logo

Ko‘l va muzliklar. Yer osti suvlari

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

21835.11328125 KB
Mavzu:  Ko‘l va 
muzliklar. Yer 
osti suvlari   Bilasizmi?
?
? ?
?1
2 3
4  To‘g‘ri javob:    Ko‘llar
      Quruqlik  yuzasida  yer  usti  va  yer  osti  suvlari  oqib 
tushadigan  chuqurliklar  ko‘p.  Ana  shunday  tabiiy 
chuqurliklarda to‘planib qolgan suvga  ko‘l   deyiladi.      Ko‘llar
     Ko‘llar dengizlardan nimasi bilan farq qiladi?
        Ko‘llar  dengizlardan  farq  qilib,  okeanlar  bilan 
tutashmagan bo‘ladi.  Ko‘llar
     Ko‘llar daryolardan nimasi bilan farq qiladi?
     Ko‘llarda suv daryolardagi kabi oqmaydi.  Ko‘l o‘rnining hosil bo‘lishiga ko‘ra turlari
Qoldiq ko‘llar
Tektonik 
ko‘llar O‘zan ko‘llar
To‘g‘on ko‘llar Ko‘llar
Vulkanik 
ko‘llar Morena ko‘llar  Ko‘l turlari
Suv rejimiga 
ko‘ra  Chuqurligiga 
ko‘raKo‘llar
Kattaligiga 
ko‘ra Sho‘rligiga 
ko‘raO
q
a
r
 k
o
‘lla
r	
O
q
m
a
s
 k
o
‘lla
r	
S
h
o
‘r
 k
o
‘l	
C
h
u
c
h
u
k
 k
o
‘l  Kaspiy ko‘li
   Yer yuzida ko‘llar juda ko‘p. Eng katta ko‘l Kaspiy ko‘li. 
Uning maydoni 376 ming kv km ni tashkil qiladi.   Baykal ko‘li
Yer yuzidagi eng chuqur ko‘l - Baykal. Chuqurligi 1620 m.   Orol ko‘li
    O‘rta Osiyodagi eng katta ko‘llardan biri Orol dengizi edi. 
Hozirgi  vaqtda  Orol  dengizi  suvi  qurib,  maydoni  juda 
kichrayib qolgan.   Tektonik ko‘llar
        Ko‘l  suvi  to‘ldirgan 
chuqurliklar  har  xil  yo‘l  bilan, 
ko‘pincha  Yer  po‘stining  asta-
sekin  pasayishidan  hosil 
bo‘ladi.  Yer  po‘stining 
yorilishidan  ham  ko‘pincha 
uzun  cho‘zilgan  chuqurliklar 
vujudga keladi. 
    Bunday chuqurliklar suvga to‘lib hosil bo‘lgan ko‘llar 
tektonik ko‘llar  deyiladi.   Tektonik ko‘llar
Issiqko‘l va Baykal ko‘llari tektonik ko‘llardir.  To‘g‘on ko‘llar
        Tog‘  daryolari  vodiylarida  chuqur  to‘g‘on  ko‘llari 
uchraydi.  Ular  tog‘lar  qulab,  vodiyni  to‘sib  qolishidan 
vujudga  keladi.  Pomir  tog‘laridagi  Sarez  ko‘li  shunday 
hosil bo‘lgan.   O‘zan ko‘llar
      Tekislikdagi  daryolar  ilonizi  o‘zanlarda  oqadigan 
joylarda  eski,  qoldiq  o‘zanlar  suvga  to‘lib  qolib,  o‘zan 
ko‘llar  paydo bo‘ladi.  Ko‘llar
        Agar  ko‘llarga  daryolar  quyilsa-yu  bironta  ham  daryo 
oqib chiqmasa, bunday ko‘l  oqmas ko‘l  deyiladi.
  Kaspiy, Orol ko‘llari shunday ko‘llar. 
Agar ko‘llardan daryo oqib chiqsa, u  oqar ko‘l  deyiladi.   Baykal ko‘li
      Baykal  ko‘liga  300  dan  ortiq  daryo  quyiladi  va  undan 
bitta katta daryo – Angara daryosi oqib chiqadi. 
Baykal – oqar ko‘l.   Oqmas ko‘llar
        Odatda  iqlimi  issiq  o‘lkalardagi  oqmas  ko‘llar  suvi 
sho‘r  bo‘ladi.  Chunki  qo‘shilgan  suv  bug‘lanib  ketib, 
suvda erigan tuzlar qoladi.   O‘lik dengiz
    Dunyodagi eng sho‘r ko‘l Arabiston yarimorolidagi O‘lik 
dengiz. Uning 1 litr suvida 270 grammgacha tuz bor.  Ko‘llar
        Ko‘llardan  inson  turli 
maqsadlarda  foydalanadi.   
      Sho‘r  ko‘llardan  tuz 
olinadi,  sho‘r  suv  va 
balchiq  ayrim  kasalliklarni 
davolashda qo‘llaniladi.
      Chuchuk  ko‘llardan  baliqchilik,  parrandachilikni 
