logo

MODERNIZM O’zbek adabiyotida modern she’riyat takomuli

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1006.2919921875 KB
MODERN IZM   O’zbek 
adabiyotida modern 
she’riyat takomuli                            Reja

Kirish:  O’zbek modern she’riyati: tarqaqqiyot va 
rivojlanish bosqichlari.

A sosiy  qism: 

Modern she’riyatida poetik tafakkur va badiiy 
mahorat

Mustaqillik davri modern she’riyatida shakl va 
mazmun uyg’unligi

Hozzirgi davr modern she’riyatida syujet va 
kompozitsion yaxlitlik

X ulosa.      XIX asr oxiri – XX asr 
boshlarida F.Nitsshe, Z.Freyd, 
A.Bergson, K.Yung kabi 
faylasuf va ruhshunoslarning 
qarashlaridan ta’sirlangan bir 
guruh ijodkorlar yangicha – 
modernizm yo‘nalishiga  asos 
soladilar. Dastlab Yevropa 
madaniyatida keng  tarqalgan 
mazkur yo‘nalish XX asrga 
kelib butun dunyoda 
ommalasha boshladi. 
Modernizm jahonda 
globallashuv jarayonlari 
boshlanayotgan bir vaqtda 
siyosiy, madaniy, iqtisodiy 
omillar o‘zaro kesishgan 
nuqtada vujudga keladi.      1. 80-yillarga kelib zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi ba’zi o‘rinlarda 
rangtasvirning modernizm yo‘nalishiga xos unsurlar qo‘llanila 
boshlandi. Bunday o‘ziga xoslikning ilk namunalarini Rauf Parfi 
“chizgan” manzaralarda ko‘rish mumkin :
Yulduzlarning achchiq 
nurlariga chirmashar,
Yular oyning namxush 
sochlarini
Falakka termulib qolgan 
ko‘zlaring.
       Sa’dullo Quronov “Ifoda va ifodaviylik” nomli adabiy-	
tanqidiy maqolalar to‘plami va “Egiz san’atlar” nomli 	
monografiyasi nashr qilingan.	
Sharq yulduzi
1993-yil
Zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi modernistik tamoyillarni yaxlit 
holda tasavvur etishda “O‘zbek modern she’riyati” nomli 
to‘plam ahamiyatga molik. Mazkur to‘plamda yigirma to‘rt 
nafar shoirning ijod namunalari jamlangan. To‘plam 
tuzuvchilari o‘tgan asrning 20–30- va 70-yillarida 
she’riyatimizda modernizmga xos xususiyatlarning aks 
etganligini qayd etsalar-da, kitobga 80-yillarga kelib ijod eta 
boshlagan shoirlarning she’rlarini kiritadilar. Kitob mundarijasi 
shoir Abduvali Qutbiddin asarlari bilan boshlanganini hisobga 
olsak, tuzuvchilar uni o‘zbek modern she’riyatining 
peshqadami sifatida ko‘radi. 
  O‘zbek modern 
she’riyatining rangtasvir bilan 
aloqalari Bahrom 
Ro‘zimuhammad ijodida 
yaqqol ko‘rinadi. 
B.Ro‘zimuhammad o‘zining 
tas viriy lirakasida 
modernistik ifoda 
uslublaridan unumli 
foydalanadi. Aniqrog‘i, 
shoirga “o‘tish davri” 
uyg‘otgan kayfiyatni 
ifodalashda modernistik 
uslub juda qo‘l keladi. Shu 
ma’noda 
B.Ro‘zimuhammadning 
tasviriy she’riyatida lirik 
qahramon ruhiy olamini, 
uning kayfiyatini ifodalash 
birinchi planda turadi .            Bahrom Ro’zimuhammad 
                “Qora kvadrat”      
O‘zbek modern she’riyatining yana bir yorqin namoyandasi sifatida shoir 
Faxriyor e’tirof etiladi. Faxriyor o‘zbek she’rxonini yangicha obrazlar olami bilan 
tanishtirgan, o‘z tashbihlari bilan zamonaviy o‘quvchi didini o‘stira olgan sanoqli 
ijodkorlardan biri. Shoir chizgan manzaralar o‘ziga xosligi, yorqinligi, asosiysi, 
noodatiyligi bilan ajralib turadi:

ko‘ylagini yechayotgan ayolday
tunni yig‘ishtirib olar tabiat
borliq ustidan
va uni
farishtalar taxmoniga solib qo‘yadi
tun xudoning omonati
yulduzlar omonatga tushgan kuyadir
tunni ilma-teshik qilib tashlar yulduzlar      POETIK OBRAZ
S hoirlarimiz olam, odam haqida avvalgidan yangicha fikrlash 
mumkinligini angladilar va o ‘ zlari ham yangi poetik obraz yarata  boshladilar. 
Poeziyada lirik qahramonni tasvirlash tamoyillarida ham jiddiy yangilanishlar 
ro ‘ y berdi.  Modernizm  yo ‘ q joydan tasodifan paydo bo ‘ lib qolgan emasdi. Bu 
she ’ riyat ko ‘ p asrlik milliy badiiyatimizning mantiqiy davomi va me ’ rosxo ‘ ri 
edi. O ‘ zgacha shakllanish va taraqqiyot tamoyillariga ega istiqlol 
she ’ riyatining qator o ‘ ziga xosliklari mavjuddirki, ayni shu xususiyatlar unga 
milliy nazmimiz taraqqiyotidagi alohida bosqich sifatida qarash imkonini 
beradi. Modernizm  she ’ riyatida hissiyot qatlamlarini tadqiq etish, odam 
ruhiyatidagi boy, olis va rangin iqlimlarni poetik kashf etishga intilish 
kuchaydi. Unda ko ‘ ngilni tozalashga alohida e ’ tibor qaratildi. Bu she ’ riyat 
shakliy izlanishlar miqyosi kengayganligi bilan xarakterlanadi. Unda chiqish 
va botish adabiyotidagi samarali tajribalarni o ‘ rganish va boyitishga intilish 
g ‘ oyat kuchaydi. Ifodada to ‘ liq erkinlikka intilish istagi o ‘ zbek modern 
she ’ riyatida yangi shakllarga ehtiyoj uyg ‘ otganligi uchun shakliy 
imkoniyatlarni kengaytirish yo ‘ lidan borilmoqda.      SHAKL VAM MAZMUB UYG’UNLIGI
Mazmun va shakl-falsafiy tushunchalar. Mazmun narsalarni aynan shu narsa sifatida 
ifodalovchi muhim element va o ’ zgarishlarning yig ’ indisidir.Shakl mazmunning mavjudlik 
usulini, ichki tuzilishini ifodalaydi. Obyektiv olamda narsa va hodisalarga oid bo ’ lmagan sof 
mazmun ham, sof shakl ham yo ’ q. Muayyan mazmun hamisha muayyan shaklda 
ifodalanganidek, muayyan shakl ham muayyan mazmunga egadir. Borliqdagi har bir narsa 
o ’ zining mazmuni va shakl birligi tufayli mavjud. Mazmun o ’ z mohiyatiga ko ’ ra, shaklga 
nisbatan yetakchi o ’ rin tutadi. Shakl esa, aksincha, mazmunni ifodalaydi. Shakl mazmunga 
mos kelishi lozim, mos kelmasa ular o ’ rtasida ziddiyat paydo bo ’ ladi, bu ziddiyat eski shaklni 
yangi mazmunga mos yangi shakl bilan almashish orqali hal qilinadi. Badiiy adabiyotda 
mazmun bilan shakl birligi va mutanosibligi adabiyot nazariyasining bosh masalasidan biri 
hisoblanadi. Mazmunsiz shakl bo ’ lmaganidek, shaklsiz mazmun ham bo ’ lmaydi. Har qanday 
shakl mazmunlashganidek, har qanday mazmun shakllashganda to ’ la voqe bo ’ ladi. Mazmun-
badiiy asarning hamma qismlarini belgilovchi, uyushtiruvchi asos. Badiiy adabiyotda 
mazmun-jonli hayot, uning xilma-xil qirralari, murakkabligi, boyligi va go ’ zalligidir. Har 
qanday g ’ oya badiiy asarning mazmunini tashkil eta olmaydi, u faqat badiiy xususiyatga 
egaligi, inson, jamiyat uchun ahamiyatliligi bilan barchani qiziqtira olgan g ’ oyalargina badiiy 
asar mazmunini tashkil etadi. Badiiy shakl ham mazmunga nisbatan farqsiz hodisa emas. 
Chunki har qanday g ’ oya hayotning o ’ zida aniq hayotiy hodisa shaklida namoyon bo ’ ladi, bu 
