Issiq iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari
Issiq iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari
Subtropik mintaqaning tabiat zonalari • Yevrosiyoning subtropik mintaqalarida qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlar, subtropik aralash o‘rmonlar, subtropik chalacho‘l hamda cho‘llar zonalari shakllangan.
Subtropik o‘rmonlar va butazorlar zonasi • Subtropik o‘rmonlar va butazorlar zonasi Yevrosiyoning O‘rta dengiz sohillari bo‘ylab joylashgan. Bu yerda yoz quruq va issiq, qish iliq (o‘rtacha harorat +5 +7 ° С) hamda seryomg‘ir.Shuning uchun o‘simliklar vegetatsiyasi yil bo‘yi davom etadi.Yashil o‘simliklar tagida hosildor jigarrang tuproqlar rivojlangan.Past bo‘yli daraxtlar, mayda bargli tosh eman, yertut daraxti,mirta va boshqalar ko‘p tarqalgan. Madaniy o‘simliklardan anjir, anor, uzum, zaytun va sitrus mevalari yetishtiriladi.