logo

ISMOIL SOMONIY MAQBARASI (IX-X ASRLAR)

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2535.0205078125 KB
MAV ZU: ISMOIL SOMON I Y  MAQBA RA SI (IX -X  A SRLA R)
RE J A :
1.KIRI SH I SMOI L SA MON IY  MAQBA RA SI.
2.MAQBA RA N I QURULISHI.
3.MAQBA RA DA  TA MI RLA SH ISHLA RI.
4. MAQBA RA N I Y UN ESCO TA SARUFI GA  KI RITI LISHI .
5.X ULOSA  O‘rta  Osiyoda  Somoniylar  davri  me’morchiligining  nodir 
namunalaridan  biri  bo‘lgan  bu  tarixiy  obida  Ismoil  Somoniy 
tomonidan bunyod etilgan.
Ismoil  Somoniy shaxsi  haqida gapiradigan  bo‘lsak,  u Buxoroda 
Somoniylar  davlatiga  asos  solgan  yirik  siyosiy  arbob 
hisoblanadi.  Ismoil  Somoniy  848-yil  Buxoro  shahrida  tug‘ilgan, 
874-yilda  somoniylarning  Buxorodagi  noibi,  888-yildan  esa 
butun  Movarounnahrga  hokim  bo‘lgan.  Ismoil  Somoniy 
markaziy  hokimiyatni  mustahkamlash  siyosatini  olib  borib, 
turli  yerlardan  ulamolar,  adiblar,  usta  va  hunarmandlarni 
Buxoroga  to‘plagan.  Madaniyat  rivojiga  katta  hissa  qo‘shgan. 
Bag‘dod  xalifalaridan  ibrat  olib,  o‘ziga  ulkan  maqbara 
qurdirgan. 893-yilda Tarozga yurish qilib shimoliy chegaralarni 
mustahkamlagan.  900-yilda  Movarounnahr  va  Xurosonni 
birlashtirgan. Me’moriy  obida  bunyod  etilgan  davrda  O‘rta  Osiyoda  arab 
xalifaligidan  mustaqil  mahalliy  davlatlar  tashkil  topa  boshladi. 
Xurosonda  Tohiriylar,  Movarounnahrda  esa  Somoniylar  davlati 
vujudga  keldi.  Mahalliy  davlatlar  yagona  markaz  atrofida 
birlashtirilib,  ilm-fan  yuksalgan.  874-yilda  Ismoil  Buxoro  noibi  etib 
tayinlandi.  Bu  paytda  Movarounnahrda  akasi  Nasr  hukmronlik 
qilayotgan  edi.  Nasr  va  Ismoil  o‘rtasidagi  munosabatlar  888-yilda 
buziladi  va  bu  urushga  olib  keladi.  Urushda  g‘alabaga  erishgan 
Ismoil  butun  Movarounnahrga  hokim  bo‘lib  oladi.  893-yilda  u 
Tarozga yurish qilib Shimoliy chegaralarni mustahkamlagan. Ismoil 
Somoniy  maqbarasi  o‘rta  asrlarning  rivojlangan  davrida  (IX-X 
asr),  864-868-yillar  oralig‘ida,  hozirgi  Buxoroning  eski  shahar 
qismida qurilgan.
Inshoot  qabr  vazifasini  bajarganligi  sababli,  uning  intereri  uch 
pog‘onali  (to‘rtlik  –  to‘rt  devor,  sakkizlik  –  devordan  tomga  o‘tish 
qismi  va  gumbaz  –  tom  ko‘rinishdagi)  bir  xonali  kvadrat  shaklni 
tashkil qilgan. Uning  qurilishida  pishgan  g‘isht,  tosh  va  yog‘ochdan  foydalanilgan. 
