Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf - diniy notiqlik vakili sifatida
Mavzu: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf - diniy notiqlik vakili sifatida.
Reja: 1. Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hayoti va ijodi. 2. Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf yozgan asarlar. 3. Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf – diniy notiqlik vakili sifatida.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali 1952- yilning 15-aprelida Andijon viloyatida tavvallud topgan. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf O‘zbekistonning va islom dunyosidagi eng mashhur olimlardan edi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf boshlang‘ich ta’limni otasidan olgan. Sovet o‘rta maktabini 1970-yilda to‘liq a’lo baholarga tugatgach Muhammad Sodiq Buxoro Mir Arab madrasasiga qabul qilinadi. Keyinchalik Toshkentdagi Oliy Islom insititutida tehsil olib, 1975-yilda muvaffaqiyatli tamomladi. 1976-yilda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Liviyadagi ad-Dava’ al-Islami Milliy Islom universitetiga qabul qilindi, hamda moliyaviy rag‘bat bilan muvaffaqiyatli tamomlagan.
Liviyada tahsil olish yillari Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni Musulmon ulamolarining kelajak avlodi- ga , ayniqsa , Arab dunyosiga va hatto Yaponiya kabi mamlakatlarga ham tanitgan. 1997-yilda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Saudiya Ara- bistondagi xalqaro Islom tashkiloti bo‘l- gan Rabita al-Islomiya ( Musulmon Olami Ligasi ) tarkibidagi Musulmon davlatlar va Mustaqil Davlatlar Ham- do‘stligi federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi.
Shayx ko‘plab islomiy kitoblar muallifidir. 1994-yildan 2000-yilgacha Shayx ishlarining 60 foizi , ya’ni o‘ttizga yaqin mashhur maqolalari va yigirma beshgacha yaqin kitoblari hamda qo‘llanmalari nashrdan chiqarildi. Ushbu ilmiy ishlarning ko‘pchilik qismi o‘zbek tilida yozilgan bo‘lib , ulardan ba’zilari rus va boshqa MDH a’zo davlatlari tillariga tarjima qilingan.