logo

ISLOM SVILIZATSIYASI

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

164.0263671875 KB
ISLOM SVILIZATSIYASI                         Reja:

1.Islom dinining yuzasiga kelishi

2.Islom dining o rta Osiyo bo ylab yoyilishiʻ ʻ

3.Xalifalikning dunyoga tutgan o rni	
ʻ                 Islom dini yuzaga kelishi jihatidan jahon 
dinlari ichida uchinchi o‘rinda turadi. Islom 
dini Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, 
Janubi- sharqiy Osiyo, Kavkaz xalqlarining 
tarixida nihoyatda muhim o‘rin tutadi va 
ayni vaqtda ham ularning ijtimoiy-siyosiy 
va madaniy hayotiga katta ta’sir o‘tkazib 
kelmoqda. Eron, Pokiston, Afg‘oniston, 
Saudiya Arabistoni, Liviya, Tunis, Sudan 
singari mamlakatlarda islom rasmiy davlat 
dini mavqeiga ega. MDH davlatlari 
hududida Markaziy 
Osiyo, Shimoliy	 Kavkaz,	  Ozarbayjon , 
Tatariston va Boshqirdiston xalqlari 
o‘zlarining islom dinida ekanliklarini e’tirof 
etishadi. Hozirgi kunda turli qit’alarda 
yashovchi bir milliarddan ziyod kishi irqi, 
millati, sinfi va tabaqaviy farqlaridan qat’i 
nazar, islom dini normalari va qadriyatlari 
atrofida birlashgan hamda jahon ijtimoiy-
siyosiy va madaniy hayotida salmoqli 
o‘rinlardan birini	
 egallaydi.                 Islom milodiy VII asrning boshlarida Arabiston 
yarimorolida paydo bo‘lgan. Yarimorol aholisining 
asosiy qismini arablar tashkil etgan. Islom vujudga 
kelishi arafasida arablar asosan chorvachilik bilan 
shug‘ullanar edi. Arabistonning qulay geografik o‘rni 
(hududidan G‘arb va Sharq davlatlarini bog‘lovchi 
karvon yo‘llari o‘tgan va uchta qit’ani tutashtirib turadi) 
sababli, savdo-sotiq va hunarmandchilik qadimdan 
rivojlangan. Iqtisodiy rivojlanish darajasi yarimorolning 
hududida turlicha bo‘lgan. Uning bepoyon cho‘llarida 
yashagan ko‘chmanchi arablar chorvachilik bilan 
shug‘ullangan. Yarimorolning shimoliy qismida 
Vizantiya va Mesopotamiya kabi qadimgi madaniy 
markazlarning ta’siri kuchli edi. Karvon yo‘li o‘tgan 
janubi-g‘arbiy qismi (Hijoz)da qadimdan savdo-sotiq, 
sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik va qisman 
hunarmandchilik rivojlangan.                 Milodiy I asrda Arabistonning janubi-g‘arbiy qismida shahar-davlatlar vujudga kelgan. IV–VI 
asrlarda bu yerda Makka, Yasrib, Toif singari yirik shaharlar mavjud edi. Ularda istiqomat qiluvchi 
arab zodagonlarining daromadini karvon yo‘llaridan kelayotgan boj soliqlari va savdo-sotiq 
tushumlari tashkil etgan. Mintaqadagi iqtisodiy jonlanish natijasida ko‘chmanchi chorvador 
qabilalarda urug‘-qabilaviy munosabatlarning yemirilishi va davlat uyushmalarining paydo bo‘lish 
jarayoni kuchaygan.                 Arabistonning qulay geografik o‘rni, karvon 
yo‘llari bo‘ylab boy shahar-davlatlarning 
mavjudligi qudratli qo‘shni davlatlarning 
mintaqaga qiziqishini kuchaytirgan. VI 
asrning boshlarida Arabistonning janubi- 
g‘arbiy qismida joylashgan Efiopiya 
(Habashiston) davlati yarimorolning karvon 
yo‘llari o‘tgan qismi (Hijoz)ni bosib olgan. 
Lekin Habashiston boy o‘lkada mustahkam 
o‘rnasha olmagan. VI asrning ikkinchi 
yarmida Eron Sosoniylari davlati Efiopiyani 
Arabistondan surib chiqargan. Arabiston 
Sosoniylar davlati tarkibiga kiritilgan.
Sosoniylar hukmronligi mintaqadagi ijtimoiy-
iqtisodiy vaziyatni keskinlashtirgan. Bunga 
sabab ularning Buyuk ipak yo‘lining 
ahamiyatini yanada oshirish maqsadida, 
Arabistondan o‘tgan janubiy karvon yo‘lini 
izdan chiqarishlari bo‘lgan. Oqibatda janubiy 
karvon yo‘li vayron qilingan. Karvon yo‘lidan 
kelayotgan daromad esa keskin kamaygan. 
Arabistonning tashqi savdo aylanmasi 
qisqargan va xo‘jaligi inqirozga uchragan.                 Bu davr ko‘chmanchi arab qabilalari (badaviylar)ning urug‘-qabi- lachilikdan sinfiy 
tuzumga o‘tish davriga to‘g‘ri kelganligi sababli vaziyat yanada murakkablashgan, 
an’anaviy turmush tarzi va normalari buzila boshlagan. Ijtimoiy ziddiyatlar va arab 
qabilalarining og‘ir tanglikdan chiqish uchun markazlashgan mustaqil davlatga 
birlashishga intilishi kabilar kuchaygan. Buning uchun tarqoq arab qabilalarni 
birlashtiruvchi mafkura zarur edi. Islom dini tarqoq qabilalarni birlashtiruvchi mafkura 
sifatida tarix sahnasiga chiqqan.                 Makka shahriga muxolif yasribliklar 
Muhammadni qabul qilganlar 
(Muhammadning onasi Amina aya asli 
yasriblik edi). Muhammadning 
da’vatlarini qabul 
qilgan yasribliklar ansorlar , Makkadan 
ko‘chib kelganlar muhojirlar deb 
yuritilgan. Yasribda muhojirlar va 
ansorlar musulmonlar jamoasi 
(arabchada «muslim» – bo‘yin eguvchi, 
o‘zini ollohga topshirgan) umma 
(ma’lum dinga e’tiqod qiluvchilar 
jamoasi)ga birlashgan. Musulmonlar 
Muhammadni payg‘ambar, diniy va 
dunyoviy hokimiyat rahbari sifatida tan 
olganlar. Muhammadning sharafiga 
Yasribga keyinchalik al-Madina 
(arabchada –	
  madinai noib , ya’ni 
payg‘ambar shahri) degan nom berilgan.                 Muhammad payg‘ambar vafotidan keyin davlat boshlig‘i dastlab umma tomonidan saylangan. 
Umma saylagan to‘rt xalifa (xulafo ar- roshidin) – Abu Bakr (632-634 yillar), Umar (634-644 
yillar), Usmon (644-656 yillar), Ali (656-661 yillar) davrlarida islom qo‘shni davlatlarga yoyilgan. 
Qisqa vaqt ichida (VII–VIII asrlarda) ular O‘rta va Yaqin Sharqni, Markaziy Osiyoning asosiy 
qismini, Shimoliy Hindistonni bosib olganlar va Xitoy chegarasigacha yetganlar. Bundan tashqari, 
Shimoliy Afrikada Liviya, Tunis va Marokashni ishg‘ol etganlar hamda Gibraltar bo‘g‘ozi orqali 
o‘tib, Pireneya yarimorolini egallaganlar. Ular hatto Fransiyagacha yetib borganlar va u yerda 
Puatye shahri yonidagi jangda (732 yil) mag‘lubiyatga uchraganlar                 Foydalanilgan adabiyotlar 

