logo

Mantiqiylik va matn kompozitsiyasi

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

311.55078125 KB
Mavzu: Mantiqiylik va matn 
kompozitsiyasi
                       Reja: 
1.Nutqning mantiqiyligi 
2.Matnda bog`liqlikning uch 
jihati haqida 
3.Matn kompozitsiyasi                   Nutq mantiqiyligining buzilishi matn 
sintaksisi sathida, ya’ni gaplarning o ‘zaro 
mazmuniy-sintaktik bog`lanishidagi 
kamchiliklar natijasida ham yuzaga keladi. 
Ma’lumki, matn tarkibidagi gaplar bir-biri 
bilan bog`langan bo‘ladi, shunga ko'ra bog'li 
nutq tushunachasi mavjud. Matnda 
bog‘lilikning quyidagi uch jihatini farqlash 
maqsadga muvofiq:                                        BILIB OLING:
1. Mazmuniy bog‘lilik. Bunday bog‘lilik 
abzas va mustaqil gaplarni bog`lovchi 
leksik-grammatik vositalar (leksik 
takrorlar, ko‘rsatish, 3-shaxsdagi 
kishilik olmoshlari kabi)ning qo‘llanishi 
orqali namoyon bo‘ladi.                                 Esda saqlang:
2. Mantiqiy bog`lilik. Bunday bog`lilik gaplar, 
abzaslar o‘rtasidagi mantiqiy 
munosabatlarning funksional-sintaktik 
vositalar (demak,shunday ekan, shunday 
qilib, bundan tashqari, xullas kabi kirish 
so‘zlar, yuqorida, quyida, endi, bundan keyin 
kabi so‘z va so‘z shakllari, va, hamda, ammo, 
lekin, biroq kabi bog‘lovchilar va sh. k.) 
orqali ifodalanishida namoyon bo‘ladi.                      Esda saqlang:
3. Kompozitsion bog‘lilik. Bunday 
bog‘lilik qayd etmoq 
lozimki,aniqki, ta ’kidlamoq joizki, 
yuqorida aytib o'tilgani kabi 
tarzidagi sintaktik qurilmalar 
yordamida ifodalanadi.                 Darsligingizda berilgan 47-mashqni 
va 48-mashqlarni ham berilgan 
topshiriq asosida bajaring.                  49-mashq .   Demak, shunday ekan, shunday 
qilib, bundan tashqari,xullas kabi kirish 
so‘zlar, yuqorida, quyida, endi, bundan
keyin kabi so‘z va so‘z shakllari, va, 
hamda, ammo, lekin, biroq kabi 
bog`lovchilar, qayd etmoq lozimki, 
aniqki,ta’kidlamoq joizki, yuqorida aytib 
o‘tilgani kabi tarzidagi 
sintaktik qurilmalarni ishtirok ettirib 
matn tuzing, bu vositalarning matn
kompozitsiyasidagi o ‘rniga diqqat qiling.                 Mustahkamlash.  Quyidagi iboralarning 
izohlarini esda tuting. Ular ishtirokida 
gaplar tuzing.
Podadan oldin chang chiqarmoq Ro‘yobga 
chiqishi aniq bo`lmagan narsa haqida 
hovliqmalik bilan vaqtidan ilgari gapirib 
yurmoq. 
Varianti: podadan avval chang chiqarmoq.  
Ma’nodoshi: to‘ydan ilgari nog‘ora qoqmoq.
Sirkasi suv kotarmaydigan Tanqidga mutlaqo 
chidamaydigan.                 Qo’shimcha ma’lumotlar:                 Uyga vazifa. 50-mashq.  «Men nechun sevaman 
0‘zbekistonni?» mavzusida insho yozing. 
Unda mazmuniy, mantiqiy va kompozitsion 
bog`lilikni ko‘rsatadigan vositalarning 
ishtirokiga alohida diqqat qiling.                 E’tiboringiz 
uchun rahmat

Mavzu: Mantiqiylik va matn kompozitsiyasi Reja: 1.Nutqning mantiqiyligi 2.Matnda bog`liqlikning uch jihati haqida 3.Matn kompozitsiyasi

Nutq mantiqiyligining buzilishi matn sintaksisi sathida, ya’ni gaplarning o ‘zaro mazmuniy-sintaktik bog`lanishidagi kamchiliklar natijasida ham yuzaga keladi. Ma’lumki, matn tarkibidagi gaplar bir-biri bilan bog`langan bo‘ladi, shunga ko'ra bog'li nutq tushunachasi mavjud. Matnda bog‘lilikning quyidagi uch jihatini farqlash maqsadga muvofiq:

BILIB OLING: 1. Mazmuniy bog‘lilik. Bunday bog‘lilik abzas va mustaqil gaplarni bog`lovchi leksik-grammatik vositalar (leksik takrorlar, ko‘rsatish, 3-shaxsdagi kishilik olmoshlari kabi)ning qo‘llanishi orqali namoyon bo‘ladi.

Esda saqlang: 2. Mantiqiy bog`lilik. Bunday bog`lilik gaplar, abzaslar o‘rtasidagi mantiqiy munosabatlarning funksional-sintaktik vositalar (demak,shunday ekan, shunday qilib, bundan tashqari, xullas kabi kirish so‘zlar, yuqorida, quyida, endi, bundan keyin kabi so‘z va so‘z shakllari, va, hamda, ammo, lekin, biroq kabi bog‘lovchilar va sh. k.) orqali ifodalanishida namoyon bo‘ladi.

Esda saqlang: 3. Kompozitsion bog‘lilik. Bunday bog‘lilik qayd etmoq lozimki,aniqki, ta ’kidlamoq joizki, yuqorida aytib o'tilgani kabi tarzidagi sintaktik qurilmalar yordamida ifodalanadi.