logo

Mavsumiy migratsiya

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1447.087890625 KB
MAVZU: Mavsumiy migratsiya
                                            Reja:
1. Mavsumiy migratsiyalarning kelib 
chiqishi. 
2.   Mavsumiy migratsiyalar.
3. Mavsumiy migratsiyalarning 
ahamiyati.    Turli hayvonlarda mavsumiy migratsiyalar turlicha 
xarakterda bo’ladi. Ushbu xususiyat ham 
oziqlanish yoki ko’payish singari instinkt (tug’ma 
odat) asosida sodir bo’luvchi murakkab biologik 
hodisadir. Mavsumiy migratsiyaning yuzaga 
kelishini organizmning tashqi muhit bilan reflektor 
bog’lanishi deb hisoblash lozim. Bu bog’lanishda 
retseptorlarga turli-tuman tashqi signallar ta’sir 
etib organizmni boshqarib turadi.  Mavsumiy migratsiyalar, ayniqsa, oziqlanish va 
oziqa manbai joyining almashinuvi bilan bog’liq 
bo’ladi. Shunga binoan, bir joydan boshqa joyga 
ko’chishga bir turdagi oziqaning yo’qolishi va 
boshqa turdagi oziqaning paydo bo’lishi sabab 
bo’ladi. Bu kabi “kichik migratsiyalar” ya’ni uzoq 
bo’lmagan ikkinchi joyga ko’chish oziqaning sifatini 
yomonlashuvi yoki oziqa zahirasining kamayishi 
tufayli sodir bo’ladi. Ko’pgina o’troq qushlar 
ko’payishini tugatgandan so’ng oziqasining 
kamayishi yoki tugashi sababli ko’chmanchi hayot 
tarziga o’tadilar.  Dala sichqonlari, yumronqoziqlar va boshqa bir 
qator kemiruvchilar hududning tepalik joylarida 
oziqa bo’luvchi o’simliklar qurib qolgandan keyin, 
ular hududning past hamda yashil o’simliklar o’sib 
turgan joylarga ko’chib o’tadi. Qisqa masofalarga 
ko’chib o’tish, shuningdek, uzoq muddatli yog’in 
yoki quruqlik davri, yerni shudgorlash, o’simlikni 
o’rish, hosilni yig’ish kabi o’zgarishlar tufayli ham 
sodir bo’ladi Qushlarninng mavsumiy uchib ketishi yoki 
kelishi tabiatning mavsumiy o’zgarishlari 
bilan bog’liq bo’ladi, lekin ushbu jarayonning 
sodir bo’lishida yorug’lik rejimi asosiy rol 
o’ynaydi. Migratsiyalarning amalga oshishi 
esa haroratning o’zgarishlarini hal qiladi.
Ko’pgina hayvonlarning migratsiyasi qor 
yog’ishi bilan bog’liqdir.  O’rmonli hududda tuyoqli 
hayvonlar ignabargli 
daraxtlar zichroq joylarga 
(uchastkalarga) ko’chadi, 
chunki ushbu 
daraxtlarning shoxlari 
qorni o’zida ushlab qoladi 
va yerda uning qalinligi 
kam bo’ladi. Ko’pgina migratsiyalar ichimlik suvi 
zahirasining kamayishi va suv ichishning 
qiyinlashuvi bilan bog’liq. Bunday 
migrasiyalarni cho’l va saxrolarda yashovchi 
hayvonlar, ayniqsa, qushlar amalga oshiradi. 
Ba’zi kunlari suv ichishi uchun 80-100 km 
masofani bosib o’tishi mumkin.  Shunday qilib mavsumiy o’zgarishlar va 
organizmning holati hamda faoliyati majmui 
turning yillik siklini hosil qiladi. Bitta turga 
mansub bo’lgan har xil populyatsiyalarning 
yillik sikllari bir-birinikidan farq qiladi. Gap 
shundaki, turning bir populyasiyasi shimolda 
uchrab, qishda uyquda bo’lsa, uning janubda 
yashovchi populyatsiyasi yil davomida faol 
hayot kechiradi.  E’tiboringiz uchun rahmat

MAVZU: Mavsumiy migratsiya Reja: 1. Mavsumiy migratsiyalarning kelib chiqishi. 2. Mavsumiy migratsiyalar. 3. Mavsumiy migratsiyalarning ahamiyati.

Turli hayvonlarda mavsumiy migratsiyalar turlicha xarakterda bo’ladi. Ushbu xususiyat ham oziqlanish yoki ko’payish singari instinkt (tug’ma odat) asosida sodir bo’luvchi murakkab biologik hodisadir. Mavsumiy migratsiyaning yuzaga kelishini organizmning tashqi muhit bilan reflektor bog’lanishi deb hisoblash lozim. Bu bog’lanishda retseptorlarga turli-tuman tashqi signallar ta’sir etib organizmni boshqarib turadi.

Mavsumiy migratsiyalar, ayniqsa, oziqlanish va oziqa manbai joyining almashinuvi bilan bog’liq bo’ladi. Shunga binoan, bir joydan boshqa joyga ko’chishga bir turdagi oziqaning yo’qolishi va boshqa turdagi oziqaning paydo bo’lishi sabab bo’ladi. Bu kabi “kichik migratsiyalar” ya’ni uzoq bo’lmagan ikkinchi joyga ko’chish oziqaning sifatini yomonlashuvi yoki oziqa zahirasining kamayishi tufayli sodir bo’ladi. Ko’pgina o’troq qushlar ko’payishini tugatgandan so’ng oziqasining kamayishi yoki tugashi sababli ko’chmanchi hayot tarziga o’tadilar.