Muhammad Yusuf
Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim, Qumlar bosib, qurimasin daryolarim. Alpomishga alla aytgan momolarim, Ruhini shod etay desang, xalq bo’l, elim!Muhammad Yusuf ( 1954- 2001)
Talabalar bilan uchrashuv. Andijon Davlat chet tillar oliygohi.
Muhammad Yusuf, Fazliddin Hamroev, Safar Barnoev, Jumaniyoz Jabborov va Sharofat Botirova.
Hamkasblar davrasida. Taniqli jurnalist Jabbor Razzoq, Muhammad Yusuf, Nodir Mahmudov.
Y urt im, ado bo’lmas armonlaring bor… Yutim,ado bo’lmas armonlaring bor, Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor, O’tmishingni o’ylab og’riydi jonim, Ko’ksing to’la shahid o’g’lonlaring bor. Bag’rim o’rtar bir oy bahor ayyomlar, Oy botgan yoqlarga termulib shomlar. Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar, Fayzullodek mardi maydonlaring bor… Yurtim, ko’nglingdek keng osmonlaring bor, Yulduzni yig’latgan dostonlaring bor. Osmonlaringda ham diydoringga zor, Jayrondek termulgan Cho’lponlaring bor.