hodisaning shaklini mazmundan ajratib bo ’ lmaydi.             O‘zbek adabiyotiga modernizmning kirib kelishi yoki ta’siri borasida 
olimlarimizning qarashlari turlicha. Xususan, professor U.Normatov o‘tgan 
asrning 20-yillarida  Cho‘lpon, Qodiriy, Fitrat, Botu, Oybek  kabi ijodkorlar G‘arb 
modernizmidan kuchli ta’sirlanganini ta’kidlab o‘tadi. Filologiya fanlari 
nomzodi M.Yo‘ldosheva ham o‘z tadqiqotida jadid adabiyotiga xos ba’zi 
xususiyatlar o‘zbek adabiyotida XX asr boshlaridayoq modernizmning bo‘y 
ko‘rsatganidan darak berishini aytadi. M.Xolbekov esa modernizm o‘zbek 
adabiyotiga o‘tgan asrning 80-yillaridagina kirib kelgan degan fikrni ilgari 
suradi. Umuman, modernizmga xos xususiyatlarning adabiyotimiz tarixining 
turli davrlarida uchratish mumkinligini ko‘plab olimlarimiz tasdiqlaydilar. 
Adabiyotshunoslikda yangi hodisaga nisbatan qarashlarning turlicha bo‘lishi 
tabiiy, albatta. Ammo, bizningcha, adabiy yo‘nalishning muayyan davrga 
xosligi unga tegishli xususiyatlarning uchrab turishi bilan emas, balki butun 
bir ijtimoiy guruhning shu yo‘nalishga xos ijodiy kayfiyatda ekani bilan 
belgilanishi kerak. Shu ma’noda, biz M.Xolbekov ko‘rsatgan davr (80-yillar)ni 
o‘zbek adabiyotiga modernizmning kirib kelishi davri deb hisoblaymiz.      XULOSA
Hayot haqiqatidan shu narsa aniqki, shoirning falsafiy tafakkuri, hayotiy 
mushohadasi lirik qahramon, poetik obrazlar, ramzlar vositasida berilsa, davr 
ruhini, xalqning orzu istaklarini, inson kechinmalarini ta’sirchan va yuqimli 
bo‘lishiga imkon yaratiladi. Modern  she’riyatida shunday qilinyapti. Shuningdek, 
bu she’riyatda azaliy an’analarga bo‘ysunadigan ananaviy yo‘nalish va 
bo‘ysunmaydigan yangi yo‘nalish, yangicha usul yuzaga keldi. Hayotdagi, 
insoniyat ruhiyatidagi o‘zgarishlarni bugungi o‘zbek nasri uni qahramonlari 
faoliyatida badiiy aks ettirishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan va yorityapti. 
Shuningdek, u imon va e’tiqod, axloq, ma’naviyatga, milliylikka katta e’tibor 
beryapti. Bugungi kun adabiyoti kechagi adabiyotdan bir qancha xususiyati 
bilan farq qiladi. Ya’ni, odamning qalb iztiroblari, quvonchlarining betakror tahlili 
va ruhiyatining turfa ko‘rinishlari obrazlarda tasviranadi hamda voqea-hodisalar 
tasvirining batafsilligi, ularning har biri maqsad sari yo‘naltirilganligi, 
qahramonlarning o‘ta milliy va individuallashganligi, bozor iqtisodining 
mohiyatini ochib berishi bilan o‘ziga xoslikka ega. Agar umumlashtirib aytsak, 
voqea-hodisadan ko‘ra, insonning, uning qalbi tahlili birinchi o‘ringa chiqqanligi 
bilan ajralib turadi. Buni ijodkorlarning yuqorida ko‘rib o‘tganlarimiz she`riy 
asarlardagi kabi shakliy va mazmuniy mushtaraklikda ifoda etib kelmoqdalar. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib poetik obraz , lirik kechinma, ramziylik, ritm ning  
modern ruhdagi  she’rda muhim o‘rin egallashi, u lar ning tabiati va ifodasi 
murakkab xilma-xilligini ta’kidlash joiz. Bu tushunchaning zamonaviy she’riyatda 
o‘ziga xos ko‘rinish olayotganligini e’tirof etish zarur.          
 