Maqbaraning  dizayniga  to‘xtaladigan  bo‘lsak,  jimjima  g‘ishtin 
bezaklari chiviqli to‘siq yoki qamish, bo‘yra to‘qimasini eslatadi. Devor 
qalinligi  –  1,8 m.,  tarhi  –  tashqarisi 10,80×10,70  m.,  ichkarisi  7,20×7,20 
m.  Usti  gumbaz  bilan  qoplangan.  To‘rt  burchagi  ustunsimon  shaklda 
ishlangan,  gumbaz  atrofiga  4  qubba  o‘rnatilgan.  Devor  tepasida 
kungirasimon  darcha  (40  ta).  Har  bir  darcha  hoshiyalangan.  Ravoq 
tepasidagi  qanos  g‘ishtin  tangachalar  marjoni  bilan  chegaralangan. 
Ikki  chetiga  mayda-mayda  g‘ishtdan  chorsu  tumor  yasalgan.  Bino 
ichkarisi  tashqaridagi  bino  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lib,  uslub  jihatidan 
bir  xil.  Ichki  devor  gumbaz  osti  bag‘alidagi  ustma-ust  ravoqchalar  – 
ustunchalarga  tayangan.  Ravoqchalar  8  qirrali  gumbaz  asosini  tashkil 
qiladi.  Qirralar  burchagiga  gumbazga  tirgaklik  qiluvchi  ustunchalar 
ishlangan.  Arxeologik  qazilma  vaqtida  (1927)  xona  sahnida  2  yog‘och 
sag‘ana  borligi  aniqlangan. Ismoil Somoniy maqbarasi 4  tomoni bir  xil 
chordara  shaklida,  uning  tuzilishida  qadimiy  sug‘d  me’morchiligining 
an’analari saqlanib qolgan buyuk me’moriy asar.
Ismoil  Somoniy  maqbarasi  jahon  me’morchilik  va  binokorlik 
maktablarining  noyob  asari  hisoblanadi.  Tengi  yo‘q  bu  arxitekturaviy 
yodgorlikni  arxitektorlar  va  binokorlar  faxr  bilan  tilga  oladilar, 
tarixchilar  yaratilishini  o‘rganadilar,  san’at  ahli  esa  uning  tasvirlarini 
turli xil buyumlarda sevib aks ettiradilar. Ismoil  Somoniy  maqbarasi  IX  asrda  Buxoroda  me’morchilik 
san’ati,  binokorlik  texnikasining  naqadar  yuksalganligini  va 
rivojlanganligini  ko‘rsatadi.  Ana  o‘sha  davrdan  boshlab 
binokorlikda  yuqori  sifatli  pishgan  g‘isht,  albastrli  qorishmalar 
ishlatilgan.
Ushbu  nodir  obidani  tiklashgacha  bo‘lgan  davrda  Buxoroda 
matematik  bilimlar,  xususan  geometriya  juda  yaxshi 
rivojlangan.
Professor  M.Bulatov  tomonidan  uni  barpo  etishda  qo‘llanilgan 
handasa  qoidalari  va  qonuniyatlarini  o‘rganish  asosida 
doktorlik  dissertatsiyasi  yozilganligi  ham  bejiz  emas.  Hali 
inshootning  o‘rganilmagan  qanchadan-qancha  qirralari, 
qonuniyatlari, qoidalari, qurilish usullari bor.
Yuksak professional darajada barpo etilgan bu tarixiy yodgorlik 
o‘sha  davrdagi  eng  tajribali  quruvchilarni,  eng  qobiliyatli 
me’morlarni  loyihalash  va  qurilish  usullari  bilan 
qurollantirganligi,  ularning  bilim  va  malakalarini  nechog‘lik 
oshirganligi sir emas. Ismoil  Somoniy  maqbarasi  markazlashma  inshoot 
bo‘lib, uning asosiy hajmini to‘rt devori ko‘tarilgan sari 
bilinar-bilinmas  yengil  qiyshaytirilgan  kub  va  fazoviy 
gumbaz  tashkil  qiladi.  Devor  kvadratlari  bilan 
gumbazni  tutashtiruvchi  konstruksiya  inshootning 
o‘ziga  xos  jihatlaridan  hisoblanadi.  Maqbaraning 
barcha  fasadlari  bir  xilda  bajarilgan.  Devorlar  ichkari 
va tashqi tomondan bezakli qilib yuqori sifatli pishgan 
g‘ishtdan  bejirim  terilgan,  qurilishda  o‘ymakorlik 
usullaridan ham foydalanilgan.
