logo

Gidrosferaning tarkibi. Dunyo okeani

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

47446.825195312 KB
Mavzu: Gidrosferaning tarkibi. 
Dunyo okeani O‘RGANAMIZ
Gidrosferaning 
tarkibiy qismlari Dunyo okeani va 
okean tagi relyefiSuvning tabiatda 
aylanishi Yer qobiqlari Gidrosfera-Yerning suv qobig‘i
Gidrosfera - 
yunoncha 
“hydro” — suv, 
“sphaira” —  shar  
degan ma’nolarni 
bildiradi. Gidrosfera qismlari
Gidrosfera, asosan, ikki qismdan iborat. Gidrosfera – Yerning suv qobig‘i
Okean va 
dengizlarAtmosferadagi 
suv bug‘lari
Quruqlikdagi suvlar Gidrosferada suv uch xil holatda uchraydi
BUG‘ 
QATTIQ (MUZ) SUYUQ Okean suvlari
Gidrosferadagi 
suvning asosiy 
qismi okeanlarda 
yig‘ilgan. 
96,5 % Dunyo okeani
          Biroq  bu  suv  juda  sho‘r  bo‘lganligi  uchun  undan  ichishga  ham,
ekinlarni  sug‘orishga  ham  foydalanib  bo‘lmaydi.  Quruqlikdagi  suvning
deyarli yarmi sovuq o‘lkalardagi muzliklarda to‘plangan.   Muzliklar
        Muzliklar  suvi  chuchuk,  toza 
suv,  lekin  odamlar  yashaydigan 
joylardan uzoqda bo‘lganligidan 
foydalanish qiyin. 
          Issiq  o‘lkalarning  baland 
tog‘laridagi  muzliklar  yozda 
daryolarga suv berib turadi. Muzliklar
        Tog‘  muzliklari  tog‘larning 
baland  cho‘qqilarida  hosil 
bo‘ladi.        Muzliklarning  99%i  qutbiy 
o‘lkalarda,  qoplama  holatida 
joylashgan  (Antarktida, Arktika,   
Grenlandiya).    Quruqlikdagi  suvlar
Daryolar
Ko‘llar Botqoqliklar
Muzliklar Yerosti 
suvlari      Yer osti suvlari
        Yer  osti  suvlari  taxminan  muzlik  suvlaricha  bo‘lsa  ham,  ularning
sifati har xil. Sho‘r yer osti suvlari ham ko‘p.  Yer usti suvlari
        Yer  usti  suvlari  –  daryo  va  ko‘llarda  to‘plangan.  Ularda  suv  kam.
Lekin  suv  aylanib  kelaverganidan  insoniyat  foydalanishi  uchun  eng
qulay.  Yer  usti  suvlari  Yer  yuzida  juda  notekis  taqsimlangan.  Havodagi
suv bug‘lari Yer yuziga yog‘adigan yog‘inlar manbayidir. Suvning aylanma harakati
     Dunyoda suv to‘xtovsiz 
aylanma  harakatda 
bo‘ladi.  Quyosh  nuri
okeanlardan  juda  ko‘p 
suvni  bug‘latadi.  Bug‘ning 
bir  qismi  okeanlarga 
yog‘in bo‘lib yog‘adi. 
        Bir  qismini  shamol  quruqliklarga  olib  ketadi  va  u  yerlarda  yog‘in  bo‘lib 
yerga  tushadi.  Bu  suv  daryolarga  tushib  oqadi  va  yana  okeanlarga 
quyiladi.  Suvning tabiatda aylanishi
        Suvning  okeanlardan  havo 
orqali  quruqliklarga  va 
quruqlikdan  daryolar  orqali  yana 
okeanlarga  qaytib  keladigan 
to‘xtovsiz  harakati  suvning 
tabiatda aylanishi  deyiladi. Suvning tabiatda aylanishi
        Suvning  bunday  aylanib  turishining  ahamiyati  juda  katta.  Quruqlikda 
yog‘in  yog‘may  qo‘ysa  nima  bo‘lardi?  Quruqlikdagi  hamma  suv
bug‘lanib ketib, o‘simliklar qurirdi, hayvonlar qirilib ketardi.  Suvning tabiatda aylanishi
Hamma joy qurib, qaqshab yotgan cho‘lga aylanar edi. Okeanlar
   Dunyoda okeanlar 4 ta: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanlari. 
Ularning hammasi birgalikda  Dunyo okeani  deb ataladi. Dunyo okeani Tinch okean
        Tinch  okean  eng  katta  va  eng  chuqur  okean.  Maydoni  butun
quruqlik maydonidan katta.
Maydoni 180 mln km 2
.  Eng chuqur joyi-
Mariana botig‘i
11022 metr Atlantika okeani
