Mahalladagi nogironligi mavjud bo’lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish


![Mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirishning e’tiborli tomoni shundaki,
dastlab uning strategik maqsadlari aniqlab olinib, islohotlarni bosqichmabosqich amalga
oshirish nazarda tutildi. Unga ko’ra, islohotlarning birinchi bosqichi 1991-1994 yillarni o’z
ichiga olib, ikkitta hal qiluvchi vazifa, ya’ni, birinchidan, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining
og’ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish,
ikkinchidan, respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda
bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish ilgari surildi.
Islohotlarning butun birinchi bosqichi davomida respublika ijtimoiy siyosati uch asosiy
yo’nalishda olib borilib muhtoj, ijtimoiy jihatdan nochor tabaqalarni himoya qilish
maqsadida davlat byudjeti hisobidan 30 turli soha va yo’nalishlar bo’ylab ijtimoiy himoya
amalga oshirildi.[1] Xususan, ijtimoiy siyosatning birinchi yo’nalishga ko’ra, davlatning
ushbu sohada vakolatli bo’lgan muassasalari: Mehnat va aholini ijtimoiy himoya Vazirligi,
Moliya Vazirligi, Sog’liqni saqlash Vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi, Madaniy
ishlar Vazirligi, shuningdek, «Mahalla», «Sog’lom avlod uchun» kabi jamoatchilik
tashkilotlari, Xotin-qizlar qo’mitasi va hokazolar tomonidan amalga oshirila boshlandi va
soha xarajatlari respublika byudjetining salkam uchdan bir qismini tashkil etdi. Jumladan,
miqdori muntazam o’zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar,
kompensasiyalar, imtiyozlar va turli dotasiyalar shaklidagi bevosita to’lovlar ham keng
qo’llanildi. Eng kam ish haqi va pensiyalardan soliq olinmaydigan bo’ldi. Korxonalarning o’z
xodimlariga ijtimoiy yordam ko’rsatish sohasidagi xarajatlaridan bir qismi byudjet
mablag’lari hisobidan qoplanib turildi. Keng iste’mol mollari va xizmatlarining ko’pgina
turlari narxlaridagi tafovutlarning o’rni qoplandi.](/data/documents/144bf2d3-1cac-4b02-b0b3-ae84d2c5c9cc/page_3.png)


![Iqtisodiy jihatdan qaraganda oila uy xo’jaligi bo’lib, mikroiqtisodiy tizimning asosiy
bo’lagi hisoblanadi. Uning boshqa qismini esa firmalar, korxonalar tashkil etadi. Oila shu
qismlari bilan birgalikda mikroiqtisodiy tizimga, ya’ni, milliy iqtisodga birikadi va tor
doiradagi hodisa bo’lmay jamiyatning bir bo’lagi, aniqrog’i, uning asosini tashkil qiladi.
Oilani qo’llab-quvvatlashning samarali usullarini ishlab chiqish uchun kam ta’minlangan
oilalarning ijtimoiy ahvoli va kambag’allik muammolarini chuqur o’rganib chiqish ehtiyoji
tug’iladi. Sababi, bunday oilalarning oylik daromadi iste’mol ehtiyojidan past bo’lib,
daromadining 75-85% oziq-ovqatga sarflanadi.[6] Kambag’allikni aniqlash bilan esa, har
bir davlat faqat o’ziga tegishli bo’lgan vazifalarni hal qilishga harakat qiladi.[7] Masalan,
rivojlangan davlatlar kambag’allikni aniqlash orqali o’rta va quyi qatlamlar o’rtasidagi
chuqur differensasiya va ijtimoiy zarbalarga yo’l qo’ymaslikka intiladilar.
O’tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan davlatlar uchun kambag’allik
darajasini aniqlash yangi bozor sharoitlariga moslasha olmayotgan aholi guruhlarini
manzilli ijtimoiy yordam strategiyalarini ishlab chiqish nuqtai nazaridan muhimdir. Qayd
etib o’tish kerakki, bir mamlakatda qabul qilingan yashash uchun zarur eng kam miqdor
boshqa davlat sharoitlariga to’g’ridan-to’g’ri mos kelmaydi.