MODERN IZM O’zbek adabiyotida modern she’riyat takomuli

Reja  Kirish: O’zbek modern she’riyati: tarqaqqiyot va rivojlanish bosqichlari.  A sosiy qism:  Modern she’riyatida poetik tafakkur va badiiy mahorat  Mustaqillik davri modern she’riyatida shakl va mazmun uyg’unligi  Hozzirgi davr modern she’riyatida syujet va kompozitsion yaxlitlik  X ulosa.

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida F.Nitsshe, Z.Freyd, A.Bergson, K.Yung kabi faylasuf va ruhshunoslarning qarashlaridan ta’sirlangan bir guruh ijodkorlar yangicha – modernizm yo‘nalishiga asos soladilar. Dastlab Yevropa madaniyatida keng tarqalgan mazkur yo‘nalish XX asrga kelib butun dunyoda ommalasha boshladi. Modernizm jahonda globallashuv jarayonlari boshlanayotgan bir vaqtda siyosiy, madaniy, iqtisodiy omillar o‘zaro kesishgan nuqtada vujudga keladi.

1. 80-yillarga kelib zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi ba’zi o‘rinlarda rangtasvirning modernizm yo‘nalishiga xos unsurlar qo‘llanila boshlandi. Bunday o‘ziga xoslikning ilk namunalarini Rauf Parfi “chizgan” manzaralarda ko‘rish mumkin : Yulduzlarning achchiq nurlariga chirmashar, Yular oyning namxush sochlarini Falakka termulib qolgan ko‘zlaring.  

Sa’dullo Quronov “Ifoda va ifodaviylik” nomli adabiy- tanqidiy maqolalar to‘plami va “Egiz san’atlar” nomli monografiyasi nashr qilingan. Sharq yulduzi 1993-yil Zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi modernistik tamoyillarni yaxlit holda tasavvur etishda “O‘zbek modern she’riyati” nomli to‘plam ahamiyatga molik. Mazkur to‘plamda yigirma to‘rt nafar shoirning ijod namunalari jamlangan. To‘plam tuzuvchilari o‘tgan asrning 20–30- va 70-yillarida she’riyatimizda modernizmga xos xususiyatlarning aks etganligini qayd etsalar-da, kitobga 80-yillarga kelib ijod eta boshlagan shoirlarning she’rlarini kiritadilar. Kitob mundarijasi shoir Abduvali Qutbiddin asarlari bilan boshlanganini hisobga olsak, tuzuvchilar uni o‘zbek modern she’riyatining peshqadami sifatida ko‘radi.