logo

Sharq Uyg'onish davri ( IX-XI asrlar)da ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar rivoji

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

68.955078125 KB
  Mav zu: Sharq Uy g'onish dav ri 
( IX -X I asrlar)da t a'lim-t arbiy a 
v a pedagogik  fi k rlar riv oji.  1.  Sharq uyg`onish davrida ta’lim-tarbiya 
taraqqiyoti.
2.  Sharq  uyg`onish davri allomalarining 
(Muxammad  al-Xorazmiy , Abu Nasr Forobiy, 
Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino) ilmiy 
merosi va didaktik qarashlari. Al- Forobiyning 
ijtimoiy-pedagogik qarashlari va ilmiy- 
pedagogik merosining ahamiyati. Mav zu:  Arab xalifaligi yuz bergan ijtimoiy-siyosiy 
o’zgarishlar, yagona  Islom  dinining tarkib topishi 
madaniy hayotga ham ta’sir etdi. Madaniy hayotda 
yuz bergan ko’tarinkilik ma’naviy hayotda ham 
o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi.
Ana shu ko’tarilish butun Arab xalifaligini,  YAqin  va 
o’rta  SHarqni  qamrab olganligi uchun ham SHarq 
uyg’onish davri deb ataldi. Bu uyg’onish jarayoni IX 
asrdan boshlab  XV-XVI  asrlargacha davom etdi.Sharq Uy g’onish dav rida 
t a’lim t arbiy a   Arab xalifaligida  IX  asrda vujudga kelgan Uyg’onish 
davri xalifalikning  Bag’dod, Damashq, Xalab 
shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar 
madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning 
ham madaniy rivojlanishga zamin tayyorlagan. 
Xalifalik yemirilishi jarayonida tashkil topgan 
mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish  xalifalik  
davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi. Sharq Uyg’onish davrida 
ta’lim tarbiya   Xalifa  Xorun ar-Rashid  davrida (786-833 y.y.) va uning o’g’li al-
Ma’mun davrida Bag’dodda “ Bayt–ul-hikma”  (“ Donishmandlik  
uyi”) (hozir Akademiya ma’nosida) tashkil etiladi. Mazkur 
Akademiya barcha ilm sohiblarining ilmiy markaziga aylanadi. 
Uning qoshida jahon kutubxonasi tashkil etilgan. Akademiya  813-
833  yillarda yanada rivojlangan. Akademiya qoshida rasadxona ham 
bo’lgan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan.  Bog’doddagi  
mazkur ilm markazi, o’z navbatida  SHarq  va g’arbda ilm-fanning 
taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning rivojlanishiga ta’sir etgan. Bu 
o’rinda xalifa  al-Ma’munning  ilm-fan ravnaqida ko’rsatgan 
homiyligini alohida ta’kidlash joiz. Sharq Uyg’onish 
davrida  ta’lim tarbiya   
Zero, xalifa  al-Ma’mun  ilm fanni juda qadrlagan. U  IX  asr 
boshlaridan xalifalikning  Xurosondagi  noibi bo’lib turganda 
ham Movarounnahr va Xurosondagi olimlarni to’plab, 
ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida 
al-Xorazmiy, al-Xuttaliy, al-Javhariy, al-Farg’oniy, al-
Marazviy  kabi vatandosh olimlarimiz ham bo’lgan.  Al-
Ma’mun  xalifalik taxtiga o’tirgach u olimlarning barchasini 
Bag’dodga  chaqirib oladi va “ Bayt-ul-hikma ” -
donishmandlik uyi  (“Ma’mun akademiyasi”) da arab 
olimlari bilan hamkorlikda ilm-fan ravnaq topadi.  
SHuningdek, qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, 
ular xoh yunon, xoh arab, xoh  Movarounnahr va 
Xuroson  xalqining eng qadimgi antik davrlar 
madaniyati bo’lsin, Uyg’onish davri madaniyatining 
yaratilishi va rivojlanishiga asos bo’lib xizmat qildi.

Agar arablar  Markaziy Osiyoni  bosib olib, bu yerda 
ilgari mavjud bo’lgan fan va madaniyat o’choqlarini 
yo’qotgan bo’lsalar, ko’p o’tmay qadimiy ilmiy an’ana 
asta-sekin tiklanib, natijada ilm-fanning yetuk siymolari 
yetishib chiqa boshlaydi. Bularning barchasining bir-
biriga qo’shiluvi natijasida  SHarqda  bir butun 
madaniyat tarkib topadi va rivojlana boshlaydi.  
YAqin va  o’rta SHarqda , jumladan,  Eron, Kavkazorti  va 
Movarounnahrda savdo aloqalarining rivojlanganligi, ilm-
fan, hunarmandchilikning taraqqiy etishi moddiy va madaniy 
aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta’sir etdi. YAqin 
va o’rta  SHarq  mamlakatlarida madaniy yuksalishga olib 
kelgan asosiy sabab-feodal munosabatlarning yangi bosqichi 
bo’ldi. Bu davr madaniy taraqqiyotida arab xalifaligiga 
bo’ysungan mamlakatlarning xo’jalik-iqtisodiy aloqalarining 
kuchayishi va buning oqibatida turli madaniyatlar-hind, 
Movarounnahr ,  Eron , arab,  Misr ,  grek-yunon-rim  
madaniyatlarining yaqindan o’zaro aloqasi va bir-biriga ta’sir 
etib borishi katta rol o’ynadi. Haqiqatdan ham bu davrda 
iqtisodiyot  taraqqiy etdi, qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik 
rivojlandi.  
Bu davrda qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yer 
maydonlari kengaydi, ko’plab sug’oriladigan yerlar 
ochildi, sug’orish inshootlari tiklandi, yangilari qurildi, 
paxta, zig’ir, kanop  ekilib, ularning tolasidan mato 
to’qildi.  Movarounnahrda , xususan,  Xorazm, Urganch , 
Farg’ona, Samarqand  va  Buxoro  to’qimachilik 
mahsulotlari, ayniqsa Samarqand va Buxoro shoyisi 
dunyoga mashhur bo’lgan.

Qishloq xo’jaligi va hunarmandchilik, sanoat 
mahsulotlariningishlab chiqarilishi savdoning 
rivojlanishiga yo’l ochdi. Natijada  YAqin va O’rta SHarq  
mamlakatlarining chet davlatlar:  Ispaniya, Hindiston, 
Xitoy, Vizantiya  bilan savdo ishlari ko’lami ortib bordi.  
Pireney  yarim orolining arablar tomonidan bosib olinishi 
insoniyat tarixining yangi sahifalarini ochib berdi. Bu 
jarayonning, ayniqsa,  Ovro’pa  uchun ahamiyati beqiyos bo’ldi. 
SHarq faqatgina Ovro’po madaniyatining rivojiga ta’sir 
etibgina qolmay, balki umuman,  Ovro’polik  odamning 
psixologiyasi, tafakkuri, xarakteri, hayot tarzini tarixiy 
jarayonni tubdan o’zgartirib yubordi. Bu esa o’z navbatida 
matematika, falsafa, astronomiya, tabiiyot, tibbiyot, xulq-odob, 
turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’sir etdi.

X asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda mustaqil feodal 
davlatlar– Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, 
Saljuqiylar, Xorazmshohlar  davlatlarining paydo bo’lishida 
xalifalikning yemirilishi ham madaniy hayotning yanada 
ravnaq topishiga olib keldi.  
Bu davrda pul muomalasi rivojlandi. Jamiyat siyosiy,  ijtimoiy-
iqtisodiy  hayotidagi o’zgarishlar, albatta madaniy hayotga o’z 
ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi.

Somoniylar davlatida  Marv, Buxoro, Samarqand  va Urganch 
o’sha davrning madaniy markazlari sanalardi.

Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar 
arab tilida olib borilar edi. Rasmiy hujjatlar, shariat qoidalari 
arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilar edi. 
X asr o’rtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish yuritila 
boshlandi. Ammo hujjatlar, ishlar  fors-tojik  tilida bo’lsa ham, 
arab imlosida yozilar edi.

Bu shaharlardagi maktablarga hatto tevarak-atrofdagi 
qishloqlardan oddiy xalq bolalari ham kelib o’qiganligi 
manbalarda keltiriladi.  
O’sha davrda Buxoroda katta kitob bozori bo’lgan. Kitob 
do’konlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy muloqot, 
munozaralar o’tkazganlar. Abu Ali ibn Sino kitob 
do’konlaridan birida Forobiyning Aristotel 
“Metafizika”siga yozgan sharhlarini sotib olganligini 
tarjimai holida hikoya qiladi.