Dekorativ  g‘isht  terimi  inshootga  yengillik  ifodasini 
baxsh  etgan.  Kirish  eshik  proyomlari  strelka 
shaklidagi  arka  ko‘rinishida  bajarilgan.  Bu  yechimlar, 
ayniqsa,  strelkali  arka  va  gumbazli  tom 
konstruksiyalari,  keyingi  davrda  nafaqat  Buxoro 
me’morchiligida,  balki  butun  Markaziy  Osiyo 
me’morchiligida ham ko‘p ishlatilgan. Zaruriyati  tug‘ilgan  gumbazli  yopmalarni  ishlatishning 
ijobiy  tomonlari  ko‘pdir.  Ulardan  biri  shundan  iboratki, 
o‘sha  davrda  uzoq  vaqtga  chidaydigan  konstruksiyalarning 
egilish  qismlarida  ham  yaxshi  ishlaydigan  temirbetonga 
o‘xshagan  buyum  va  konstruksiyalar  deyarli  mavjud 
bo‘lmagan.  Shu  sababli  ham  tom  yopma  shunday 
ko‘rinishda  bajarilganki,  u  shakl  bo‘yicha  bunyod  etilgan 
har  qanday  konstruksiya  asosan  siqilishga  ishlagan. 
Natijada  inshootlarning  proyomlari  ko‘rsatkichli  arka 
shaklida,  tom  yopmalari  esa  gumbaz  shaklida  g‘isht 
terimidan mustahkam qilib tiklangan.
Boshqa  tomondan,  quruq  va  issiq  iqlimli,  quyoshning  katta 
radiatsiyasi  yerga  tushadigan  sharoitda  gumbazli  yechim 
samaralidir.  Quyosh  nuri  gumbazli  tomning  faqat  qaysidir 
bir  bo‘lakchasiga  tik  tushib,  o‘sha  qisminigina  ko‘p  isitadi; 
shu  vaqtda  gumbazli  yopmaning  qolgan  qismlariga 
radiatsiya  tik  tushmaydi  va  tom  ko‘p  isimaydi.  Gumbazli 
yopmaning uchinchi jihati shundan iboratki, bunday sirtdan 
issiqlik  tez  ketib,  tom  tezda  soviydi.  Shamol  esganda  esa, 
bu jarayon yana ham intensivlashadi. Ismoil  Somoniy  arxitekturaviy  yodgorligi  XI  asrdan  ortiq  vaqt 
ichida  yaxshi  holda  saqlanib  qolgan.  U  jahon  arxitekturasining 
takomillashgan  asari,  «Sharqning  me’moriy  durdonasi»  degan 
nomlar  bilan  ham  ataladi.  Yodgorlik  arablargacha  bo‘lgan  davr 
an’anasi  asosida  bajarilgan  bo‘lsa-da,  u  nafaqat  Buxoroda,  balki 
Markaziy  Osiyo  me’morchiligida  ham  yangi  stil,  yangi  shakl  va 
yangi  yechimlarni  yaratishning  keyingi  taraqqiyotini  aniqlab 
bergan.
