logo

Dunyo aholisining etnik va diniy tarkibi

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

5922.7734375 KB
Dunyo  aholisining  etnik  va  
diniy  tarkibi •
Aholining etnik tarkibi   hududlarda yashovchi 
etnoslar  (yunoncha etnos –«xalq»)  
salmog‘idir. Etnoslar  insonlarning  tarixan  
shakllangan,  yashash hududi,  madaniyati,  
turmush  tarzi  bilan  o‘zaro  farq  qiluvchi  
ijtimoiy  guruhlar hisoblanadi. Ularning 
qabila ,  elat  hamda  millat  ko‘rinishlari 
mavjud.  •
Qabila   kishilarning eng qadimiy oddiy 
ijtimoiy uyushmalari hisoblanadi. Ular hozirgi 
kunda, asosan, Amazoniya, Okeaniya, 
Afrikaning markaziy hududlarida  saqlanib  
qolgan.  Elat  esa  qabila  va  millat  orasidagi  
etnik birlik  bo‘lib,  kam  sonli  etnoslardan  
iboratdir.  Elatlar,  asosan,  Osiyo  va Afrika  
davlatlarida  mavjud.  •
Yagona tili, hududi, madaniyati, mentaliteti va 
milliy o‘zligini anglash xususiyatlari yuqori 
darajada shakllangan, ko‘pchilik holatlarda o‘z 
siyosiy   davlatchilik  an’analariga  ega  bo‘lgan 
 yirik  etnoslar  millat  deb  ataladi. Dunyo 
millatlari orasida vakillarining soni 100 mln. 
kishidan ortiq bo‘lgan 12  ta  (5-jadval),  50–
100  mln.  kishi  bo‘lgan  12  ta,  25–50  mln.  
kishi bo‘lgan  17  ta  millat  mavjud.   •
Jahon davlatlari milliy tarkib xususiyatiga ko‘ra, 
bir millatli (masalan, Yaponiya, Islandiya, 
Norvegiya), bir millatning boshqalariga nisbatan 
katta    salmoqqa  ega  bo‘lgan  (masalan, AQSH,  
Fransiya,  Turkiya),  ikki  millatli    (masalan,  
Kanada,  Belgiya),  kelib  chiqishi  bir-biriga  
yaqin  millatlardan    iborat (masalan, Afg‘oniston, 
Pokiston), ko‘p millatli (masalan, Hindiston, 
Indoneziya)  davlatlar  guruhlariga  ajratiladi.  •
Etnos  madaniyatining o‘zagi til hisoblanadi. 
Jahondagi etnoslar tillarining o‘xshashligi va 
qardoshligidan kelib chiqib, 20 dan ortiq til 
oilalariga birlashtiriladi. Ular orasida hind-
yevropa til oilasiga mansub xalqlar soniga ko‘ra  
yetakchilik  qiladi.  Jahon  aholisining  deyarli  
1/2  qismi  ushbu  oila tarkibiga  kiruvchi  tillarda 
 so‘zlashadi.  O‘zbeklar  oltoy  tillar  oilasining 
turkiy  guruhiga  mansub  millat  hisoblanadi.  •
Dunyoda  so‘zlashuvchilar  soni  
100  mln.  kishidan  oshgan  11  ta 
 til mavjud  bo‘lib,  xitoy  (1  
mlrd.  310  mln.  kishi),  ingliz  
(420  mln.  kishi), hind  (350  mln. 
 kishi),  ispan  (335  mln.  kishi),  
rus  (250  mln.  kishi)  tillari ular  
orasida  yetakchilik  qiladi.  Xitoy, 
 ingliz,  ispan,  fransuz,  arab  va  
rus tillari  BMT  faoliyatida  
qo‘llaniladigan  rasmiy  tillar  
hisoblanadi.   Aholining diniy tarkibi
•
Aholining diniy tarkibi. Dinlar sodda 
(primitiv), mahalliy va dunyoviy dinlarga 
bo‘linadi. Diniy e’tiqodning eng sodda 
ko‘rinishi bo‘lgan primitiv  dinlar  hozirda,  
asosan,  qabilalar  orasida  saqlanib  qolgan. 
 Totemizm, animizm,  fetishizm  kabi  
ko‘rinishlari  mavjud. Mahalliy  dinlar
•
Mahalliy  dinlar  (bir yoki bir necha 
qardosh millatlar orasida tarqalgan 
dinlar),  asosan,  bir  davlat  yoki  
mintaqa  doirasida  tarqalgan.  
Mahalliy  dinlar  orasida  induizm  
dini  e’tiqodchilar  soniga  ko‘ra  
peshqadamlik qiladi.  Sikxizm,  
konfutsiylik,  iudaizm  (yahudiylik),  
sintoizm  dinlari  ham mahalliy  
dinlar  sirasiga  kiradi  (6-jadval). Mahalliy dinlarning tarqalish mintaqalari •
Jahonning  bir  qancha  davlatlarida  tarqalgan,  
e’tiqod  qiluvchilar  soni ko‘p bo‘lgan uchta 
dunyoviy din mavjud. Bular buddizm, 
xristianlik, islom dinlaridir.  E’tiqodchilar  
soniga  ko‘ra  (2  mlrd.  400  mln.  kishidan  
ortiq) katoliklik,  protestantlik  va  pravoslavlik  
mazhablariga   ajraladigan  xristianlik  
yetakchilik  qiladi.  Bu  din  vakillari  jahonning 
 barcha  mintaqalarida tarqalgan Dunyoviy dinlarning tarqalish mintaqalari •
Paydo  bo‘lish  davriga  ko‘ra  
dunyoviy  dinlar  orasida  eng  
yoshi  hisoblangan   islom  dini  
    1  mlrd  600  mln.dan  ortiq  
e’tiqodchilarga  egadir.  50  ta 
davlat uchun davlat dini 
hisoblangan islom dini, asosan, 
Shimoliy Afrika, Janubi-g‘arbiy, 
Markaziy, Janubiy, Janubi-
sharqiy Osiyo hududlarida keng 
tarqalgan.  Uning  sunniylik  va  
shialik  mazhablari  mavjud. •
Sharqiy  va  Janubi-sharqiy  
Osiyoda  (Xitoy,  Yaponiya,  
Mongoliya  va boshqalar)  asosiy  
e’tiqod  manbayi  bo‘lgan  buddizm  
dini  700  mln.dan ortiq 
e’tiqodchilarga ega. Uning 
maxayana, xinayana, lamaizm kabi 
mazhablari  bor.

Dunyo aholisining etnik va diniy tarkibi

• Aholining etnik tarkibi hududlarda yashovchi etnoslar (yunoncha etnos –«xalq») salmog‘idir. Etnoslar insonlarning tarixan shakllangan, yashash hududi, madaniyati, turmush tarzi bilan o‘zaro farq qiluvchi ijtimoiy guruhlar hisoblanadi. Ularning qabila , elat hamda millat ko‘rinishlari mavjud.

• Qabila kishilarning eng qadimiy oddiy ijtimoiy uyushmalari hisoblanadi. Ular hozirgi kunda, asosan, Amazoniya, Okeaniya, Afrikaning markaziy hududlarida saqlanib qolgan. Elat esa qabila va millat orasidagi etnik birlik bo‘lib, kam sonli etnoslardan iboratdir. Elatlar, asosan, Osiyo va Afrika davlatlarida mavjud.