logo

lutfiy

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

463.2333984375 KB
Mav zu: lut fi y
Bajardi :Qahhorov a  L
Tek shirdi :Yusupov s D Reja
•
1.Lutfiyning hayoti va ijodi.
•
2.Shoirning devoni.
•
3.Shoirning g’azallaridan namunalar.  •
Lutfiy — XV asr ikkinchi yarmigacha 
bo‘lgan o‘zbek adabiyotining eng mashhur 
lirik shoiri. Shuning uchun ham 
zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni 
«malik ul-kalom», ya’ni «so‘z podshosi» deb 
e’zozlagan.  •
Manbalarda taxallusi oldidan «ulug‘ 
ustod» ma’nosidagi «Mavlono» sifatining 
qo‘shib tilga olinishi ham shundan. •
M ilodiy 1366-yili tug‘ilib, 
1465-yili vafot etgan. 
•
Alisher  Navoiy  «Majolis  un-
nafois» tazkirasida  yozadi:
«Mavlono  Lutfiy  o‘z 
zamonasining  malik  ul-kalomi 
erdi,  forsiy  va  turkiyda  naziri 
yo‘q  erdi  va  turkcha  devoni 
mashhurdur». •
Navoiyning  «Nasoyim  ul-muhabbat 
min  shamoyim  ul-futuvvat»  degan 
avliyolar  to‘g‘risidagi  tazkirasida  esa 
Lutfiyning  uzoq  umr  ko‘rgani  va 
qabri  haqida  qimmatli  ma’lumot 
beriladi: 
«...To‘qson  to‘qqiz  yoshida  olamdin 
o‘tdi.  Qabri  Dehikanordadur,  o‘z 
maskani erdi». •
Zahiriddin  Muhammad  Bobur  nomidagi 
xalqaro  jamg‘arma  uyushtirgan  ilmiy-ijodiy 
ekspeditsiya  a’zolari  aynan  shu  ko‘rsatma 
asosida  Dehikanor  qishlog‘ini,  u  yerdagi 
qabristondan  Lutfiyning  qabrini  izladi  va 
topdi.  Qabr  toshidagi  yozuv  orqali  bu  aynan 
Lutfiyning mozori ekani isbotlandi. 
•
Jamg‘arma  2006-yilning  may  oyida  bu 
muqaddas  qadamjoga  o‘zbek  milliy 
an’analari asosida maqbara o‘rnatib qaytdi. •
Sharafiddin  Ali  Yazdiyning  1437-yilda  bitgan 
„Zafarnoma"  asarini  Shohruh  Mirzoning  taklifi 
bilan  o'zbekchaga  she'riy  yo'lda  tarjima  qilgan. 
She'riy  yo'lda  qilingan  bu  tarjimaning  ko'lamini 
zamondoshlari  10.000  baytdan  ortiqroq  deb 
ko'rsatadilar. 
•
Ayrim  manbalarda  uning  yigirmadan  ortiq  asar 
yozgani  haqida  ma'lumot  beriladi.  Lekin  hozircha 
„Devon"idan boshqa kitobi qo'limizda yo'q. SHOIRNING DEVONI
•
Shoir  devonining  turli  davrlarda  ko'chirilgan 
qo'lyozmalari  dunyoning  har  xil  kutubxonalarida 
saqlanadi.  Eng  qadimgisi  1511-yilda  Hirotda 
ko'chirilgan  bo'lib,  Londonda,  Britaniya  muzeyida 
saqlanmoqda  XIX—XX  asrlarda  ko'chirilgan 
ko'plab  nusxalari  O'zbekiston  Respublikasi  Fanlar 
Akademiyasi  Sharqshunoslik  instituti 
Qo'lyozmalar fondida saqlanadi. She'rlarining soni
—  turli  nusxalarda  turlicha.  Lekin  ular 
mutaxassislar  tomonidan  solishtirib  o'rganilgan  va 
bir necha marotaba nashr qilingan. 2 7 7 4  bay t
•
Bizgacha  shoirning  16—20-asrlar  mobaynida  ko’chirilgan 
turkiy devonining 33 qo’lyozma nusxasi yetib kelgan bo’lib, 
ular  Toshkent,  Dushanba,  Istanbul,  Tehron,  London,  Parij, 
Sankt-Peterburg  kutubxonalari  va  qo’lyozma  fondlarida 
saqlanadi.  Olim  E. Ahmadxo’jayevning  aniqlashi  bo`yicha, 
Lutfiy  qalamiga  mansub  mavjud  she’rlarning  umumiy 
miqdori  2774  bayt  yoki  5548  misradan  ortiq.  Ularning 
katta qismi (2086 bayti) g’azal janrida yozilgan. LUTFIY  
g` azallari «X OH INON, XOH INONMA»
Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma, 
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.
 
Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey moh,
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma.
 
Haqqoki qilich kelsa boshimga, eshikingdin
Yo‘qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma.
 
Usruk ko‘zing ashkolina har gah nazar etsam,
Qolmas habarim, xoh inon, xoh inonma. Ya’qub bikin ko‘p yig‘idin qolmadi sensiz
Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma. 
 
Oy yuzung‘a ko‘z solg‘ali o‘zga kishi birla,
Yo‘qtir nazarim, xoh inon, xoh inonma. 
 
Ishq o‘tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi,
Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma. G` A ZA L HAQIDA
•
G‘azal tamoman turkona ruhda bitilgan. 
•
An’anaviy yetti baytdan iborat. 
•
Ishq mavzusi qalamga olingan. 
•
Qofiyasi (“sevarim – jigarim – saharim – guzarim – habarim – 
bazarim – nazarim – siymbarim” ) .
•
R adifi  -  “xoh inon, xoh inonma” .  Radifning o‘zida tazod bor .
•
Lutfiyning bu g‘azali 
ta’sirida Boborahim Mashrab 
(1640-1711) bir g‘azal 
yaratgan. “ BU KO‘NG ULDUR, BU KO‘NG UL ”
Meni shaydo qiladurg‘on bu ko‘nguldir, bu ko‘ngul, 
Xor-u rasvo qiladurg‘on bu ko‘nguldir, bu ko‘ngul… 
•
Bu  asarida  shoir  endi  besh  so‘zdan  iborat  radif 
qo‘llagan  -  «qiladur g‘on  bu  ko‘nguldur,  bu 
ko‘ngul».
•
Qofiyasi  -  arabiy-forsiy  kalimalardan  tashkil 
topgan  -  «shaydo - rasvo - yo - t amanno - t aqozo 
- savdo - po - daryo».
•
Oradan  to‘rt  yuz  yil  o‘tib,  XIX  asrning  birinchi 
yarmida  Nodira   Lutfiyning  shu  g‘azaliga 
o‘xshatma yozdi.Eslab 
qolin
g! «AYOQINGG ‘A TUSHAR HAR 
LAHZ A G ISU»
Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu, 
Masaldurkim: «Charog‘ tubi qorong‘u».
 
Tuturmen ko‘zki, ko‘rsam orazingni, — 
Ki derlar: «Oqqan ariqqa oqar su(v)».
Yuzungni tuttum ortuq oy-u kundin, 
«Kishining ko‘zidur, ore, tarozu».
 
Ko‘zing qonimdin iymanmas, ajabtur, — 
Ki: «Qo‘rqar, qaydakim qon ko‘rsa hindu».
Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat, — 
Ki ayturlar: «Tiloganni — tilogu”. TUY UQLA R
Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor. 
Har necha dardimni desam, dog‘i bor.
Qilcha tanga bori ishqing yor edi.
Bir sori bo‘ldi firoqing, dog‘i bor.
* 
U shbu tuyuqning qofiyalarida quyidagi ma’nolar yashirin:
 –  dog‘i bor - dog‘i bor,
–  dog‘i bor - otashi bor,
–  dog‘i bor - yana (tag‘in) bor. Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen. 
Vah, qachon yetkaymen ut dilbanda men 
Bevafolarga meni qilding asir. 
Sen menga sultonsen, ey dil, banda men.
* 
Ushbu  tuyuqda,  odatdagidek,  tajnisli  so‘zlar  qofiya 
bo‘lib kelgan va ular quyidagi ma’nolarni anglatadi:
-  dil,  bandamen  -  yurak,  (men)  bandaman  (bog‘lanib 
qolganman);
- dilbanda men - dilbandga men;
- dil, banda men - yurak, banda men(man).  Charxi kajraftor elidin yozamen, 
Chiqmadim hijron qishidin yoza men, 
Bir meni yorliq bila yod etmas ul, 
Har necha ul shahg‘a qulluq yozamen.
* 
Bu tuyuqda quyidagi tajnislarga duch kelamiz:
- yozamen - yozg‘iraman (shikoyat qilaman);
- yoza men  - yozga men;
- yozamen - yozaman (bitaman). TUYUQNING 4 OLTIN QOIDASI
•
1. Tuyuq, albatta, to‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak.
•
2. Tuyuq misralari, xuddi ruboiydagi kabi, a-a-a-a yoki a-
a-b-a tarzida qofiyalanishi zarur.
•
3. Tuyuq, albatta, ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) 
vaznida, ya’ni «foilotun - foilotun - foilun (yoki foilon)» 
tarzida bo‘lishi shart.
•
4. Tuyuqda qofiyaga olingan so‘zlar, albatta, tajnisli 
bo‘lishi, ya’ni omonim so‘zlardan yoki shakldosh so‘zlar 
tashkil topishi darkor. Bilimingizni sinang!
•
1.  Zamona ahli Lutfiyni nima deb e’zozlagan?
•
2.  Mavlono so’zining ma’nosi?  –  “Ulug’ ustod”.
•
3 .  Lutfiyning yashab o’tgan yillari? 
•
4 .  “... 99 yoshida olamdin o’tdi. Qabri Dehikanordadur, o’z maskani erdi”. 
Ushbu qimmatli ma’lumot kim haqida va kimning qaysi asarida uchraydi? 
•
5 .  Lutfiy g’azallari ko’proq necha baytdan iborat?  
•
6 .  Lutfiyning “Xoh inon, xoh inonma” radifli g’azali qofiyasi? 
•
7 .  Lutfiyning “Bu ko’nguldir, bu ko’ngul” g’azali necha baytdan iborat?
•
8 .  Shoira Nodira Lutfiyning qaysi g’azaliga o’xshatma yozdi?
•
9 .  Lutfiy “qorong’u kechada sochning tolasiga jonini savdo qiladigan, 
do’st-u dushman ichida qo’l-oyoqsiz qilib qo’yadigan” deb nimani 
ta’riflaydi?
•
10 .  Lutfiyning barcha baytlarining ikkinchi satri maqol bilan tugaydigan 
besh baytdan iborat g’azali qaysi?

Mav zu: lut fi y Bajardi :Qahhorov a L Tek shirdi :Yusupov s D

Reja • 1.Lutfiyning hayoti va ijodi. • 2.Shoirning devoni. • 3.Shoirning g’azallaridan namunalar.

• Lutfiy — XV asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotining eng mashhur lirik shoiri. Shuning uchun ham zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni «malik ul-kalom», ya’ni «so‘z podshosi» deb e’zozlagan.

• Manbalarda taxallusi oldidan «ulug‘ ustod» ma’nosidagi «Mavlono» sifatining qo‘shib tilga olinishi ham shundan.