Bino  gumbazining  o‘rtasida  yorug‘lik  tushishi  va  issiq  havoning 
chiqib  ketishi  uchun  gumbazcha  bilan  yopilgan  baraban 
konstruksiya  o‘rnatilgan  bo‘lib,  uning  yon  tomonlariga  arkali 
proyomlar  qo‘yilgan.  Inshoot  devorlarining  tashqi  burchaklari 
naqshli ustunlardan, devorlar va kirish eshiklarining arkalari esa 
bezakli,  jilo  berilgan  g‘ishtlardan  mohirona  ishlangan.  Gumbazli 
bino  intereri  bilan  chuqurroq  tanishilsa,  uni  yaratish  san’ati 
oldingi  vaqtlardan  boshlanganligiga  va  an’anaga  aylanganligiga 
ishonch  hosil  qilinadi.  Yodgorlikning  arxitekturaviy  tahlili  uni 
Eron,  Mesopotamiya  me’morchiligi  bilan  genetik  bog‘liqlikda 
ekanligidan guvohlik beradi. Bu  inshootda  bir  necha  tektonik  yechimlar  bir 
butunlikda, yaxlitlikda ishlab chiqilganligini inkor etib 
bo‘lmaydi.  Turar-joy  va  madaniy  arxitektura 
asoslaridan  ishonch  bilan  foydalanganlik  ushbu 
inshoot  misolida  Buxoro  me’morchilik  maktabining 
o‘sha  davrda  yuksak  darajada  rivojlanganligini 
ko‘rsatib turibdi.
Demak, Ismoil Somoniy maqbarasining hajm – samoviy 
va  konstruktiv  strukturasi  undan  keyin  qurilgan 
gumbazli  binolarning  rivojlanishini  aniqlab  bergan. 
Me’moriy  naqshlar,  chiroyli  jimjimador  bezak 
elementlari,  nihoyatda  go‘zal  va  bejirim  badiiy 
ifodalar  o‘sha  davrda  g‘isht  terish  san’atining  gullab-
yashnaganligidan  dalolat  beradi.  Maqbaradagi 
g‘ishtlarning yuksak badiiy did bilan terilganligi uning 
jahon  me’morchiligi  ajoyib  durdonalari  silsilasidan 
o‘rin olishiga asos yaratgan. Maqbara  gumbazsimon,  Movarounnahr  va 
Xuroson  me’morchiligining  o‘ziga  xos  “Chor” 
uslubida  qurilgan.  Me’moriy  obidaning  o‘ziga 
xos  tomoni  shundaki,  u  O‘rta  Osiyo 
arxitektura  va  san’at  tarixidagi  dastlabki 
maqbaralardan  biridir.  Ismoil  Somoniy 
maqbarasi  loyihasidan  tortib,  hajmiy 
tuzilishigacha  geometrik  tartib  asosida 
yaratilganligi  uning  boshqa  maqbaralardan 
farqlantiruvchi  xususiyatidir.  Maqbara  o‘z 
davrida  somoniy  amirlari  dafn  etilgan  daxma 
hisoblangan.
Hozirgi  kunda  me’moriy  inshoot  atroflari 
bog‘ga aylantirilgan. U arxiologik qazishmalar 
orqali  topilganligi  uchun  60-50  sm  pastda 
joylashgan.  Bugungi  kunda  bu  inshoot  islom 
dunyosi  ma’rifatparvarlari  va  allomalarining 
diqqat-markazida  hamda  turistlarning 
sayohatgohiga aylangan. Maqbaraga  O‘zbekiston  hukumati  tomonidan 
berilayotgan  e’tiborga  to‘xtaladigan  bo‘lsak, 
1997-yilda  Buxoro  shahrining  2500  yilligi 
munosabati  bilan  Buxorodagi  barcha  obidalar 
qatorida Ismoil Somoniy maqbarasi ham qayta 
ta’mirdan  chiqdi.  YUNESKO  tashkilotining 
Butun  Jahon  yodgorliklari  ro‘yxatiga  kiritildi. 
1993-yilda  Buxoro  shahrining  tarixiy  markazi 
(1-sessiya,  Kolumbiya)  “Butunjahon  madaniy 
meroslari ro‘yxati”ga kiritilgan.
2000-yil  30-avgustda  “Madaniy  meros 
obyektlarini  muhofaza  qilish  va  ulardan 
foydalanish  to‘g‘risi”dagi  qonun  qabul  qilindi. 