rivojlantirishda,  toza  suvidan  aholi  va  xo‘jaliklarni  suv 
bilan ta’minlashda foydalaniladi.  Suv omborlari
        Insonlar  sun’iy  ko‘llar  –  suv    omborlari ni  ham  barpo 
etishadi.  Ular,  asosan,  daryolar  suvini  tartibga  solish  va 
elektr energiyasi olish uchun quriladi.    Muzliklar
    Quruqlikda qor to‘planib, 
hosil  bo‘lgan  ko‘p  yillik 
muzlar  muzliklar  deyiladi. 
Ular  daryo  va  ko‘llarni 
qoplab  yotgan  muzlardan 
farq qiladi. 
        Sovuq  o‘lkalarda  va  baland  tog‘larda  yog‘gan  qor  erib 
ulgurmay  to‘planadi  va  zichlashib  muzga  aylanadi.  Tyanshan  va 
Pomir tog‘laridagi muzliklar 3500 m dan balandda hosil bo‘ladi.   Qor chizig‘i
      Qor  yig‘iladigan  va  muzlik  hosil 
bo‘ladigan  balandlikning  quyi 
chegarasi  qor chizig‘i  deyiladi.  
      Qor  chizig‘i  qutbiy  o‘lkalarda 
dengiz sathigacha pasayadi.
      Qutbiy  o‘lkalarda  -  Antarktida 
materigi  va  Shimoliy  Muz 
okeanidagi  orollarda  dengiz 
bo‘yidagi  yerlar  ham  muzlik  bilan 
qoplanib yotadi.  Muzliklar
          Sovuq  o‘lkalarda  muzliklar  butun  yer  yuzasini  qoplab 
yotadi.  Antarktida  materigi,  dunyodagi  eng  katta  orol  - 
Grenlandiya  shunday  muzliklar  bilan  qoplangan.  Muzning 
qalinligi esa 4 ming metrga yetadi.   Muzliklar
          Muzliklar  ham  asta-
sekin  siljib  borib,  dengiz 
va
okeanlar  bo‘yiga  kelib 
qoladi.  Bunda  muzlik 
yorilib,  bo‘linib,  suvga 
tushadi  va  suvda  suzib 
yuruvchi  katta  muz 
tog‘larini  hosil  qiladi.  Bular 
aysberglar  deyiladi.   Aysberglar
Aysberg   so‘zi 
gollandcha “iys” - 
muz, nemischa 
“berg” - tog‘ 
degan ma’nolarni 
bildiradi.   Aysberglar
    Ba’zi  aysberglar  juda 
katta bo‘ladi.
      Aysbergning  katta 
qismi suv tagida bo‘ladi. 
      Aysberglar  dengiz  va 
okeanlardagi  kemalar 
qatnovi  uchun  juda 
xavfli. Uzunligi 170 km 
Eni 45 km  Qalinligi 200 km   Yer osti suvlari
    Yer po‘sti yuza qismidagi tog‘ 
jinslarining  g‘ovak,  bo‘shliq  va 
yoriqlaridagi  suvlar  yer  osti 
suvlari  deyiladi. 
        Yer  osti  suvlari  hosil  bo‘lishi 
uchun  quruqlikka  yetarli 
miqdorda  yog‘in  yog‘ib  turishi 
va  yuzadagi  tog‘  jinslari  suvni 
chuqurga  o‘tkazib  yuboradigan 
darajada g‘ovak bo‘lishi zarur.   Yer osti suvlari
      Suvning  yerga  tez  yoki  sekin  shimilishi  tog‘  jinslarining 
g‘ovaklik  darajasiga  bog‘liq.  Masalan,  shag‘al,  qum  suvni 
yaxshi  o‘tkazadi.  Shuning  uchun  shag‘al,  qum  suvni 
o‘tkazuvchi  jinslar  deyiladi.  Granit,  ohaktosh,  qumtosh, 
gil  singari  jinslar  suvni  yaxshi  o‘tkazmaydi.  Shunga  ko‘ra 
ular  suvni o‘tkazmaydigan jinslar  deb ataladi.   Yer osti suvlari
      Yer  po‘stining  yuza 
qismidagi  tog‘  jinslari 
qatlam-qatlam  bo‘lib 
yotganligidan  yer  osti 
suvlari  ham  qatlamlar  hosil 
qiladi.  G‘ovakliklarida  suv 
bo‘lgan  qatlamlar  suvli 
qatlamlar  deyiladi.
      Yer osti suvlari
    Ikkita  suv  o‘tkazmaydigan 
qatlam  orasida  joylashgan 
suv  qatlamlar  orasidagi 
suv  deb  ataladi.  Bu 
qatlamga  suv  mazkur 
qatlam  yer  yuzasiga 
