Sharq uyg’onish davri(IX-XII asrlar)da ta’lim tarbiya va pedagogiK fikrlar rivoji.(Ibn Sino, Abu Nasr Farobiy,Abu Rayhon Beruniy, Kaykovus, al-Xorazmiy,Mahmud Qoshg’ariy)
Sharq uyg’onish davri(IX-XII asrlar)da ta’lim tarbiya va pedagogiK fikrlar rivoji.(Ibn Sino, Abu Nasr Farobiy,Abu Rayhon Beruniy, Kaykovus, al- Xorazmiy,Mahmud Qoshg’ariy)
Reja: Sharq uyg`onish davri va unda ta’lim - tarbiyaning taraqqiy etishi. Farg`oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning umumpedagogik g`oyalari. Mahmud Qoshg`ariy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, az-Zamaxshariy asarlarida ta’limiy –tarbiyaviy qarashlari.
Sharq uyg`onish davri va unda ta’lim - tarbiyaning taraqqiy etishi. Sharq uyg`onish davrida ilm - fan rivojlanishi 3 yo`nalishda bo`ldi: Matematika tibbiyot yo`nalishi (Xorazmiy, Farg`oniy , Ibn Sino, Jurjoniylar asarlar yaratganlar ). Ijtimoiy - falsafiy yo`nalish , bunga falsafa , tarix , mantiq , ruhshunoslik , notiqlik fanlari kirgan (Forobiy , Ibn Sino, Narshaxiy ). Ta ’limiy - axloqiy yo`nalish . Bunda adib va tarbiyashunos olimlar ta ’limiy - didaktik asarlari misol bo`ladi . Sharq uyg`onish davrida ilm - fan rivojlanishi 3 yo`nalishda bo`ldi :
Farg`oniy ning umumpedagogik g`oyalari. Sharq uyg`onish davrining mashhur allomalaridan biri Ahmad al-Farg`oniy bo`lib (IX asr), u Bog`doddagi Baytul Xikmada mudarrislik qildi, riyozat, falakkiyot, geografiyaga oid asarlar yaratdi. Uning mashhur "Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob"i arab tilida yozilgan dastlabki falakkiyotga oid asar bo`lgan, yana "Astrolyabiy haqida mukammal kitob", "Oy yer ustida yoki uning ostida bo`lgan paytlardagi vaqtlarni o`rganish haqida", "Yetti iqlim hisoboti" kabi asarlar yaratgan.
Muhammad al-Xorazmiyning umummiy pedagogic qarashlari. Buyuk olim, aljabr fanining otasi Abu Abdulloh Muhammad al-Xorazmiy (783-650) Xorazmning Zamaxshar shahrida tug`ilgan. U "Al-jabr la al mukobala" (Tenglamalar va qarshilantirish), "Xisob al kind" (Hind hisobi), "Kitob surat al-arz" (Yer surati haqida kitob), "Kitob at-tarix", "Ustrurolob yulduzlarining harakatini kuzatish" nomli asarlar yaratgan. Xorazmiy "Al-jabr va al muqobala" asari bilan matematika faniga asos soldi. Yana "falakkiyot jadvallari", "Quyosh soatlari to`g`risida" risolalar ham yozgan. U hind hisoblari, ularning ishlatilishi, sonlarni ko`paytirish, bo`lish, qo`shish va ayirishni oson yo`llarini ko`rsatdi. Olimning arifmetikasi matematika va sanoq tartibi tarixida yangi bir davr ochdi.