Har bir davlat aholisining turmush darajasini aniqlab beruvchi o’ziga xos o’lchamlariga
ega bo’lib, mavjud andozalardan og’ish hollarida ijtimoiy himoya tadbirlari
kuchaytiriladi.](/data/documents/144bf2d3-1cac-4b02-b0b3-ae84d2c5c9cc/page_6.png)

![Uchinchidan, ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi yangi
muassasalarning deyarli mavjud emasligi. Chunki, bunday muassasalarda ijtimoiy madadga
muhtojlik darajasini obyektiv tarzda baholab beruvchi ma’muriy boshqaruv tizimi va malakali
mutaxassislar bilan ta’minlash uchun mablag’ talab etilardi. Ammo yuqorida ko’rib
o’tganimizdek, ijtimoiy ta’minot hukumatning ikkinchi darajali vazifalari qatorida bo’lganligi
uchun sohaga yetarlicha mablag’ ajratilmasdi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq tuzum davridan meros bo’lib qolgan ushbu muammolar
iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida yuritilgan ijtimoiy siyosat samaradorligiga salbiy ta’sir
ko’rsatmasdan qolmadi. Xususan, davlat byudjetidan sohaga ajratilayotgan mablag’larni tegishli
qatlamlarga yetib bormasdan sochilib ketayotganligi ma’lum bo’ldi va ijtimoiy himoyaning
mexanizmlari, vositalarini kuchaytirishda sifat jihatidan yangi bosqich zarurligi obyektiv ehtiyojga
aylandi. Mazkur ehtiyoj ostida 1994 yilda iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichiga o’tilib,
mamlakat kelajak istiqbolini belgilab olish maqsadidagi hukumatning strategik rejalari doirasida
aholini ijtimoiy himoyalashning yangi chora-tadbirlari ishlab chiqildi va uni amalga oshirishning
samarali mexanizmlari qidirildi. Bunga ko’ra, yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonarli ijtimoiy
kafolatlar va aholini aniq ijtimoiy himoya tizimiga izchillik bilan o’tish maqsadga muvofiq, deb
topildi. Adolat tamoyillariga rioya qilish qoidasi yangi tizim qurilishiga asos qilib olindi.[2] Zero,
ushbu tizimda qo’llab-quvvatlanishga haqiqatdan muhtoj bo’lgan aholi tabaqalarini belgilashda
amal qilinishi lozim bo’lgan mezonlar ham, madadni ularga yetkazish vositasi bo’lgan omillar ham
aholiga ravshan, sodda, tushunarli tarzda bo’lishi kerak edi.
Ijtimoiy kafolatlar va qo’llab-quvvatlanishga muhtoj bo’lgan shaxslarni aniqlashda, yordamning
turi va miqdorini belgilashda subyektiv nuqtai nazardan ish qilish istisno qilinishi nazarda tutildi.
Yangi tizim aniq tabaqalarni qamrab oluvchi manzilli bo’lishi va ijtimoiy sohani tartibga
solinishiga xizmat qilishi kerak edi.](/data/documents/144bf2d3-1cac-4b02-b0b3-ae84d2c5c9cc/page_8.png)
![Izlanishlar natijasida respublika hukumati bu muammolar yechimining o’ziga xos yo’lini
topdi, ya’ni, davlat ijtimoiy himoya vakolatlarining katta qismi mahalliy o’zinio’zi boshqaruv
organlari – mahallalarga bosqichma-bosqich o’tkazila boshlandi. Ushbu maqsadda davlat
manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalari, jamoat va xayriya tashkilotlari hamda
jamg’armalarning mablag’laridan faollik bilan foydalanish nazarda tutildi. Ushbu tanlangan
model faoliyati ijtimoiy ta’minot sohasini tartibga solib, jamiyatni iqtisodiy o’sishga, bozor
tizimini shakllanishi, ijtimoiy barqarorlik, demokratiyani sekinlik bilan bo’lsa-da chuqurlashib
borishini ta’minlashga qaratildi va ijtimoiy himoya mahalla tizimining qonunchilik asoslari
yaratila boshlandi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 18-moddasi hamma
shaxslarning tengligini o’rnatar ekan, «Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo’yiladi hamda
ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo’lishi shart»,[3] – degan qoidani mustahkamlaydi.
