Migratsiya
RE JA • 1.MIGRATSIYA HAQIDA • 2.MIGRATSIYA TURLARI • 3.XULOSA • 4.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR M igratsiya
Jahon mamlakatlarida aholi tarkibi va joylashuviga migratsiyalar katta ta’sir ko‘rsatadi. Migratsiya (lotincha migratio – "ko‘chish”) – aholining bir hududdan boshqa hududga doimiy yoki vaqtincha muddatga ko‘chishi. Bitta manzilgoh ichidagi ko‘chish migratsiya hisoblanmaydi. Migratsiyalar bir necha mezonlarga ko‘ra tasniflanishi mumkin. Hududiy miqyosi jihatidan tashqi va ichki migratsiyalar ajratiladi. Tashqi migratsiya deganda, boshqa davlatga ko‘chish tushuniladi. Ba’zida tashqi migratsiyalar materik ichidagi va materiklararo migratsiyalarga bo‘linadi. Ichki migratsiya bir davlat ichidagi boshqa hududga ko‘chish hisoblanadi. U, o‘z navbatida, rayon ichidagi va rayonlararo migratsiyalarga bo‘linadi.
Muddatiga ko‘ra migratsiyalar doimiy va vaqtincha turlarga bo‘linadi. Vaqtincha migratsiyalar mavsumiy, vaxtali hamda mayatniksimon (tebranma) bo‘ladi. Mavsumiy migratsiyalar ko‘proq qishloq xo‘jalik ishlari bilan bog‘liq bo‘lsa, vaxtali migratsiyalar, asosan, tabiiy sharoiti noqulay hududlar dagi foydali qazilma konlarida yoki qurilish obyektlarida mehnat qilish bilan bog‘liq. Mayatniksimon migratsiyalar esa shahar va uning atrofi o‘rtasida kunlik va haftalik tartibda kechadi: shaharga uning atrofidagi qishloq va kichikroq shaharlardan aholi ishlashga, o‘qishga va boshqa maqsadlarda, shaharliklar esa chetga, asosan, dam olish, ziyorat qilish yoki dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun tez-tez qatnab turishadi.