Buxoro amiri saroyida esa yirik kutubxona mavjud bo’lgan.

Amir kutubxonasini o’sha davrdagi SHeroz kutubxonasi 
bilan bellasha oladigan yagona kutubxona sifatida tan 
olganlar. Sharq Allomalari  
Sharq A llomalari -  Qomusiy olimlar o’z ilmiy 
merosida insonning aqliy, axloqiy, jismoniy va 
estetik takomili masalalariga katta e’tibor 
berganlar. Masalan, Muhammad  Al-Xorazmiy  
(783-850) insonning kamolga yetishi va insoniy 
munosabatlarni yo’lga qo’yishda ilm-fanning 
muhim ahamiyatiga ega ekanligi to’g’risidagi 
g’oyani ilgari surgan holda  pedagogik  fikr 
taraqqiyotida munosib o’rin egallaydi.  
  Sharq Allomalari -  Somoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, al-
Xorazmiy, al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino 
kabi mutafakkirlar ijod etganlar. X asrning ikkinchi yarmidan 
tashkil topgan Qoraxoniylar davlatida ham ba’zi xonlar o’z 
saroylarida kutubxonalar tashkil etdilar. Bu kutubxonalarda arab 
va hatto G’arbiy YEvropa olimlarining asarlari ham mavjud edi. 
Bu davrda turkiy til shakllanib bordi. YUsuf Xos Hojib, Mahmud 
Qoshg’ariy kabi olimlar jahon ahamiyatiga ega bo’lgan asarlarini 
yaratdilar. XI asr boshida G’aznaviylar davlati, keyinroq 
Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlati tashkil topdi. G’aznaviylar 
davrida ham ilmiy, ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojlandi. Mahmud 
G’aznaviy o’z saroyiga juda katta madaniy boyliklarni to’playdi, 
olimlarni ilmiy ishga taklif etadi. Jumladan, Abu Rayhon 
Beruniyning mashhur “Hindiston” asarini shu yerda yaratgan edi.  
  Sharq Allomalari -  Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida 
insonning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik takomili masalalariga 
katta e’tibor berganlar. Masalan, Muhammad Al-Xorazmiy (783-
850) insonning kamolga yetishi va insoniy munosabatlarni yo’lga 
qo’yishda ilm-fanning muhim ahamiyatiga ega ekanligi 
to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan holda pedagogik fikr 
taraqqiyotida munosib o’rin egallaydi.

Ayniqsa, u matematika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi 
hamda pedagog-uslubiyotchi olim sifatida tarixda qolgan. 
Xorazmiy o’z davrigacha bo’lgan qadimiy matematika fani 
rivojlangan mamlakatlar Vavilion (Bobil), YUnoniston, 
Hindiston, Xitoy, Misrdagi deyarli barcha matematiklarning 
kashfiyotlarini o’rgandi va o’zi hayotiy talablar nuqtai nazarida 
ulardan farq etuvchi yangi kashfiyot yaratdi.  
  Sharq Allomalari -  Abu Nasr Forobiy (to’liq nomi Abu Nasr 
Muhammad ibn Muhammad ibn Uzaliq ibn Tarxon al-Forobiy) 
hijriy 260 yil (milodiy 873 yil)da SHosh – Toshkentga yaqin Forob 
(O’tror) degan joyda harbiy hizmatchi oilasida tug’ilgan. Forobda 
boshlang’ich ta’limni olgach, SHoshda, Buxoroda, Samarqanda 
ta’lim olganligi haqida ma’lumotlar bor. Lekin arab xalifaligining 
yirik madaniy markazi Bag’dodga xalifalikning turli tomonlaridan 
kelgan olimlar yig’ilganligi, uning yirik ilmiy markazga 
aylanganligi tuyfayli Forobiy ham ilm olish istagida Bag’dodga 
jo’naydi. Bag’dodda Forobiy o’rta asr fanini, turli fan sohalarini 
o’rganadi. Masalan, unga YUnon tilida Abu Bashar Matta (Matta 
ibn YUnus), tibbiyot va mantiqdan YUxanna ibn Haylon (Jilon) 
ta’lim bergan. Umuman, Forobiy Bag’doda matematika, mantiq, 
tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, tabiiyot, huquq, tilshunoslik, poetika 
bilan shug’ullandi, turli tillarni o’rgandi.  
  Sharq Allomalari -  Forobiy o’zining fozil jamoasida 
odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga bo’ladi. 
Bunda u, kishilarning diniy mashabiga, millatiga, irqiga 
qarab emas, balki tabiiy hususiyatlariga, qobiliyatlariga, 
aqliy iqtidoriga, bilim ko’nikmalariga e’tibor berishlik 
zarur deydi. U o’zning «Baxt saodatga erishuv yo’llar 
haqida risola» asarida «Davlatning vazifasi insonlarni 
baxt – saodatga olib borishdir, - deb yozadi. U, - bu esa 
ilm va yaxshi axloq yordamida qo’lga kiritadi». Forobiy 
davlatni yetuk shaxs boshqarishi lozim daydi; ya’ni 
jamoani idora etuvchi adolatli, dono bo’lishi, qonunlarga 
rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan 
ko’ra bilishi, boshqalarga g’amxo’r bo’lishi lozim deydi.  
  Sharq Allomalari -  Beruniy «Saidona» kitobida o’zining 80 
yoshdan oshganligini yozadi , shunga ko’ra uni 1050-1051 yillarda vafot etgan deb 
taxmin etish mumkin. Ba’zi manbaalarda esa, 1048 yil 13 dekabrda G’azna 
shahrida vafot etgan deb ko’rsatiladi.

Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo’llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi 
davr uchun ham dolzarbdir. O’quvchiga bilim berishda:

o’quvchini zeriktirmaslik;

bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik;

uzviylik, izchillik;

tahlil qilish va taqqoslash;

ma’lumdan noma’lumga, yaqindan uzoqqa, soddan qiyinga qarab borish;

takrorlash;

yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etish va hokazoga e’tibor 
berish kerakligi o’qtiriladi.

Beruniy fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirilgan barcha 
boyliklarni qunt bilan o’rganishga da’vat etadi.  E‘TIBORINGIZ UCHUN
RAXMAT !!!

Mav zu: Sharq Uy g'onish dav ri ( IX -X I asrlar)da t a'lim-t arbiy a v a pedagogik fi k rlar riv oji.

1. Sharq uyg`onish davrida ta’lim-tarbiya taraqqiyoti. 2. Sharq uyg`onish davri allomalarining (Muxammad al-Xorazmiy , Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino) ilmiy merosi va didaktik qarashlari. Al- Forobiyning ijtimoiy-pedagogik qarashlari va ilmiy- pedagogik merosining ahamiyati. Mav zu:

Arab xalifaligi yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta’sir etdi. Madaniy hayotda yuz bergan ko’tarinkilik ma’naviy hayotda ham o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. Ana shu ko’tarilish butun Arab xalifaligini, YAqin va o’rta SHarqni qamrab olganligi uchun ham SHarq uyg’onish davri deb ataldi. Bu uyg’onish jarayoni IX asrdan boshlab XV-XVI asrlargacha davom etdi.Sharq Uy g’onish dav rida t a’lim t arbiy a

Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan Uyg’onish davri xalifalikning Bag’dod, Damashq, Xalab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning ham madaniy rivojlanishga zamin tayyorlagan. Xalifalik yemirilishi jarayonida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi. Sharq Uyg’onish davrida ta’lim tarbiya

Xalifa Xorun ar-Rashid davrida (786-833 y.y.) va uning o’g’li al- Ma’mun davrida Bag’dodda “ Bayt–ul-hikma” (“ Donishmandlik uyi”) (hozir Akademiya ma’nosida) tashkil etiladi. Mazkur Akademiya barcha ilm sohiblarining ilmiy markaziga aylanadi. Uning qoshida jahon kutubxonasi tashkil etilgan. Akademiya 813- 833 yillarda yanada rivojlangan. Akademiya qoshida rasadxona ham bo’lgan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan. Bog’doddagi mazkur ilm markazi, o’z navbatida SHarq va g’arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning rivojlanishiga ta’sir etgan. Bu o’rinda xalifa al-Ma’munning ilm-fan ravnaqida ko’rsatgan homiyligini alohida ta’kidlash joiz. Sharq Uyg’onish davrida ta’lim tarbiya