logo

iSpring dasturini o’rnatish, sozlash va dastur oynasi bilan tanishish

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1178.1357421875 KB
iSpring dasturini o’rnatish, sozlash 
va dastur oynasi bilan tanishish                 Reja:

1. Kirish.

2. Adabiyotlar tahlili va metadologiya.

3. Natijalar.

4. Xulosa.

5. Adabiyotlar                 Kirish

Har  qanday  jamiyat  uchun  yuqori  bilimga  ega  bo‘lgan  malakali  kadrlarni  yetishtirish  eng 
muhim  vazifalardan  biri  bo’lib  kelgan.  Ayniqsa  texnologiyalar  rivojlangan  asrimizda 
pedagogik  kadrlardan  axborot  texnologiyalardan  foydalanib  ta’limni  tashkil  etish  dolzarb 
masala  bo’lib  qolmoqda.  Prezident  Shavkat  Mirziyoev  ilm-ma’rifat  va  texnologiyalar 
rivojiga  alohida    ahamiyat  qaratib:  “Taraqqiyotga  erishish  uchun,  raqamli  bilimlar  va 
zamonaviy  axborot  texnologiyalarini  egallashimiz  zarur  va  shart.  Bu  bizga  yuksalishning 
eng  qisqa  yo‘lidan  borish  imkoniyatini  beradi”  deb  ta’kidlagan  edi.  Darhaqiqat  ta’lim 
tizimining  kelajagini  raqamli  texnologiyalarsiz  rivojlantirib  bo’lmaydi.  2020-yilni  “Ilm, 
ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb elon qilinishi ham bejiz emas.

Ayrim  o‘rta  umumta’lim  maktablarida  tasviriy  san’at  fanini  o‘qitishda  ham  axborot 
texnologiyalar  qo‘llanilib  kelinadi.  Afsuski,  bu  jarayon  o’quvchilarning  ta’lim  olishida 
emas  o’qituvchilarning  xujjatlarini  rasmiylashtirilishi  hamda  o’quvchilarga  dars 
jarayonida  video  materiallar  ko’rsatish  uchungina  xizmat  qilmoqda.  Mustaqil  ta’lim  olish 
kompetensiyalarini  takomillashtirish  shuningdek,  auditoriya  va  sinfda  o‘tiladigan 
mashg‘ulotlar  o’quvchi  -yoshlarning  yetuk  ijodkor  bo‘lib  voyaga  yetishishlarida  yetarli 
emasligini  e’tiborga  olib,  ularni  ko‘proq  mustaqil  ta’lim  olishi,  mustaqil  ijod  qilishiga 
o‘rgatish muhimdir.                 Adabiyotlar tahlili va metadologiya

Ushbu masalalarni hal etishda biz o‘z tajribamizdan kelib chiqib quyida iSpring 
dasturiy ta’minotida tasviriy san’at fanidan interaktiv test tuzish, uning 
afzalliklari hamda undan kutiladigan natijalar haqidagi ma’lumotlarni taqdim 
qilmoqchimiz.

Elektron axborot ta’lim resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan 
dasturiy ta’minotlardan biri iSpring dasturi hisoblanadi [http:// www. 
ispringsolutions. com]. iSpring dasturida test tuzishni bayon etishdan oldin, 
elektron axborot ta’lim resurslariga nimalar kirishini ko‘rsatib o‘taylik. Elektron 
axborot ta’lim resurslariga fan bo‘yicha yaratilgan elektron darslik, o‘quv 
qo‘llanma, metodik ko‘rsatmalar, multimediyali vositalar, ma’lumotnomalar, 
lug‘atlar, gipermatnlar, elektron testlar va topshiriqlar hamda shunga o‘xshash 
o’quvchining mustaqil bilim olishini ta’minlovchi, o‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi 
resurslar kiradi.

Yuqorida keltirilgan resurslarga qo‘shimcha sifatida pedagogik dasturiy vositalar, 
video va audio ma’ruzalar, virtual laboratoriya stendlari, intreaktiv plakatlarni 
kiritish mumkin.                 Natijalar

Interaktiv testlarni iSpring QuizMaker dasturi yordamida tuzish uchun 
kompyuterga iSpring Suite dasturi bilan Adobe Flash (operatsion tizim 
razryadiga ko‘ra 32 va 64 bitli) dasturi o‘rnatilishi talab etiladi. Dastur 
o‘rnatib bo‘lingach  Пуск  menyusidan  Все программы  bo‘limida iSpring Suite 
tanlanadi va natijada 1-rasmdagi oyna paydo bo‘ladi. Test bo‘limiga kirib 
новый тест  bo‘limi tanlanadi.                 
1-rasm

