Islom tamadduni
Islom t amadduni
Islom arabcha — boʻysunish, itoat etish, oʻzini Alloh irodasiga topshirish degan ma’noni anglatadi. Jahonda qariyb 1,2 milliard kishi Islomga eʼtiqod qiladi. Musulmonlarning 2/3 qismidan koʻprogʻi Osiyoda yashaydi va bu qitʼa aholisining 20 % idan ortiqrogʻini tashkil etadi . Arablarning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti VII asr boshlarida arab qabilalarining birlashishi va umumlashuviga olib keldi. Islom dini, bu birlashuvni mafkuraviy tasdiqlovchi, oqlovchi bo’ldi:
Islom dinining asoschisi, «Allohning elchisi» (rasululloh), Muhammad (s.a.v) (570-632 yy) 610 yildan Makkada yangi diniy ta’limotni boshlaydi. 610—620 yillar davomida Makkaning an’anaviy butparast jamoalari bilan yangi din tarafdorlari orasida to’xtovsiz kurash ketadi. Bu kurash 622 yilda payg’ambarimizning Yasrib (Madina) ga hijrati bilan yakunlanadi. Musulmonlar jamoasi (ummat) Madinada mustahkamlanib, kuchaydi. 630 yili Makka jangsiz Muhammadga (s.a.v) taslim bo’ldi