Davlatimiz  tomonidan  qabul  qilingan  ushbu 
qonunlar  me’moriy  inshoot  muhofazasining 
huquqiy kafolatidir. X ULOSA :
O‘rta Osiyoda Somoniylar davri me’morchiligining nodir namunalaridan biri bo‘lgan bu tarixiy obida 
Ismoil  Somoniy  tomonidan  bunyod  etilgan.  o‘rta  asrlarning  rivojlangan  davrida  (IX-X  asr),  864-868-
yillar  oralig‘ida,  hozirgi  Buxoroning  eski  shahar  qismida  qurilgan.  Uning  qurilishida  pishgan  g‘isht, 
tosh  va  yog‘ochdan  foydalanilgan.  Maqbaraning  dizayniga  to‘xtaladigan  bo‘lsak,  jimjima  g‘ishtin 
bezaklari  chiviqli  to‘siq  yoki  qamish,  bo‘yra  to‘qimasini  eslatadi. Ismoil  Somoniy  maqbarasi  IX  asrda 
Buxoroda me’morchilik san’ati, binokorlik texnikasining naqadar yuksalganligini va rivojlanganligini 
ko‘rsatadi. Ismoil Somoniy maqbarasi markazlashma inshoot bo‘lib, uning asosiy hajmini to‘rt devori 
ko‘tarilgan  sari  bilinar-bilinmas  yengil  qiyshaytirilgan  kub  va  fazoviy  gumbaz  tashkil  qiladi. Ismoil 
Somoniy  arxitekturaviy  yodgorligi  XI  asrdan  ortiq  vaqt  ichida  yaxshi  holda  saqlanib  qolgan. Bino 
gumbazining  o‘rtasida  yorug‘lik  tushishi  va  issiq  havoning  chiqib  ketishi  uchun  gumbazcha  bilan 
yopilgan  baraban  konstruksiya  o‘rnatilgan Maqbaraga  O‘zbekiston  hukumati  tomonidan 
berilayotgan  e’tiborga  to‘xtaladigan  bo‘lsak,  1997-yilda  Buxoro  shahrining  2500  yilligi  munosabati 
bilan  Buxorodagi  barcha  obidalar  qatorida  Ismoil  Somoniy  maqbarasi  ham  qayta  ta’mirdan  chiqdi. 
YUNESKO  tashkilotining  Butun  Jahon  yodgorliklari  ro‘yxatiga  kiritildi.  1993-yilda  Buxoro 
shahrining  tarixiy  markazi  (1-sessiya,  Kolumbiya)  “Butunjahon  madaniy  meroslari  ro‘yxati”ga 
kiritilgan.  2000-yil  30-avgustda  “Madaniy  meros  obyektlarini  muhofaza  qilish  va  ulardan 
foydalanish  to‘g‘risi”dagi  qonun  qabul  qilindi.  Davlatimiz  tomonidan  qabul  qilingan  ushbu  qonunlar 
me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir. ETIBORINGIZ 
UCHUN RAHMAT!!!

MAV ZU: ISMOIL SOMON I Y MAQBA RA SI (IX -X A SRLA R) RE J A : 1.KIRI SH I SMOI L SA MON IY MAQBA RA SI. 2.MAQBA RA N I QURULISHI. 3.MAQBA RA DA TA MI RLA SH ISHLA RI. 4. MAQBA RA N I Y UN ESCO TA SARUFI GA KI RITI LISHI . 5.X ULOSA

O‘rta Osiyoda Somoniylar davri me’morchiligining nodir namunalaridan biri bo‘lgan bu tarixiy obida Ismoil Somoniy tomonidan bunyod etilgan. Ismoil Somoniy shaxsi haqida gapiradigan bo‘lsak, u Buxoroda Somoniylar davlatiga asos solgan yirik siyosiy arbob hisoblanadi. Ismoil Somoniy 848-yil Buxoro shahrida tug‘ilgan, 874-yilda somoniylarning Buxorodagi noibi, 888-yildan esa butun Movarounnahrga hokim bo‘lgan. Ismoil Somoniy markaziy hokimiyatni mustahkamlash siyosatini olib borib, turli yerlardan ulamolar, adiblar, usta va hunarmandlarni Buxoroga to‘plagan. Madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan. Bag‘dod xalifalaridan ibrat olib, o‘ziga ulkan maqbara qurdirgan. 893-yilda Tarozga yurish qilib shimoliy chegaralarni mustahkamlagan. 900-yilda Movarounnahr va Xurosonni birlashtirgan.