Ishchi oynaning  Добавит тест  bo‘limidan test yaratish amali boshlanadi. Ushbu bo‘limda pedagogik testlar 
turlarining 11dan 14 ta gacha turi keltirilgan ularni kerakligini tanlab test tuzishimiz mumkin. Sizning 
ijodkorligingiz va kreativ yondashuvingiz 14 turdagi testning 50 dan ortiq turli interaktiv shakllarini tuzish 
imkoniyatini beradi. Ular quyidagilar:

1.  Верно/неверно ( to‘g‘ri/noto‘g‘ri) test turi –bunda savol berilib to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javobini tanlanadi;

2.  Одиночный выбор ( bitta javobni tanlash) – bir necha variatdan kerakli javobni tanlash;

3.  Множественный выбор ( bir necha javobni tanlash);

4. Ввод строки ( satr kiritish) – javobni satrga kiritish yo‘li bilan javob berish;

5.  Соответствие ( mos keltirish) – savollarni javoblariga mos keltirib qo‘yishorqali javob berish;

6.  Порядок ( tartib) – javobni kerakli tartibga keltirib javob berish;

7.  Ввод числа ( sonni kiritish) – satrga savol javbiga mos sonni kiritib javob berish;

8.  Пропуски ( tushirib qoldirilgan) –tushirib qoldirilgan so‘zlarni kerakli joyga qo‘yib yozish;

9.  Вложенные ответы ( jamlagan javoblar)–jamlangan javoblar ichidan to‘g‘ri javobni tanlash orqali javob 
berish;

10.  Банк слов ( so‘zlar ombori) –so‘zlar omboridan kerakli so‘zlarni to‘g‘ri ketma - ketlikda qo‘yish orqali 
javob berish. Bunda so‘zlar omboriga so‘zlarni ham kiritish kerak bo‘ladi.

11.  Активная област ( faol soha) –rasmda faol sohani tanlab javob beriladi. Bunda rasmning biror sohasini 
tanlash kerak bo‘lgan savol kiritiladi. Test tuzishda ana shu testlar turini tanlab unga mos savollar berib, 
javobini ham kiritish kerak bo‘ladi (2- rasm).                 2-rasm

Birinchi qadam biz ko‘rib turganimizdek dasturda hamma so‘zlar ruschada 
berilgan. Ularni o‘zbekchaga o‘tkazib olishimiz ham mumkin. Dasturni ishchi 
oynasida Test bo‘limidan  Плеер  bandini tanlaymiz. Shunda oyna ochiladi (3–rasm).

Oynaning chap bo‘lmidan  Надписи  bandini tanlaymiz.  Сообщение/кнопка 
ustuniga tegmagan holda  Сообщения  ustuni (ikkinchi ustun)ga berilgan so‘zlarni 
o‘zbek tiliga tarjima qilib kiritib tahrirlashimiz mumkin. Natijada testimiz 
o‘zbekcha ko‘rinishga keladi                 3-rasm

Ikkinchi qadamda kerakli test turini  Вопрос  bo‘limidan tanlaymiz. Misol uchun 
верно/неверно  turi.  Shunda  dastur        oynasi  quydagicha        ko‘rinishga  keladi 
(4-rasm)                 4-rasm

Ushbu oynaning  вопрос  oynachasiga savol kiritilib, unga ko‘ra  ответ  oynasiga ikkita 
javob kiritib, savolga mos to‘g‘ri javobni tanlab qo‘yiladi. Dastur oynasining o‘ng 
qismida rasm kiritish, ovoz qo‘shish, video qo‘shish rasm belgili tugmachalar 
mavjud. Mazkur tugmachalar yordamida fayllardan tasvir, formula, ovoz, videolar 
tanlab savollar ham tuzish imkoniyati mavjud. Shu tarzda har xil test turlaridan 
tanlab, ijodiy yondashgan holda o‘quvchi yoshlarga interaktiv testlarni yaratish 
mumkin.                 XULOSA
          Yuqorida  keltirilgan  testdan  ko‘rinib  turibdiki,  bu  test  an’naviy 
testlarga  nisbatan  bir  xillik  bo‘lmaydi  va  o‘quvchilarga  birmuncha 
qiziqarliroq  tarzda  kerakli  bilimlarni  bera  oladi.  Undan  tashqari  bu 
interaktiv testlarni rasm, ovoz va formulalar yordamida tuzish imkoniyati 
mavjudligi  ularni  yanada  katta  qiziqish  bilan  ishlashga  chorlaydi.  Oddiy 
testlardan  farqli  ravishda  bu  testlar  musiqa  yo‘nalishi  talabalari  uchun 
biror  bir  musiqadan  parcha  qo‘yib  savollar  tuzish  imkoniyatini  yaratadi. 
Informatika,  matematika,  fizika,  biologiya,  geografiya  va  h.k.  lar  uchun 
ham  juda  qiziqarli  interaktiv  testlar  tuzish  imkoniyati  mavjud.  Undan 
tashqari  testni  kompyuter  tarmoqlari  orqali  ham  o‘tkazish  imkoniyati 
borligi va elektron pochta orqali yuborish imkoniyatlari mavjudligi hozirgi 
zamonaviy  ta’lim  talablariga  ham  javob  bera  oladi.  Natijada  o‘qituvchi 
va o‘quvchilarda quyidagi malakalar shakillanadi:                 
o‘qituvchida qaysidir ma’noda ta’limni boshqarish va nazorat qilish imkoni 
paydo bo‘ladi;

