Jahon aholisining soni, o‘sishi va joylashuvi
Jahon aholisining soni, o‘sishi va joylashuvi
Ilmiy manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, insonlarning eng qadimgi ongli vakillari – Homo sapiens – bundan taxminan 50 ming yillar avval paydo bo‘lgan. Shimoli-sharqiy va Sharqiy Afrika, Janubiy Yevropa hamda Old Osiyo ilk insonlar paydo bo‘lgan va ular tomonidan birinchi bo‘lib o‘zlashtirilgan hududlar hisoblanadi.
Uzoq davrlar davomida insoniyatning asosiy qismi Yevropa, Osiyo va Afrika qit’alarida istiqomat qilgan edi. Buyuk geografik kashfiyotlar ko‘p sonli aholining yangi topilgan yerlarga ko‘chib o‘tishiga sababchi bo‘ldi va uning natijasida qit’alar o‘rtasida aholi sonining qayta taqsimlanishi yuz berdi.
Jahon aholisi soni XX asr davomida 1,6 mlrd. kishidan 6,1 mlrd. kishigacha yetgan bo‘lib, uning eng yuqori sur’atlari 1960-yillardan keyingi davrlarga to‘g‘ri keladi. Bu holat Ikkinchi Jahon urushidan keyingi davrlarda aholi orasida o‘lim darajasining pasayishi hamda aholi sonining tez sur’atlarda o‘sishi hisobiga yuzaga kelgan. Natijada 1960–1980-yillarda jahonda « demografi k port lash» (o‘lim darajasi pasay ishi t ufay li aholi sonining t ez sur ’at lar bilan k o‘pay ishi) jaray oni yuz berdi (6-rasm).