manfaatlariga zid bo’lib, mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga katta putur еtkazayotgan edi.
Arabiston yarim orolining ayrim tumanlarida yahudiylar va nasroniylar yashagan. Shu bois yahudiylik yaman arablari o’rtasida qadimdan kеng tarqalgan. Yahudiylikka e'tiqod qiluvchi qabilalar Markaziy va Farbiy Arabistonning ayrim vohalarida ham yashaganlar. Nasroniy dini esa asosan yarim orolning shimoliy qismida Shom yurti, Falastin, Mеsopotamiyada yashagan arab qabilalarning ba'zilari o’rtasida tarqalgan edi. Muhammad alayhissalom g’oyaviy ta'limotining asosini tashkil etgan yakkaxudolilik islom diniga qadar ham bo’lgan va Muhammad alayhissalom davrida ham bu g’oyani bayroq qilib kurashganlar bor edi. A.Hasanov «Makka va Madina tarixi»da Yamomada – Musaylima, Yamanda – Asad, Markaziy Arabistonda – Sajjoh ismli bir ayol va Tulaha, Madina (Yasrib)da ibn Sayyodlar» payg’ambarlikka da'vogar bo’lganlar, dеb ko’rsatadi. Muhammad alayhissalom yo’li g’alaba qozongach, faqat uning nabiyligi (payg’ambarligi) e'tirof etilib, boshqalar esa musulmon tarixchiligida mutanabbiylik (ya'ni soxta payg’ambarlar) dеb nom oldilar.