Muhammad Yusuf she’riyatining sintaktik xususiyati
Mavzu: Muhammad Yusuf she’riyatining sintaktik xususiyati Reja: 1. Muhammad Yusuf she’riyatida so’z tartibi. 2. Muhammad Yusuf she’riyatida uyushiq bo’laklarning uslubiy xususiyatlari. 3. Muhammad Yusuf she’riyatida undalmalarning ifodalanishi. 4. Muhammad Yusuf she’riyatida gap bo’laklari masalasi.
LOLAQIZG’ALDOQ
Shoirning so’zni tanlash bilan birga uni o’z o’rnida ishlatishi, gapni to’g’ri qurish va maxsus ohang bilan aytishi, tanlangan birikmaning mantiqiy asosligi, sodda va qo’shma gaplardan foydalanishdagi o’ziga xosliklari, inversiyani o’rinli hosil qilishi she’rning jozibasi va ta’sirchanligini tashkil qiladi .
Badiiy uslubda inversiya hodisasi erkin. Yozuvchi nimani va qanday ottenka bilan ifodalamoqchi bo’lsa, tuzilmani shunga muvofiq tuza beradi. Aktual bo’linishi ham, asosan, inversiya bilan bog’liq. Bu hodisani Muhammad Yusuf ning ayrim she’rlari misolida ko’rib o’tamiz.
Dunyo Menga boqib miyig’ida kulgan dunyo, Meni tuproq, o’zni osmon bilgan dunyo. Seni momom cho’miltirgan yuvib- tarab, Seni bobom tetapoya qilgan dunyo!.. Bu yerda ega va kesimning o’rni almashib kelishi inversiya hodisasini hosil qilgan.