Suzishning rivojlanish tarixi va istiqbollari
Mavzu:Suzishning rivojlanish tarixi va istiqbollari.
Reja. 1.Suzishning rivojlanish tarixi. 2. O’zbekistonda suzish sportining kelib chiqishi. O’zbekistonda birinchi suzish havzalarining tashkil topishi.
Suzish bo‘yicha sport musobaqalari 1- Olimpiya o‘yinlarida (1896- yilda) Angliyada o‘tkazilgan. Shu paytdan boshlab suzish barcha olimpiada o‘yinlarining dasturidan munosib joy olib kelmoqda. Darhaqiqat, ilgari suzish bo‘yicha musobaqalar hozirgidek o‘tkazilmasdi. Musobaqalar ochiq havzalarda, anhorga o‘xshash joylarda o‘tkazilar, ammo suzish yo‘lakchalari, start tumbochkalari bo‘lmas edi. Suzishni bilgan odam chuqurlikdan qo‘rqmaydi, hatto xavfsiramay, bilmagan joydagi suvga ham tushib ketaveradi. Daryoning bir qirg‘og‘idan ikkinchi qirg‘og‘iga qanday o‘tish haqida o‘ylab ham o‘tirmaydi. Cho‘kayotgan odamga yordam bera oladi.
Suzishning yana bir foydali tomoni — u qon aylanish tizimi ish faoliyatini, nafas olishni yaxshilaydi, tana a’zolarining tekis rivojlanishiga yordam beradi, organizmning shamollashlarga qarshi chidamliligini oshiradi. Bulardan tashqari, kishilarning dam olishi va hordiq chiqarishlarida, kayfiyatini ko‘tarishda, ishchanlik faoliyatini oshirishda bundan yaxshi vosita yo‘q, desa ham bo‘ladi.
Suvda suzish mashqlari nerv faoliyatini rivojlantiribgina qolmay, balki jismoniy sifatlarning oshishiga ham katta yordam beradi. Masalan, 11 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yosh suzuvchi sportchilar ikki yil davomida muntazam tekshirilganda, ularda kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlari keskin darajada o‘sib borgani aniqlandi. Suzishning turlari juda ko‘p: amaliy, sinxron, suv ostida suzish, o‘yinli suzish va suvga sakrash.