Konstitusiyaviy huquq me’yorlariga tayanilgan holda 1993 yil 2 sentyabrda «Fuqarolarning
o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining e’lon
qilinishi ijtimoiy sohada ilgari surilayotgan maqsadlar amaliyotidagi ilk qadamlardan biri
bo’ldi. Qonun avvalambor, o’zini-o’zi boshqarish organi – mahallalarning huquqiy maqomini
mustahkamladi va ular zimmasiga aholining muhtoj qatlamlarini manzilli ijtimoiy himoyalash
mas’uliyatini yukladi.
1994 yil 24 avgustda «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid
tadbirlar to’g’risida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Ushbu qonunchilik hujjatining qabul
qilinishi bilan respublikada aholini ijtimoiy himoya tizimi tubdan o’zgartirildi. Qayd etish
joizki, ijtimoiy sohada qabul qilingan qonunchilik hujjatlari o’zida mamlakatimizning milliy
xususiyatlarini aks ettiribgina qolmay, xalqaro huquq me’yorlariga, jumladan, BMTning Inson
huquqlari Umumjahon Deklarasiyasining barcha shartlariga va 1966 yilda qabul qilingan](/data/documents/144bf2d3-1cac-4b02-b0b3-ae84d2c5c9cc/page_9.png)














![O’zbekistonning o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan ijtimoiyiqtisodiy muammolar
yechimida mustaqil faoliyat yuritish imkoniga ega bo’lindi va rivojlanishning o’ziga xos
modeli yaratilib, unga ko’ra, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tilishida kuchli
ijtimoiy siyosat ustuvor maqsadlardan biriga aylandi.
To’rtinchidan, islohotlarning ikkinchi bosqichida ijtimoiy himoyaning aniq yo’naltirilgan
manzilligi ta’minlanib, fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organlari – mahallalar vositasidan
foydalanish mexanizmi ishga tushirildi.
Beshinchidan, respublikamiz aholisini ijtimoiy himoyada mahalliy o’zini-o’zi boshqaruv
organlarining mustaqil faoliyati maqsadga muvofiq. deb topildi va qo’llabquvvatlandi.
Oltinchidan, ijtimoiy himoyaning mahalla tizimi o’tish davrida respublikamizda ijtimoiy
ta’minot sohasining tartibga solinishiga xizmat qildi.
Jamoalarni shakllanishi haqida E.Munye o’z fikrini bildirar ekan, «Jamoa – uning a’zolari
bo’lgandagina mavjud bo’lishi mumkin»,[8] – deb qayd etadi. Darhaqiqat, insonlarni
jamoalarga birlashib yashashlari natijasida ijtimoiy ehtiyojlar mutanosibligi iqtisodiy,
siyosiy, madaniy, milliy va boshqa qadriyatlar, ko’nikma, ijtimoiy faoliyat va xulq-atvor
me’yorlarining uzluksizligi, izchilligi ta’minlandi.](/data/documents/144bf2d3-1cac-4b02-b0b3-ae84d2c5c9cc/page_24.png)






Mavzu: Mahalladagi nogironligi mavjud bo’lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish
Reja: • 1)Mahallalarda nogironligi mavjud bo’lgan shaxslar bilan ijtimoiy xizmat olib borish • 2) Nogironligi mavjud bo’lgan shaxslar ijtimoiy muhofaza turlari va ularning tizimlari • 3) Mahalladagi nogironligi mavjud bo’lgan shaxlarni aniqlash va ro’yxatga kiritish
Mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirishning e’tiborli tomoni shundaki, dastlab uning strategik maqsadlari aniqlab olinib, islohotlarni bosqichmabosqich amalga oshirish nazarda tutildi. Unga ko’ra, islohotlarning birinchi bosqichi 1991-1994 yillarni o’z ichiga olib, ikkitta hal qiluvchi vazifa, ya’ni, birinchidan, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining og’ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ikkinchidan, respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish ilgari surildi. Islohotlarning butun birinchi bosqichi davomida respublika ijtimoiy siyosati uch asosiy yo’nalishda olib borilib muhtoj, ijtimoiy jihatdan nochor tabaqalarni himoya qilish maqsadida davlat byudjeti hisobidan 30 turli soha va yo’nalishlar bo’ylab ijtimoiy himoya amalga oshirildi.[1] Xususan, ijtimoiy siyosatning birinchi yo’nalishga ko’ra, davlatning ushbu sohada vakolatli bo’lgan muassasalari: Mehnat va aholini ijtimoiy himoya Vazirligi, Moliya Vazirligi, Sog’liqni saqlash Vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi, Madaniy ishlar Vazirligi, shuningdek, «Mahalla», «Sog’lom avlod uchun» kabi jamoatchilik tashkilotlari, Xotin-qizlar qo’mitasi va hokazolar tomonidan amalga oshirila boshlandi va soha xarajatlari respublika byudjetining salkam uchdan bir qismini tashkil etdi. Jumladan, miqdori muntazam o’zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar, kompensasiyalar, imtiyozlar va turli dotasiyalar shaklidagi bevosita to’lovlar ham keng qo’llanildi. Eng kam ish haqi va pensiyalardan soliq olinmaydigan bo’ldi. Korxonalarning o’z xodimlariga ijtimoiy yordam ko’rsatish sohasidagi xarajatlaridan bir qismi byudjet mablag’lari hisobidan qoplanib turildi. Keng iste’mol mollari va xizmatlarining ko’pgina turlari narxlaridagi tafovutlarning o’rni qoplandi.
Ayni vaqtda, qo’shimcha ijtimoiy imtiyozlarning butun bir majmui, xususan, boshlang’ich sinf o’quvchilari va yolg’iz pensionerlar, 2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun bepul ovqat, barcha maktab o’quvchilari va talabalar uchun ovqatning arzonlashuvi kabi imtiyozlar amal qilib turdi. Ko’pgina toifadagi fuqarolarga turar joy shaxsiy mulk qilib bepul berildi, ba’zi turdagi kommunal xizmatlar haqini to’lashda yengilliklar joriy etildi. Iqtisodiy ahvol murakkab bo’lishiga qaramay, moddiy va moliyaviy imkoniyatlar cheklangan sharoitda ham ijtimoiy ahamiyatga loyiq vazifalarni hal etish uchun zarur vositalar qidirildi. Islohotlarning ushbu bosqichi zimmasiga yuklangan vazifa va pirovard samaraga ko’ra, shartli ravishda narxlarni erkinlashtirilishi, pulning qadrsizlanishi darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish chora-tadbirlari tizimdagi ustuvor yo’nalish bo’ldi. Bu yo’nalish istisnosiz barcha tabaqalarni qamrab oldi. Ikkinchi muhim yo’nalish, respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq- ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish chora-tadbirlarini ko’rilishi bo’ldi. Islohotlarning dastlabki bosqichida sobiq ittifoqning ko’pgina davlatlarida aholining asosiy ommasi yoppasiga qashshoqlashgan bir paytda, ushbu tadbir muhim ahamiyatga ega bo’ldi va iste’mol bozorini qisman bo’lsa-da himoya qildi.Uchinchi muhim yo’nalish, aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyani qo’llash borasida kuchli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va faol ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Ish haqini oshirish bilan birga barcha toifadagi maktablarning, mehribonlik uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining professor-o’qituvchilari va ilmiy xodimlari, ijodiy va tibbiy xodimlarni ijtimoiy himoya va ularning mehnatini rag’batlantirish maqsadida qo’shimcha moddiy ne’matlar, kvartira haqi va kommunal to’lovlar sohasida imtiyozlar berildi
pensiyalar nafaqalar imtiyozlarBir martalik yordamhizmatlarijtimoiy yordamning turlari