logo

Andalibning “Yusuf va Zulayho” dostoni

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

350.1513671875 KB
Mavzu : Andalibning “Yusuf va Zulayho” dostoni. 
                                                                                                                                                 A NDA LI BNI NG “ Y USUF  VA  ZULAY HO”  DOSTONI  
                              R E J A :   
1. Nurmuhammad Andalib hayoti va adabiy merosi 
2. Qissalarning go’zali “Yusuf va Zulayho” dostonining 
yaratilish manbaalari 
3. “Yusuf va Zulayho” mavzuidagi dostonlarda an’ana va 
o’ziga xosliklar 
4. Andalibning “Yusuf va Zulayho” dostonidagi she’riy 
parchalarning janriy xususiyatlari 
5. Xulosa. 
6. Foydalanilgan adabiyotlar.                                              Biz tadqiqotga tortgan Andalibning “Yusuf va Zulayho” 
qissasi qadimiy syujetga ega asarlardan hisoblanadi. 
Dastlab qissa sura sifatida Qur’oni karimda mavjud 
bo’lgan paytlardan boshlab Chahoryorlar, Sahobalar, 
Muhaddislar, mufassirlar, mutasavvuflar va qissaxon 
roviylar Tavrot, Injil va folklor namunalaridan foydalanib 
syujetni to’ldirish, mukammallashtirishga kirishganlar va 
bunda fantaziyaga ham keng o’rin berilgan. Undagi har 
bir voqea xilma-xil shakl va yo’nalishlarda izohlangan. 
Keyingi asarlarda arab, fors-tojik va turkiy adabiyotlarda 
yuzaga kelgan «Qisasul-anbiyo»larda ana shu izohlardan 
foydalanishgan.                     Yusuf va Zulayho sarguzashtlarining g’oyat xalqchil, 
ommabop va hayotiy bo’lishida XVIII asrda yashab ijod 
etgan va o’zbek hamda turkman xalqlari o’rtasida 
mashhur bo’lgan shoir Nurmuhammad Andalib katta 
hissa qo’shdi. Biz ushbu kichik tadqiqotda Andalib 
hayoti, adabiy merosi hamda “Yusuf va Zulayho” 
dostonlari ichida alohida o’ziga xosliklarga ega bo’lgan 
dostonning an’anaviylik va navotorlik jihatlarini 
adabiyotshunos olimlarimizning katta 4 tadqiqotlaridan 
unumli foydalangan holda umumlashtirib ko’rib 
chiqishga harakat qilamiz. “Andalibing mushkilin oson 
qil, Qodir egam, dardina darmon qil”.                                  Nurmuhammad Andalibning ismi, tug’ilgan joyi 
va hayoti haqidagi qisqa qaydlar uning “Yusuf va 
Zulayho” dostonining kirish qismida keltirilgan. 
Shu dostondagi to’qson olti misrali masnaviyda: 
      “Ismim erur Nurmuhammad Garib, 
      So’zda taxallusim edi Andalib. 
      Shahrimiz Urganch viloyat edi, 
      Xonimiz Shah G’ozi himoyat edi, 
      Asli makonim ki Qaromozidur, 
      Odami ishratda qishu yozidur… 
      Borcha xaloyiq ichida badishim, 
      Yetib ellik beshga maning bu yoshim…                    Andalibning “Zaynularab”, “Yusuf va Zukayho”, 
“Layli va Majnun” kabi dostonlari klassik dostonchilik 
hamda o’zbek va turkman xalqlari orasida keng 
tarqalgan “Xalq kitoblari”ning eng yaxshi 
xususiyatlarini o’zida mujassamlashtiradi”2 . Bu 
dostonlar XVIII-XIX asrlar davomida qayta-qayta 
ko’chirilgan chop etilgan. 
     Uning yuqorida zikr etilgan uch dostoni ham xalq 
qissalariga xos an’analarga ega nasru nazm shaklida 
yozilgan. U “Zaynularab” dostonida Zaynularab bilan 
Muhammad Hanifa o’rtasidagi samimiy sevgini 
jozibali tasvirlaydi.                                  “ Rabg’uziy bu qissaning ahsan (go’zal) deyilishi sababini quyidagicha 
izohlaydi: 
   1) Qur’ondagi boshqa hamma qissalardan foydasi ko’proq eukanligi;          
     2) Qissa boshdan oxir, bir qavlda qirq yil, boshqa birida sakson yil ichida 
bo’lib o’tgan voqealarni o’z ichiga olganligi; 
   3) Qur’oni karimda boshqa qissalar turli oyat va suralarda, Yusuf qissasi 
esa faqat bir oyat - Yusuf surasida kelganligi; 
   4) Boshqa qissalarda voqealar begona odamlar orasida yuz berganligi; 
   5) Qissada uch hol: rohatda va mashaqqatlarda Ollohga itoatda, xaloyiq 
orasida ezgu muomalada, yaxshi va yomon kayfiyatda bo’lganda bag’ri 
keng, ochiq bo’lmoq borligi; 
   6) Yusufning o’z og’alari bilan ezgu muomala qilganligi. ularning jafosiga 
sabr-bardoshli bo’lganligi; 
   7) Qissaning avvali tush, o’rtasi tush va oxirida ham tush ko’rish borligi;     
    8) Qissaning ishq bilan tamom bo’lganligi; 
   9) Rasul alayhissalomning bu sura haqida aytgan quyidagi gaplari:                     Andalib bu mavzuda qalam tebratar ekan, o’zining qayd qilishicha 
“o’ziga hamdardu hamnishin bo’lgan" kishilarning iltimoslarini hisobga 
olgan: 
   “Keldi qoshimga necha hamdardlar, 
   Qurbu shijoatda sheramardlar. 
   Barchalari manga edi hamnishin, 
   Yuzlari-nur, so’zlari-dur, angubin. 
   Dedi alar: "Andalibi benavo", 
   Ko’nglumiza tushdi ajab mojaro, 
   Bor "Qasas" ichra ajab doston. 
   Ne bo’ladur kilsang ani bo’ston. 
   Yusufi siddiqo’ Zulayhoni san, 
   Turki xaloyiqqa qilib bir chaman. 
   Eldin ela olib oni qilsa bo’y, 
   Bir necha zebolar ichra guftugo’y. 
   Ishqi haqiqiyni saboq aylasun, 
   Bo’yla erur oshiqi pok aylasun"                     Andalibning dostonida Yusuf va Zulayhoning o’zaro, 
gamxo’rligi shu darajada kuchli tasvirlanganki, biz buni 
boshqa "Yusuf va Zulayho"larda ko’rmaymiz. Yusuf o’limi 
yaqinlashganini sezib, Zulayho bilan vidolashadi, uning 
ko’ng’lini ko’taradi, u bilan baxtli hayot kechirgani uchun 
minnatdorlik qiladi. Zulayhoning o’z vafotidan keyin ham 
xursandchilik bilan hayot kechirishini istaydi: 
Men ketganda qo’yma o’zung jafog’a, Fig’on etib, qolma 
yana azog’a, Topshurmisham sani qodir xudog’a, 
Xush, omon bo’l, jonim, ketmali bo’ldum.                                                             X ulosa. 
       Xulosa qilar ekanmiz, Qur’oni karimda qissalarning go’zali deb 
atalgan Yusuf qissasi juda qadimiy syujetlardan biri ekanligi. Muso 
alayhissalomga nozil qilingan Tavrotning birinchi kitobiga, keyin Iso 
alayhissalom ta’limotini o’z ichiga olgan Injilga kiritilganligi haqida 
bilimlar hosil qildik. Bu qissa Qur’oni karimga "Yusuf surasi" bo’lib 
kiradi. 
Andalibning "Yusuf va Zulayho" dostoni o’zining g’oyaviy xususiyatlari 
bilan birga badiiyligi va tili nuqtai nazaridan ham o’ziga xos fazilatlarga 
egadir. Avvalo shuni qayd qilish kerakki, umuman, Yusuf va Zulayho 
sarguzashtini tasvirlashga bagishlangan asarlar boshqa asarlardan 
o’zining bir fazilati bilan ajralib turadi. Bu "Yusuf va Zulayho" 
qissasidagi syujetning har bir bo’lagi qahramonlarning tush ko’rishi 
voqeasi bilan boshlanishidir. Hech qaysi dostonda "Yusuf va 
Zulayho"dagidek qahramonlar ko’p tush ko’rmaydilar.                         F OY DA LA NI LGA N A DA BI YOTLA R 
    1. V. Abdullayev. O’zbek adabiyoti tarixi. Darslik. 2-kitob. 
T.: “O’qituvchi” 1980. 
    2. I. Adizova. O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi. T.: “Fan” 
2009. 
    3. Q. Tohirov. Xalq qissasi “Yusuf va Zulayho”ning matni 
va tadqiqi. Sam.: 2001. 
    4. R. Orzibekov. (XVII-XIX asr I yarmi) T.: 2006.
    5. F. Musamuhammedov. Shoir Andalib haqida / O’zbek 
tili va adabiyoti. Jurnal. 1963. №4. 63-bet.

Mavzu : Andalibning “Yusuf va Zulayho” dostoni.

A NDA LI BNI NG “ Y USUF VA ZULAY HO” DOSTONI R E J A : 1. Nurmuhammad Andalib hayoti va adabiy merosi 2. Qissalarning go’zali “Yusuf va Zulayho” dostonining yaratilish manbaalari 3. “Yusuf va Zulayho” mavzuidagi dostonlarda an’ana va o’ziga xosliklar 4. Andalibning “Yusuf va Zulayho” dostonidagi she’riy parchalarning janriy xususiyatlari 5. Xulosa. 6. Foydalanilgan adabiyotlar.

Biz tadqiqotga tortgan Andalibning “Yusuf va Zulayho” qissasi qadimiy syujetga ega asarlardan hisoblanadi. Dastlab qissa sura sifatida Qur’oni karimda mavjud bo’lgan paytlardan boshlab Chahoryorlar, Sahobalar, Muhaddislar, mufassirlar, mutasavvuflar va qissaxon roviylar Tavrot, Injil va folklor namunalaridan foydalanib syujetni to’ldirish, mukammallashtirishga kirishganlar va bunda fantaziyaga ham keng o’rin berilgan. Undagi har bir voqea xilma-xil shakl va yo’nalishlarda izohlangan. Keyingi asarlarda arab, fors-tojik va turkiy adabiyotlarda yuzaga kelgan «Qisasul-anbiyo»larda ana shu izohlardan foydalanishgan.