Maple matemiatik paketlari va phyuton dasturlash tilida arifmetik amallar bajarish
Maple matemiatik paketlari va phyuton dasturlash tilida arifmetik amallar bajarish
RE JA: 1. MAPLE MATEMATIK PAKETLARI. 2. PHYUTON DASTURLASH TILI HAQIDA. 3. PHYUTON TILIDA ARIFMETIK AMALLAR BILAN ISHLASH .
M A P L E PA K E T I N I N G A S O S I Y M AQ S A D I VA U N I N G I M KO N I YAT L A R I . Maple muhiti 1980 yilda Waterloo, Inc (Kanada) firmasi tomonidan yaratilgan. Bugungi kunda uning quyidagi versiyalari mavjud: Maple 5, Maple 6, Maple 7 va hokoza. Maple da belgili ifodalashlar bilan ishlash uchun asosiysini sxema yadrosi tashkil qiladi. U belgili ifodalashlarning yuzlab bazaviy funksiya va algoritmlaridan iborat. Shu bilan birga operator, buyruq va funksiyalarning asosiy kutubxonasidan iborat. Umumiy hisobda Maple 5 da 2500 ta, Maple 6 da 2700 ta, Maple 7 da 3000 ga yaqin funksiyalar mavjud. Bu shu narsani anglatadiki, ko‟plab masalalarni sistema bilan to‟g‟ridan-to‟g‟ri muloqot tarzida yechish mumkin bo‟ladi. Maple dasturlashsiz katta hajmdagi masalalarni yechish imkoniyatiga ega. Faqat masalalarni yechish algoritmini yozish va uni bir necha bo‟laklarga bo‟lish kerak. Bundan tashqari yechish algoritmlari funksiya va sistema buyruqlari ko‟rinishida hal qilingan minglab masalalar mavjud. Maple uch xil shaxsiy tilga ega: kirish, hal qilish va dasturlash. Maple matematik va injener-texnik hisoblashlarni o‟tkazishga mo‟ljallangan dasturlashning integrallashgan tizimihisoblanadi. U formula, son, matn va grafika bilan ishlash uchun keng imkoniyatli tizimdir.
Maple dasturini ishga tushirish uchun: Windows ning asosiy menyu buyruqlari ro„yhatidagi Programmi (Dasturlar) guruhidan ushbu dasturga mos nom: Maple tanlanadi. Maple oynasi Windows ning amaliy oynalariga hos bo„lib, unda Sarlavha satri, Gorizontal menyu satri, Uskunalar paneli, Ish maydoni va Holat satri, hamda Chizg‘ich va O’tkazish tasmalari mavjud bo’ladi.
Sarlavha satri, Gorizontal menyu satri va Uskunalar panelidan tarkib topgan Maple oynasining qismining ko’rinishi: