LISONIY SINTAKTIK QOLIPLAR
LI SONI Y SI NTA K TI K QOLI PLA R LSQ t ushunchasi
Nutqiy sintaktik birlik sifatida nutqda qo'llanadigan, sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan, o'qish, yozish, aytish, eshitish mumkin bo'lgan so'z birikmasi va gap tushuniladi. Lisoniy sintaktik birlik esa so'z birikmasi va gap hosil qilish qolipi. Lisoniy sathga tegishli bo'lganligi uchun ularni lisoniy sintaktik qolip (qisqacha LSQ) deb ataymiz.
LSQ g'isht qolipiga o'xshaydi. Inson ongida ham so'zlash, nutqni shakllantirish maqsadida leksemalarni so'z birikmasi shakliga keltirish, gap hosil qilish qolipi mavjud. Ular LSQ, model, konstruksiya, qurilma deb nomlansa-da, aslida bir tushunchani ifodalaydi. Masalan, kitobni o'qimoq kabi cheksiz birikmani chiqaradigan [ot,tushum kelishigi+ fe’l] so'z birikmasi qolipi qanday nomlanmasin, uning mohiyatiga ta’sir qilmaydi.
Qolip va nutqiy hosila (so'z birikmasi va gap)lar dialektik birlikda. Qolip nutqiy hosilasiz o'lik va jonsiz, nutqiy hosila esa qolipsiz bo'lishi mumkin emas.
1. LSQning moddiylikdan xoliligi va nutqiy hosilaning moddiyligi. LSQ jamiyat a’zolari ongida mavjud bo'lib, kishilarning erkin birikma hosil qilish ko'nikmasi sifatida uzoq davr mobaynida shakllanadi. Deylik, biror tilni, masalan, ingliz tilini o'rganmoqchi bo'lgan kishi ongida bu tilga xos birikma tuzish ko'nikmasi — LSQ shakllanmagan bo'lsa, masalan, o'zbekcha kitob va o'qimoq so'zining ingliz tilidagi a book va to read muqobilini bilsa-da, birikma hosil qila olmaydi yoxud o ‘zbek tiliga xos [ot,ushum kelishigi + fe’l] qolipi asosida a book to read deya oladi, xolos. Ingliz tilida esa kitobni o'qimoq birikmasini hosil qiluvchi LSQ [to V+ the N] ko'rinishida bo'lib, undan to read the book, to write the letter kabi hosila paydo bo'ladi.