logo

Jahon aholisining jinsiy, yosh, irqiy tarkibi

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

627.2236328125 KB
Jahon aholisining jinsiy, 
yosh, irqiy tarkibi                    Aholi yosh tarkibiga ko‘ra bolalar (0–14 yosh), 
mehnat yoshidagilar (15–64 yosh) hamda keksalar 
(65 yosh va undan yuqori) guruh- lariga ajratiladi                    
Bolalar salmog‘ining 
yuqoriligi bilan  Niger (50 
%), Mali (48 %), Uganda 
(48 %)  kabi Afrika 
davlatlari ajralib turadi. 
Bu boradagi eng past 
ko‘rsatkichlar esa 
Yaponiya (12 %), Germa- 
niya (13 %), Italiya (13 %), 
Gretsiya (14 %) 
davlatlarida qayd qilingan                    Jahon aholisining jinsiy tarkibida  erkaklar 
salmog‘i 50,5 %, ayollarniki esa 49,5 %  ga 
teng (2018-y.).                                                                             
Och tusli teri, to‘lqinsimon yoki tekis, yumshoq soch, 
asosan, moviyrang ko‘z, qirra burun, yupqa va o‘rta 
labga  ega bo‘lgan yevropeoid irqi vakillari Yevropa, 
Amerika, Avstraliya va Okeaniya aholisining asosiy 
qismini tashkil qiladi. Shuningdek, Osiyoning janubiy, 
janubi-g‘arbiy, markaziy, Afrikaning shimoliy 
qismlarida ham ko‘p sonli yevropeoidlar istiqomat 
qiladilar. Yuqorida sanab o‘tilgan irqiy belgilar, 
asosan, shimoliy hududlarda istiqomat qiluvchi 
yevropeoidlarga xos bo‘lib, janubga borgan sari 
yashash muhiti bilan bog‘liq tarzda tana, soch va 
ko‘z ranglarining to‘q ko‘rinishlari namoyon bo‘la 
boshlaydi. Insoniyatning  40 %  dan ortig‘i mazkur irq 
vakillari hissasiga to‘g‘ri keladi.                                       
Mongoloid irqi vakillari  jigarrang tusli 
teri, tekis, qattiq to‘q tusli soch, 
ko‘zning to‘q tusli ko‘rinishlari, qirra 
yoki o‘rta yapasqi burun, ko‘z usti 
qovog‘ining ajralib turishi, ensa 
sohasining kengayganligi  bilan ajralib 
turadi. Mongoloidlar, asosan,  Osiyo 
qit’asida  keng tarqalgan. Amerikaning 
tub aholisi hisoblanadigan Amerika 
hindulari va eskimoslar  ham shu irqqa 
mansub                                       
Negroid irqi vakillari, asosan,  Afrika hamda 
Amerika qit’alari  davlatlarida istiqomat 
qiladilar.  Qora tusli teri, tekis, qattiq, 
jingalak qora tusli soch, ko‘zning to‘q tusli 
ko‘rinishlari, jag‘ining ajralib chiqqanligi, 
yapaloq burun, do‘rdoq lab  ularga xos 
asosiy belgilar hisoblanadi. Afrika bu irq 
vakillarining asl ona vatani hisoblanib, 
ularning katta qismi Buyuk geografik 
kashfiyotlar davrida Amerikaning turli 
mintaqalariga majburiy tarzda qul qilib 
olib ketilgan                                       
Avstraloid irqi uzoq davr davomida 
negroid irqining bir ko‘rinishi sifatida 
baholanib kelingan. Lekin so‘nggi 
yillardagi tadqiqotlar ularning kelib 
chiqishi negroidlar bilan bog‘liq 
emasligini ko‘rsatmoqda . To‘q tusli teri, 
yapaloq burun, do‘rdoq lablarga ega 
mazkur irq vakillari, asosan, Avstraliya va 
Okeaniya hududlarida tarqalgan. 
Avstraliya aborigenlari, papuaslar, 
melaneziyaliklar ushbu irq vakillari 
sanaladi                                       Chiroyli kasb egasi bo`lishni xohlasangiz, yahshi 
o`qing, bo`lmasa… hayotingizni o`zingiz tanglang                   Topshiriqlat majmuyi

1.Mavzuni o`qish

2. Jadval va 
rasmlarni chizib 
kelish

Jahon aholisining jinsiy, yosh, irqiy tarkibi

Aholi yosh tarkibiga ko‘ra bolalar (0–14 yosh), mehnat yoshidagilar (15–64 yosh) hamda keksalar (65 yosh va undan yuqori) guruh- lariga ajratiladi

 Bolalar salmog‘ining yuqoriligi bilan Niger (50 %), Mali (48 %), Uganda (48 %) kabi Afrika davlatlari ajralib turadi. Bu boradagi eng past ko‘rsatkichlar esa Yaponiya (12 %), Germa- niya (13 %), Italiya (13 %), Gretsiya (14 %) davlatlarida qayd qilingan

Jahon aholisining jinsiy tarkibida erkaklar salmog‘i 50,5 %, ayollarniki esa 49,5 % ga teng (2018-y.).