     Atlantika okeani  kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadi. 
Maydoni 91 mln km 2
. 
Eng chuqur joyi -  
Puerto-Riko botig‘i
8742 metr Hind okeani
    Hind okeani  maydonining kattaligiga ko‘ra uchinchi o‘rinda turadi. 
Maydoni 76 mln km 2
. 
Eng chuqur joyi -  
Zond botig‘i
7729 metr Shimoliy Muz okeani 
Shimoliy  Muz  okeani  eng  kichik  okean.  Bu  okean  Shimoliy  qutb 
atrofida  joylashgani  tufayli  eng  sovuq  okean  hisoblanadi.  Ko‘p  qismi 
doimo muz bilan qoplanib yotadi.
Maydoni 14 mln km 2
.  Eng chuqur joyi-  
5527 metr Dengizlar
Dengizlar  okeanlarning  kichik  qismlari  bo‘lib,  ulardan  yarimorollar, 
orollar  va  suv  osti  qirlari  bilan  ajralib  turadi.  Quruqliklarning  chekkasiga 
tutashgan dengizlar  chekka dengizlar  deyiladi.  Chekka dengizlar
Masalan,  Hind  okeanidagi  Arabiston  dengizi,  Tinch 
okeandagi Bering dengizi. 
Arabiston 
dengizi Bering 
dengizi Lekin  ayrim  dengizlar  quruqlikning  ichiga  ancha  kirib  borib,  okeanlar  bilan 
bo‘g‘izlar orqali tutashgan. Bunday dengizlar  ichki dengizlar  deb ataladi. 
O‘rta dengiz, Qizil dengiz, Qora dengiz  ichki dengizlardir.Ichki dengizlar
O‘rta dengiz Qora dengizQizil dengiz Qo‘ltiqlar
Qo‘ltiq  deb
okean, dengiz va 
ko‘llarning quruqlik 
ichkarisiga kirib borgan 
kichik va sayoz 
qismlariga aytiladi. Hind 
okeanining  Bengaliya 
va Fors qo‘ltiqlari , 
Atlantika okeanining 
Biskay qo‘ltig‘i  bor. Qo‘ltiqlar Bo‘gizlar
Okean, dengiz va 
ko‘llarning ikkita katta 
qismini tutashtirib 
turadigan suvli tor 
yo‘lakka  bo‘g‘iz 
deyiladi. 
Masalan, Gibraltar 
bo‘g‘izi Atlantika 
okeanini O‘rtayer 
dengiz bilan tutashtirib 
turadi.  Okeanlar tagi relyefi
       Okeanlar tagi ham quruqliklar yuzasi kabi notekis. 
       Okeanlarning materiklarga tutashgan chekka qismlarida quruqlikning 
suv tagidagi davomi –  materik sayozligi , ya’ni  shelf  joylashgan. 
     Uning chuqurligi 200 m dan oshmaydi. Kengligi har xil.  Okeanlar tagi relyefi
200  metrdan  2500–3000  metr  chuqurlikkacha  bo‘lgan  joylar  materik 
yonbag‘ri  deyiladi.  Undan  chuqurda  okean  tagi  boshlanadi.  Okean 
tagida  keng  tekisliklar,  tog‘lar,  juda  chuqur  botiqlar  mavjud.  Suv  osti  tog‘ 
tizmalari minglab kilometrga cho‘zilgan.  Okean osti foydali qazilmalari
Materik sayozliklari 
foydali qazilmalarga, 
ayniqsa, neft va 
gazga boy bo‘ladi. Exolot asbobi
Dengiz  va  okeanlarning  chuqurligi  exolot  deb  ataladigan  asbob  bilan 
o‘lchanadi.  Bunda  okean  yoki  dengiz  tubiga  qarab  exolotdan  tovush
to‘lqini  yuboriladi.  Tovush  to‘lqinining  okean  yoki  dengiz  tubiga  yetib
borib, qaytib kelishiga ketgan vaqt asosida suv havzalarining chuqurliklari 
aniqlanadi. 
Suvda tovush 
to‘lqini 
1 sekundda 
1500 m  tezlik 
bilan tarqaladi.  Okean chuqurligini aniqlash
Okeanning chuqurligi 3000 m 4 sekund 
4 sekund : 2 = 2 sekund 
2 x 1500 m = 3000 m Xulosa

Mavzu: Gidrosferaning tarkibi. Dunyo okeani

O‘RGANAMIZ Gidrosferaning tarkibiy qismlari Dunyo okeani va okean tagi relyefiSuvning tabiatda aylanishi

Yer qobiqlari

Gidrosfera-Yerning suv qobig‘i Gidrosfera - yunoncha “hydro” — suv, “sphaira” — shar degan ma’nolarni bildiradi.

Gidrosfera qismlari Gidrosfera, asosan, ikki qismdan iborat.