logo

Kichik oilaning katta orzusi Ertak

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1694 KB
    
Kichik oilaning katta orzusiKichik oilaning katta orzusi
    Ertak    Ertak Bir bor ekan ,bir yo'q ekan bir 
oila bor ekan. Oila 5 kishidan 
iborat bo'lib, ota-ona va 3 nafar 
farzandlari bo'lgan ekan.  • Oilaning kattasi, oila boshlig'i 
bo'lib, u kishining ismi  Kesim  
ekan. Mushtipar onaning ismi esa  Ega  
ekan Farzandlarining 2 nafari o'g'il va 
bittasi qiz bo'lib, ularning kattasi 
To'ldiruvchi o'rtanchasining ismi 
Aniqlovchi , kenjasi, qizaloqning ismi  Hol  ekan  .         Hamma oila a'zolarining 
uyda o'z vazifalari bor ekan. 
Kesim  ota esa ularni doimo 
nazorat qilar ,doimo savollar 
berib, turmush o'rtog'iga, 
farzandlariga  murojaat etib turar 
ekan.Bir kuni u ishdan 
horib,charchab kelibdi. 
Farzandlarining salomiga alik 
olarkan: 
      -Onasi, nima   ovqat qilgansan?-
deya ishtaha bilan so'rabdi  Kesim .
      - 	
Osh ,dadasi,-debdi  Ega.
      Kesim aslida oiladagilardan eng  
avval Egaga murojaat qilar,  Ega 
ham Kesimning 	
            	kim?,nima?,	
       	qayer?	 
      savollariga erinmay javob 
qaytarar ekan. Ovqatlanib olgach ,
      To'ldiruvchiga      :
     -  Nima qilyapsan?- deb so'rabdi.
     -  
Ekinni sug'oryapman	  -deb javob 
beribdi.Bu javobni eshitmay qolgan 
ota yana:
     - 	
Nimani 	?- desa , To'ldiruvchi  :
     - 	
Ekkinni , otajon,-deb javob qilibdi.
      Otasi bundan juda xursand bo'libdi. 
To'ldiruvchi  Aniqlovchi  va  Holdan 
ko'ra  Kesimning
      
kimni?, nimani? kimga?, 
nimaga?,kimda?,nimada?
,kimdan?,nimadan?,kim 
bilan?,nima bilan?	 
      so'roqlariga aniq javob berar ekan.      Kesim  hovlinig burchagida oynab 
o'tirgan qizalog'iga qarab kulib 
qo'yibdi-da,so'rabdi:
     - Ona qizim nima qilyapti?
     - Mazza qilib oynayapman ,- erkalanib 
javob beribdi  Hol.
     - Qanday qilib	  oynayapsan?- atayin 
yana so'radi Kesim.
      - 	
Mazza qilib ,- boshini bir tomonga 
egib ,maqtanganday javob berar 
ekan ,otasini o'pib olibdi va oshxonaga 
sakrab-sakrab ketibdi.Hol doimo 
otasiga erkalanar, Kesimning 	
   	qanday?,qanaqa?qancha?	
   	nechta?qayerga?qachon?	 
savollariga shunday javob berar ekan.      -Onasi, Aniqlovchi  nima qilyapti?- so'rabdi 
Egadan  .
     Aniqlovchi  juda qiziquvchan bola bo'lib , goh 
musaffo osmonni,goh yam-yashil bog'larni 
kuzatar,tabiatning  beqiyos boyligidan 
hayratlanar ekan.
      Hovliga qolida sochiqqa o'ralgan narsa bilan 
chopqillab  Aniqlovchi  kiribdi. Ega:
      -  U nima?-  so'rabdi  Aniqlovchidan  .
      -  Jizzali non-  javob beribdi uni onasiga 
uzatarkan   Aniqlovchi.
      - Kimning  noni?-  yana so'rabdi onasi.
      - 
Qo'shnimizning ,
     Aniqlovchining  qiziquvchanligidan foydalanib 
Kesim  ham, Ega  ham, To'ldiruvchi  va hatto 
Hol  ham unga 
         
qanday?,qanaqa?,kimning?,	
      	nimaning?	 
     kabi savollarini kanda qilishmas ,Aniqlovchi  
ham bilganlari bo'yicha javob berar ekan .  Oilada ezmalikni hech kim yoqtirmas,har kim o'ziga 
berilgan savolga lo'nda va aniq qilib javob qaytarishga 
odatlanishgan,bir-birlarini darrov tushunib olishga o'rganishgan  
ekan. Kesim  oilada doimo yakunlovchi fikrni bildirar ekan .Hamma 
uning fikrini va oxirgi gapini hurmat qilishga o’rgangan ekan.Ba’zan 
Kesim  faqat o’zi bir gap bilan fikr bildirib turar,oila a’zolari bunga 
e’tiroz bildirmas ekanlar.
Kesim  ota sifatida oila a'zolarining do'stlarini kim ekanini 
surishtirib turar ekan. 
      Xotini  Eganing       Ot va Olmosh  ,  Sifat va Son ,  
      To'ldiruvchining     Fe'l,    
      Holning   ham          Fe'l,  
      Aniqlovchining        Sifat  kabi oilalardan do'stlari borligini bilar ekan 
va 
      Kesimning      o'zi   ham  Fe'l   degan oila bilan do'stligi   bor ekan. Bu oilaning ibratli jihatlari ko'p bo'lib,unda 
otaning orni kattaligini sezgan bo'lsangiz kerak? 
Kesimning   katta orzu- niyati bor bo'lib,  u ham 
bo'lsa,  oilasini hamma tanishini ,   Vatanga ,insonlarga 
sidqidildan xizmatda bo'lishini istar ekan . Ularni 
Gapda so'roqlaridan topishingizni istab ,  oilasida 
an'anaga aylanib qolgan imzo bilan topganlaringizni 
ajratib ko'rsatishingizni  xohlashar ekan.
Kesim  ikki chiziqdan
     Ega  bir chiziqdan
     To'ldiruvchi  uzuq chiziqlardan
      Aniqlovchi  to'lqinli  
     Hol  esa hali kichkina bo'lgani uchun        
nuqtalardan   iborat chiziqdan foydalanar ekanlar.   Qani bolajonlar ,har kuni,har daqiqa 
Kesimning  oilasidagilarni uchratishni 
istasangiz,ularni so'roqlari yordamida 
toping va tagiga o'zlari tavsiya qilgan imzo 
bilan chizing?!   Bu bilan ularning orzularini 
ro'yobga chiqishiga katta yordam qilgan 
bo'lasiz! Shu bilan ertagimiz tamom Shu bilan ertagimiz tamom 
bo’ldibo’ldi
Ko’rganlar murodiga yetsin,Ko’rganlar murodiga yetsin,
uni amalda bajarganlaruni amalda bajarganlar
      
esa maqsadiga erishsinlaresa maqsadiga erishsinlar

Kichik oilaning katta orzusiKichik oilaning katta orzusi Ertak Ertak

Bir bor ekan ,bir yo'q ekan bir oila bor ekan. Oila 5 kishidan iborat bo'lib, ota-ona va 3 nafar farzandlari bo'lgan ekan. •

Oilaning kattasi, oila boshlig'i bo'lib, u kishining ismi Kesim ekan.

Mushtipar onaning ismi esa Ega ekan

Farzandlarining 2 nafari o'g'il va bittasi qiz bo'lib, ularning kattasi To'ldiruvchi