o‘qituvchining IT sohasida malakasi va ijodkorligi oshadi;

o‘qituchining ilmiy saloyati va ilmiy darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;

o‘quvchilar bilish faoliyatining rivojlanishi va takomillashuvida sezilarli 
o‘zgarishlar bo‘ladi, ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beradi;

o‘quvchilarning fanga va o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, ma’naviy-ma’rifiy 
tafakkuri, estetik did shakillanishi, tasavvurining boyishi, tashabbuskorlik va 
ijodkorlik sifatlarining oshishiga yordam beradi;
ADABIYOTLAR
1. A. R. Maraximov, S. I. Raxmonqulova «Int е rn е t va undan foydalanish asoslari». 
O’quv qo`llanma.Toshk е nt 2001 yil. 
2. http://www.ispringsolutions.com 
3. www.ispring.ru

iSpring dasturini o’rnatish, sozlash va dastur oynasi bilan tanishish

Reja:  1. Kirish.  2. Adabiyotlar tahlili va metadologiya.  3. Natijalar.  4. Xulosa.  5. Adabiyotlar

Kirish  Har qanday jamiyat uchun yuqori bilimga ega bo‘lgan malakali kadrlarni yetishtirish eng muhim vazifalardan biri bo’lib kelgan. Ayniqsa texnologiyalar rivojlangan asrimizda pedagogik kadrlardan axborot texnologiyalardan foydalanib ta’limni tashkil etish dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoev ilm-ma’rifat va texnologiyalar rivojiga alohida ahamiyat qaratib: “Taraqqiyotga erishish uchun, raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi” deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat ta’lim tizimining kelajagini raqamli texnologiyalarsiz rivojlantirib bo’lmaydi. 2020-yilni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb elon qilinishi ham bejiz emas.  Ayrim o‘rta umumta’lim maktablarida tasviriy san’at fanini o‘qitishda ham axborot texnologiyalar qo‘llanilib kelinadi. Afsuski, bu jarayon o’quvchilarning ta’lim olishida emas o’qituvchilarning xujjatlarini rasmiylashtirilishi hamda o’quvchilarga dars jarayonida video materiallar ko’rsatish uchungina xizmat qilmoqda. Mustaqil ta’lim olish kompetensiyalarini takomillashtirish shuningdek, auditoriya va sinfda o‘tiladigan mashg‘ulotlar o’quvchi -yoshlarning yetuk ijodkor bo‘lib voyaga yetishishlarida yetarli emasligini e’tiborga olib, ularni ko‘proq mustaqil ta’lim olishi, mustaqil ijod qilishiga o‘rgatish muhimdir.

Adabiyotlar tahlili va metadologiya  Ushbu masalalarni hal etishda biz o‘z tajribamizdan kelib chiqib quyida iSpring dasturiy ta’minotida tasviriy san’at fanidan interaktiv test tuzish, uning afzalliklari hamda undan kutiladigan natijalar haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilmoqchimiz.  Elektron axborot ta’lim resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta’minotlardan biri iSpring dasturi hisoblanadi [http:// www. ispringsolutions. com]. iSpring dasturida test tuzishni bayon etishdan oldin, elektron axborot ta’lim resurslariga nimalar kirishini ko‘rsatib o‘taylik. Elektron axborot ta’lim resurslariga fan bo‘yicha yaratilgan elektron darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik ko‘rsatmalar, multimediyali vositalar, ma’lumotnomalar, lug‘atlar, gipermatnlar, elektron testlar va topshiriqlar hamda shunga o‘xshash o’quvchining mustaqil bilim olishini ta’minlovchi, o‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi resurslar kiradi.  Yuqorida keltirilgan resurslarga qo‘shimcha sifatida pedagogik dasturiy vositalar, video va audio ma’ruzalar, virtual laboratoriya stendlari, intreaktiv plakatlarni kiritish mumkin.

Natijalar  Interaktiv testlarni iSpring QuizMaker dasturi yordamida tuzish uchun kompyuterga iSpring Suite dasturi bilan Adobe Flash (operatsion tizim razryadiga ko‘ra 32 va 64 bitli) dasturi o‘rnatilishi talab etiladi. Dastur o‘rnatib bo‘lingach Пуск menyusidan Все программы bo‘limida iSpring Suite tanlanadi va natijada 1-rasmdagi oyna paydo bo‘ladi. Test bo‘limiga kirib новый тест bo‘limi tanlanadi.