1 .Payg ambarlar tarixiʻ

2 7-sinf jahon tarixi

ISLOM SVILIZATSIYASI

Reja:  1.Islom dinining yuzasiga kelishi  2.Islom dining o rta Osiyo bo ylab yoyilishiʻ ʻ  3.Xalifalikning dunyoga tutgan o rni ʻ

Islom dini yuzaga kelishi jihatidan jahon dinlari ichida uchinchi o‘rinda turadi. Islom dini Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Janubi- sharqiy Osiyo, Kavkaz xalqlarining tarixida nihoyatda muhim o‘rin tutadi va ayni vaqtda ham ularning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga katta ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Eron, Pokiston, Afg‘oniston, Saudiya Arabistoni, Liviya, Tunis, Sudan singari mamlakatlarda islom rasmiy davlat dini mavqeiga ega. MDH davlatlari hududida Markaziy Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Ozarbayjon , Tatariston va Boshqirdiston xalqlari o‘zlarining islom dinida ekanliklarini e’tirof etishadi. Hozirgi kunda turli qit’alarda yashovchi bir milliarddan ziyod kishi irqi, millati, sinfi va tabaqaviy farqlaridan qat’i nazar, islom dini normalari va qadriyatlari atrofida birlashgan hamda jahon ijtimoiy- siyosiy va madaniy hayotida salmoqli o‘rinlardan birini egallaydi.

Islom milodiy VII asrning boshlarida Arabiston yarimorolida paydo bo‘lgan. Yarimorol aholisining asosiy qismini arablar tashkil etgan. Islom vujudga kelishi arafasida arablar asosan chorvachilik bilan shug‘ullanar edi. Arabistonning qulay geografik o‘rni (hududidan G‘arb va Sharq davlatlarini bog‘lovchi karvon yo‘llari o‘tgan va uchta qit’ani tutashtirib turadi) sababli, savdo-sotiq va hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Iqtisodiy rivojlanish darajasi yarimorolning hududida turlicha bo‘lgan. Uning bepoyon cho‘llarida yashagan ko‘chmanchi arablar chorvachilik bilan shug‘ullangan. Yarimorolning shimoliy qismida Vizantiya va Mesopotamiya kabi qadimgi madaniy markazlarning ta’siri kuchli edi. Karvon yo‘li o‘tgan janubi-g‘arbiy qismi (Hijoz)da qadimdan savdo-sotiq, sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik va qisman hunarmandchilik rivojlangan.

Milodiy I asrda Arabistonning janubi-g‘arbiy qismida shahar-davlatlar vujudga kelgan. IV–VI asrlarda bu yerda Makka, Yasrib, Toif singari yirik shaharlar mavjud edi. Ularda istiqomat qiluvchi arab zodagonlarining daromadini karvon yo‘llaridan kelayotgan boj soliqlari va savdo-sotiq tushumlari tashkil etgan. Mintaqadagi iqtisodiy jonlanish natijasida ko‘chmanchi chorvador qabilalarda urug‘-qabilaviy munosabatlarning yemirilishi va davlat uyushmalarining paydo bo‘lish jarayoni kuchaygan.