chiqqan joylardan kiradi.   Yer osti suvlari
        Agar  tog‘  jinslari  qatlamlari 
tovoq  shaklida  bo‘lsa,  yer  osti 
suvlari bosimli bo‘ladi. Bunday 
joylarda  burg‘  qudug‘idan  suv 
o‘zi oqib, ba’zan otilib chiqadi. 
Bunday  quduqlar  artezian 
quduqlar  deyiladi. 
A – Grunt suvli qatlam.
B – Qatlamlar orasidagi bosimli 
suvli qatlam.  Yer osti suvlari
A – Grunt suvli qatlam.
B – Qatlamlar orasidagi bosimli 
suvli qatlam.     Yer  yuzasidagi  g‘ovak  jinslar 
orasidagi  suvlar  grunt  suvi 
deb ataladi. 
        Grunt  suvlari  sathi  qish  va 
bahorda  qor  erib,  yomg‘ir  ko‘p 
yog‘ib  turganligi  sababli  yuqori 
bo‘ladi.  Yozda,  kuz  boshida 
esa pasayib qoladi.  Yer osti suvlari
      Grunt  suvlari  tog‘ 
jinslaridagi  g‘ovaklar 
orqali  past  tomonga 
asta-sekin  oqadi.  Ular 
jarlarda,  daryo 
vodiylarida,  pastliklarda 
yer  yuzasiga  chiqib, 
buloqlarni hosil qiladi.   Yer osti suvlari
     Hozirgi vaqtda, qishloqlarda, 
ayniqsa,  cho‘llarda  juda  ko‘p 
artezian  (burg‘)  quduqlar 
qazilgan.  Ularning  suvi  aholi, 
sanoat  korxonalari  va  qishloq 
xo‘jaliklari  ehtiyojlariga 
sarflanadi.   Mineral suvlar
      Yerning  chuqur  qatlamlaridagi  yer  osti  suvlari  harorati 
yuqori  va  tarkibida  turli  tuzlar  hamda  minerallar  erigan 
bo‘ladi. Ular  mineral suvlar  deyiladi.   Mineral suvlar
      Mineral  suvlardan  turli  kasalliklarni  davolash  uchun 
foydalaniladi. Ko‘plab davolanish va dam olish maskanlari 
aynan  shunday  buloqlar  yoniga  quriladi.  O‘zbekistonda 
shifobaxsh  suvlar  ko‘p.  Masalan,  Toshkent,  Chimyon, 
Chortoq mineral suvlari.  G‘aroyib ko‘llar
    Besh  rangli  ko‘lni  mineral 
tuzlar  va  suv  o‘tlari   
mo‘jizakor  ravishda 
bezagan.  Uning  rangi  vaqti-
vaqti  bilan  sariqdan  to‘q 
yashilgacha  o‘zgaradi.  Biroq 
ko‘l  asosan  ko‘k-olmos 
rangda  bo‘ladi.  Ko‘lning  suvi 
kamaymaydi  va  qishda 
muzlamaydi.  Xitoyda 
joylashgan bu ko‘lni mahalliy 
aholi sehrli deb hisoblaydi.  G‘aroyib ko‘llar
    Pushti  ko‘l  yoki  Retba  ko‘li 
Senegalda  joylashgan.  Bunday 
rang  suvdagi  ko‘p  sonli 
bakteriyalar  tufayli  yuzaga 
kelgan.  Quyosh  nurini  yutgan 
mikroorganizmlar suvning rangini 
o‘zgartiruvchi  pigmentlar  ishlab 
chiqaradi.  Ko‘lda  boshqa  organik 
hayot mavjud emas. Tuz suvning 
tarkibida  40  foizni  tashkil  qiladi. 
Qariyb  50  yildan  buyon  ko‘l 
havzasidan tuz qazib olinadi.  G‘aroyib ko‘llar
              Kelimutu  ko‘li 
Indoneziyaning  Flores 
orolidagi  Kelimutu 
vulqonining  uchta 
kraterida  joylashgan. 
Ko‘llar  nafaqat  turli 
rangda,  balki  ularning 
rangi  o‘zgarishi  mumkin. 
Ko‘lning  rangi  suv 
tarkibidagi  mineral 
moddalarga bog‘liq.   Xulosa
Ko‘l  -  tabiiy  chuqurlikda 
to‘plangan suv havzasi. Muzliklar  –  quruqlikda  qor 
to‘planib, hosil bo‘lgan ko‘p 
yillik muzlar.

Mavzu: Ko‘l va muzliklar. Yer osti suvlari

Bilasizmi? ? ? ? ?1 2 3 4

To‘g‘ri javob:

Ko‘llar Quruqlik yuzasida yer usti va yer osti suvlari oqib tushadigan chuqurliklar ko‘p. Ana shunday tabiiy chuqurliklarda to‘planib qolgan suvga ko‘l deyiladi.