Koshi tipidagi integrallarning ba'zi bir xossalari
MATEMATIK ANALIZ KAFEDRASI MAVZU: Koshi tipidagi integrallarning ba'zi bir xossalari ILMIY RAHBAR: dots. R. Mardiyev BAJARUVCHI: T. Islomov
Mavzuning dolzarbligi : Koshi tipidagi integrallarning ba’zi xossalarini o’rganish analitik funksiyalarning chegaraviy masalalarini yechishda muxim rol o’ynaydi. Bundan tashqari integral tenglamalar va gidrodinamikaning ko’pgina masalalarini yechishda qo’llaniladi. Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi : Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, ikkita bob, xulosa va 8 nomdagi foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Bitiruv ishi 40 matnli sahifadan tashkil topgan. Har bir paragraf o‘zining nomerlanishi va belgilanishiga ega. 1.1.1-teorema yozuvi bu teoremaning 1-bobda 1-paragrafning 1-teoremasi tartib bilan yoki (2.2.2) yozuv formulaning 2-bobda 2- paragrafning 2-formulasini tartib bilan belgilanishini anglatadi.
Bitiruv ishining asosiy mazmuni. Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikkita bob va xulosadan iborat bo‘lib, I bob k oshi tipidagi integrallar haqida tushuncha va uning ba'zi xossalarini o rganishga ʻ bag ishlangan bo lib, ʻ ʻ 1.1§-da Koshi tipidagi integralning ta’rifi o‘rganilgan, 1.2§- da Go'lder shartini qanoatlantiruvchi funksiyalar sinfi o rganilgan, ʻ 1. 3 §-da Koshi tipidagi integralning bosh qiymati II – bobda Koshi tipidagi integrallarning Go'lder fazolarida chiziqning chetki nuqtalari va zichlikning uzilish nuqtalari atrofidagi xususiyati o’rganishga bag ishlangan bo lib 2.1- ʻ ʻ § da Koshi tipidagi integralning limitik qiymati va limitik qiymatlarining xossalari qaralgan , 2. 2 - § da Haqiqiy o‘q bo‘yicha olingan Koshi tipidagi integral. Koshi formulasi keltirilgan, 2. 3 - § da esa Koshi tipidagi integralning konturning chetki nuqtalari atrofidagi xususiyati o’rganilgan .