Kurashning qoidalarining rivojlanish tarixi
Kurashning qoidalarining rivojlanish tarixi Sport kurashining paydo bo‘lishi va rivojlanishi1 Kurashning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi 2 Reja: Mustaqillik kurashning istiqbolini belgilab berdi3 Foydalanilgan adabiyot
Sport kurashining paydo bo‘lishi va rivojlanishi Sport kurashi eng qadimgi sport turlaridan biri bo‘lib, juda qiziqarli va yorqin tarixga ega. Qadimgi inson ko‘p ming yillar davomida instinktli hujum va himoyalanish harakatlaridan to zamonaviy kurash turlari usullariga yaqin bo‘lgan koordinatsiyalashgan harakatlargacha qiyin yo‘lni bosib o‘tgan.0 ‘troq hayot boshlanishi bilan xalqlaming jismoniy tarbiyasida jangovar tayyorgarlikka xos bo‘lgan va, birinchi navbatda, har xil yakkakurash turlari oldingi qatorga qo‘yilgan. Qadimgi insonning munta-zam yashash joylarida ov qilish sahnalari bilan bir qatorda kurashayot-gan kishilaming tasviri paydo bo‘la boshladi. Misr ehromlari devorlarida ko‘rinishiga qaraganda mukammal texnikaga ega bo‘lgan kurashchilaming tasvirlari topilgan. Taxminan eramizdan awalgi 2800-yilda tayyorlangan bronzali haykal belbog‘li kurashning eng qadimgi yodgorligi hisoblanadi. Uning asosida raqibni chirmab olishning og‘riq beruvchi usul yotadi. Sport kurashining paydo bo‘lishi va rivojlanishi1
Qadimgi Hindistonda har xil yakkakurash turlari keng tarqalgan. Mahalliy aholi sog‘lomlashtirish gimnastikasi, raqs vaqurolsiz o‘z-o‘zi-ni himoya qilish sohasida qimmatbaho an’analami ehtiyotlik bilan saqlab kelgan. Qadimiy hind qo‘lyozmalarida bellashuv va yakkakurashning shunday shakllari haqida ta’kidlanadiki, bunday bellashuvlaming uslubi raqibga qo‘l yoki oyoq bilan qulatuvchi qattiq zarba berish, shuningdek bo‘g‘ish usullarini qo‘llash bilan tavsiflanadi.Qadimgi Xitoyda jismoniy tarbiyaning birinchi paydo bo’Lishi e.a. 3 ming yillikning boshiga to‘g‘ri keladi. Shuni ta’kidlash muhimki, Qadimgi Xitoy jamiyati, o‘sha davming falsafiy qarashlariga asoslanib, o‘sib kelayotgan avlodning axloqiy tarbiyasiga, yoshlaming irodasi hamda xarakterini shakllantirishga katta e’tibor qaratgan. Agar bellashuv jarayonida biron-bir kurashchi qo‘-pollik qilsa yoki qoida buzsa,unda hakamlar va tomoshabinlar bu kurashchini “syao szan” deb qoralaganlar. Bu so‘z jamiyatning yuqori darajada nafratlanishini anglatadi.
Hamma davrlar hamda xalqlaming dostonlari kurashning jismo-niy tarbiyaning muhim elementi, jismoniy mashqlaming eng ommabop xalq turlari sifatida keng tarqalganligi to‘g‘risida guvohlik beradi.Jismoniy tarbiya va kurashning rivojlanishida Qadimgi Yunoniston alohida o‘rin tutadi. Eramizdan awalgi IX- VIII asrlarda Qadimgi Yunonistonda jismoniy tarbiya tizimi yaratildi va u hozircha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Maxsus maktablarda tajribali o‘qituvchilar kurash, shuningdek qisqa masofalarga yugurish, uzunlikka sakrash, nayza va disk uloqtirishlardan tashkil topgan dastur bo‘yicha bolalar tayyorgarligiga alohida e’tibor berganlar. Shu bilan birga shug‘ullanuvchilar qo‘l jangini olib borish, toshlar uloqtirish malakasini egallab borganlar.Qadimgi Yunonistondagi kurash texnikasi va uning rivojlanishi to‘g‘risida ko‘p sonli haykallar, amforalar hamdavazalardagi tasvirlar, qadimiy shoirlar asarlari, tarixchilar, faylasuflar - Gomer, Pindar, Platon va boshq. ishlari guvohlik beradi. Masalan, Gomeming “Iliada” sida (eramizdan awalgi IX- VIII asrlarda) Ayaks va Odissey o‘rtasidagi bellashuv shunday bayon etiladi: “Kurashchilar belbog6larini taqib, maydon o‘rtasiga chiqdilar hamda qo‘llari bilan mahkam chirmashib, bir-birlarini o‘rab oldilar. Kuchli quchoqlashish ostida qahramonlaming gavdalari qirsilladi, zo‘riqdi va ulardan ter quyila boshladi. Kurashchilar gavdasidan qonlar sizib chiqa boshladi, lekin ular olishishni davom ettiraverdilar”.
Kurashning boshqa jismoniy mashqlar bilan bir qatorda san’atga tenglashtirilishi o‘sha davming o‘ziga xos xususiyati edi. Kurash bilan o‘sha davming yirik vakillari - olimlar, shoirlar, davlat arboblari, sarkardalar shug‘ullangan.Qadimgi Yunoniston Olimpiya o‘yinlari vataniga aylandi (eramizdan awalgi 766 y.). Birinchi Olimpiya o4yinlari dasturiga kurash mustaqil sport turi (eramizdan awalgi 708 y.), shuningdek maxsus beshkurashning tarkibiy qismi sifatida (eramizdan awalgi 708 y. dan boshlab) kiritilgan.0 ‘sha davrdagi ko‘pgina taniqli arboblar - matematik Pifagor, faylasuf Evripid va Platon, Pindar hamda boshqalar Olimpiya o‘yinlari gfcoliblari bo‘lishgan.Yunonlaming har tomonlama jismoniy tarbiyalash tizimi o‘mini Qadimgi Rimdagi aniq ifodalangan harbiy-jismoniy tarbiya egalladi. Bunda jangovar o‘yinlar va safdagi tayyogarlikka katta e’tibor qaratildi. Gladiatorlar jangi va jangovar aravachalarda musobaqalashish kabi tomoshabop o‘yinlar katta o‘rinni egallay boshladi.Yevropada feodalizmning gurkirashi davrida (XI- XV asrlar) ritsarlar jismoniy tarbiyasi tizimi paydo bo‘ldi. Har xil yakkakurash turlari (jumladan qurolsiz) uning ajralmas qismiga aylandi.