Me’moriy obida bunyod etilgan davrda O‘rta Osiyoda arab xalifaligidan mustaqil mahalliy davlatlar tashkil topa boshladi. Xurosonda Tohiriylar, Movarounnahrda esa Somoniylar davlati vujudga keldi. Mahalliy davlatlar yagona markaz atrofida birlashtirilib, ilm-fan yuksalgan. 874-yilda Ismoil Buxoro noibi etib tayinlandi. Bu paytda Movarounnahrda akasi Nasr hukmronlik qilayotgan edi. Nasr va Ismoil o‘rtasidagi munosabatlar 888-yilda buziladi va bu urushga olib keladi. Urushda g‘alabaga erishgan Ismoil butun Movarounnahrga hokim bo‘lib oladi. 893-yilda u Tarozga yurish qilib Shimoliy chegaralarni mustahkamlagan. Ismoil Somoniy maqbarasi o‘rta asrlarning rivojlangan davrida (IX-X asr), 864-868-yillar oralig‘ida, hozirgi Buxoroning eski shahar qismida qurilgan. Inshoot qabr vazifasini bajarganligi sababli, uning intereri uch pog‘onali (to‘rtlik – to‘rt devor, sakkizlik – devordan tomga o‘tish qismi va gumbaz – tom ko‘rinishdagi) bir xonali kvadrat shaklni tashkil qilgan.

Uning qurilishida pishgan g‘isht, tosh va yog‘ochdan foydalanilgan. Maqbaraning dizayniga to‘xtaladigan bo‘lsak, jimjima g‘ishtin bezaklari chiviqli to‘siq yoki qamish, bo‘yra to‘qimasini eslatadi. Devor qalinligi – 1,8 m., tarhi – tashqarisi 10,80×10,70 m., ichkarisi 7,20×7,20 m. Usti gumbaz bilan qoplangan. To‘rt burchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 qubba o‘rnatilgan. Devor tepasida kungirasimon darcha (40 ta). Har bir darcha hoshiyalangan. Ravoq tepasidagi qanos g‘ishtin tangachalar marjoni bilan chegaralangan. Ikki chetiga mayda-mayda g‘ishtdan chorsu tumor yasalgan. Bino ichkarisi tashqaridagi bino bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uslub jihatidan bir xil. Ichki devor gumbaz osti bag‘alidagi ustma-ust ravoqchalar – ustunchalarga tayangan. Ravoqchalar 8 qirrali gumbaz asosini tashkil qiladi. Qirralar burchagiga gumbazga tirgaklik qiluvchi ustunchalar ishlangan. Arxeologik qazilma vaqtida (1927) xona sahnida 2 yog‘och sag‘ana borligi aniqlangan. Ismoil Somoniy maqbarasi 4 tomoni bir xil chordara shaklida, uning tuzilishida qadimiy sug‘d me’morchiligining an’analari saqlanib qolgan buyuk me’moriy asar. Ismoil Somoniy maqbarasi jahon me’morchilik va binokorlik maktablarining noyob asari hisoblanadi. Tengi yo‘q bu arxitekturaviy yodgorlikni arxitektorlar va binokorlar faxr bilan tilga oladilar, tarixchilar yaratilishini o‘rganadilar, san’at ahli esa uning tasvirlarini turli xil buyumlarda sevib aks ettiradilar.