Mediatsiya tartib - taomilini amalga oshirish tartibi va muddati
Mav zu:Mediat siy a t art ib - t aomilini amalga oshirish t art ibi v a muddat i RE JA 1.Mediatsiya haqida tushuncha 2. Mediatsiya tartib -taomilini amalga oshirish mohiyati va uning prinsiplari 3.Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish haqida qonunchilikda oid ma'lumotlar 4.Mediatsiy tartibi va muddati 5. Mediatsiya nizolarni hal qilishning muqobil usuli sifatida
1. Mediat siy a haqida t ushuncha Mediatsiya — kelib chiqqan nizoni taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal qilish usuli Mediator — mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaxs mediativ kelishuv — mediatsiyani qo‘llash natijasida mediatsiya taraflari tomonidan erishilgan kelishuv;
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuv — taraflarning tuzilgan paytdan e’tiboran mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan kelishuvi;
2.Mediat siy a t art ib -t aomilinibamalga oshirish mohiy at i v a uning prinsiplari Mediatsiya maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Mediatsiya ishtirokchilari mediatsiya jarayonida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni ularni taqdim etgan mediatsiya tarafining, uning huquqiy vorisining yoki vakilining yozma roziligisiz oshkor qilishga haqli emas. Mediatsiya ishtirokchilari o‘zlariga mediatsiya jarayonida ma’lum bo‘lib qolgan holatlar haqida guvoh sifatida so‘roq qilinishi mumkin emas, shuningdek ulardan mediatsiyaga taalluqli axborotni talab qilib olish mumkin emas, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Mediatsiya taraflarning mediatsiyani qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuvda ifodalangan o‘zaro ixtiyoriy xohish-istagi bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi. Mediatsiya taraflari mediatsiyani qo‘llashdan uning istalgan bosqichida voz kechishga haqli. Taraflar o‘zaro maqbul kelishuvni muhokama qilish uchun masalalarni tanlashda erkindir. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish vaqtida yarashishga majburlash taqiqlanadi.