LMS asosida masofaviy ta’lim olish. Google Classroom platformasi
LMS asosida masofaviy ta’lim olish. Google Classroom platformasi
• Axborot texnologiyalari sohasida yetakchi kompaniya nomlaridan biri Google ta’limga oid vositalarni taklif etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermagan holda, Google for Education tashabbusi asosida Google Classroomni ishga tushirdi. Ushbu bulutli LMS hech qanday sozlovlarni talab etmaydi va Googleda akkauntga ega foydalanuvchi platformadan bemalol foydalanishi mumkin.
LMS haqida • Ta’limni boshqaruv tizimlari (LMS) — elektron ta’lim dasturlarini tashkil etuvchi, amalga oshiruvchi hamda o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalari ustidan nazorat olib borish va ularni saqlab qo‘yish imkoniyatini beruvchi onlayn platforma. Ta’limni boshqaruv tizimlari o‘quv kursi tarkibini ishlab chiqish va uni nazorat qilish uchun markaziy joyni taqdim etish orqali o‘quv jarayonini soddalashtirishga yordam beradi.
• Google Classroom https://classroom.google.com/) — ta’lim uchun mo‘ljallangan platforma bo‘lib, kurs/sinfni yaratish va o‘quvchilarni qo‘shish, kerakli o‘quv materiallarini kiritish va o‘quvchilarga taqdim etish, o‘quvchilarga topshiriqlar berish, ularning ishlarini baholash va faoliyatini kuzatib borish, o‘quvchilar bilan muloqot qilish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi. Google Classroomda Googleda akkauntga ega xohlagan foydalanuvchi kurs yaratishi mumkin.
• Google Classroom platformasida o‘quvchilar o‘qituvchilar tomonidan kiritilgan o‘quv materiallarini o‘qishi, topshiriqlarni bajarishi, savollarga javob berishi, nazorat testlarini topshirishlari mumkin. Mazkur platformadan xohlagan qurilma va brauzer yordamida foydalanish mumkin. Eng muhimi, Google Classroom — tekin!