logo

MOYLI EKINLARNING TURLARI VA ULARNING BIOLOGIK HUSUSIYATLARI

Yuklangan vaqt:

12.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2760.513671875 KB
MOYLI EKINLARNING TURLARI VA 
ULARNING BIOLOGIK HUSUSIYATLARI.
Reja:
1. Moyli ekinlar to‘g‘risida ma’lumot.
2. Kungaboqarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva 
biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori.
3. Kunjuning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik 
xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori.
4. Yeryong‘oqning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva 
biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori.              Moyli ekinlar deb, urug‘lari yoki 
mevalarida iste’mol uchun yaroqli, 
o‘simlik moyi beradigan o‘simliklarga 
aytiladi. Moyli o‘simliklarga 
kungaboqar, maxsar, xantal, raps, 
kanakunjut, kunjut, ko‘knori, 
Yeryong‘oq kiradi. Ular turli oilalarga 
mansub o‘simliklardir. Moyli 
o‘simliklarning xalq xo‘jaligida 
ahamiyati katta, chunki ularning 
urug‘idan (mevasidan) yog‘ olinadi. 
Moyli o‘simliklardan tashqari yog‘ yana 
tolali o‘simliklardan              O‘simlik yog‘i oziq-ovqat, konserva sanoatda, to‘qimachilik, sovun 
olishda, bo‘yoq ishlab chiqarishda, terichilik, tabobat, parfyumeriya 
sanoatida qo‘llaniladi. Urug‘lardan yog‘ olishda hosil bo‘ladigan 
chiqindilardan kunjara tayyorlanadi, qishloq xo‘jalik hayvonlari 
uchun qimmatli oziq hisoblanadi. Kanakunjut chiqindisi 
plastmassa, kley, kazein tayyorlashda ishlatiladi.
Ma’lumki, kundalik insonlar hayotida faqat ikki xil moy ishlatiladi, 
bular o‘simlik va hayvon moyi. Ammo, iqlim, agrotexnik 
tadbirlarga qarab o‘simlik moyi 10 martadan 20 martagacha hayvon 
moyini yetishtirishga qaraganda arzonga tushadi. Hayvonlardan 
olinadigan moylarning tannarxi hamma vaqt yuqori bo‘ladi. 
O‘simlik moyi hazm bo‘lish jihatidan ham hayvon moyiga 
qaraganda yengil hisoblanadi, hamda, tarkibida xolesterin moddasi 
yo‘q.              O‘zbekistonda, lalmi sharoitda zig‘ir, kunjut va maxsar ekib 
kelinmoqda. Sug‘oriladigan maydonlarda takroriy ekin sifatida 
kunjut, Yeryong‘oq va soyani ekish mumkin. Mamlakatimizda 
asosiy moy beruvchi xom ashyo chigit hisoblanadi, garchand u moy 
olish uchun ekilmasada. Tolasi ajratib olingan chigitlar respublika 
aholisini moy bilan ta’minlovchi asosiy xomashyo hisoblanadi.              Kungaboqar
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Moyli 
o‘simliklar ichida kungaboqar ekiladigan 
maydon va umumiy hosildorligi bo‘yicha 
birinchi o‘rinda turadi. Urug‘ida 
yog‘ning miqdori yuqori bo‘lib 52-57% 
tashkil etadi. Uning yog‘i och sariq 
rangli, yaxshi sifatli, oson hazm bo‘ladi. 
Yog‘i oziq-ovqat sanoatining hamma 
sohalarida: margarin, non, shirin 
kulchalar tayyorlashda, konserva ishlab 
chiqarishda, lak-bo‘yoq sanoatida, sovun 
pishirishda, linoleum, klyonka olishda 
qo‘llaniladi.              Botanik xususiyatlari. Kungaboqar (Helanthus annus L) bir yillik 
o‘simlik bo‘lib astradoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub. Ikki 
turga bo‘linadi: madaniy kungaboqar (H.Cultus Wenzl.) va 
yovvoiyi kungaboqar (H.Ruderalis Wenzl). Madaniy kungaboqar 
yana 2 turga bo‘linadi: madaniy kungaboqarga va dekorativ 
kungaboqarga. Madaniy kungaboqarning ildiz sistemasi o‘q ildiz 
bo‘lib, uzunligi 2,5-4 m bo‘lib, yoniga 1,0-1,2 m ga taraladi. 
Poyasi silindrsimon bo‘lib, ichi oq po‘kak massa bilan to‘lgan 
bo‘ladi, ustki qismi qattiq tuklar bilan qoplangan bo‘lib, uzunligi 
0,6-2 mm ni tashkil etadi. Mevasi-to‘rt qirrali pista, ayrim 
navlarida urug‘ida pansir yoki qalqon bor. Bu nav 
zararlanmaydi.bo‘ladi. Urug‘ining rangi qora, kulrang, oq. 1000 ta 
urug‘ining massasi 45 dan 125 g gacha bo‘ladi.              Ekish usuli keng-qatorlab, qator orasi 45-60 sm, ekish chuqurligi bahorda 
4-6 sm, kuzda 5-7 sm ni tashkil etadi. Ekish meyori bahorda ekilganda 6-
8 kg, kuzda 8-10 kg.
O‘g‘itlash.  Ekinlarni parvarishlashda-borona qilinadi, qator orasiga 
ishlov beriladi, 2-4 marta sug‘oriladi, sug‘orish meyori-600-800 
kub.m.ga. O‘g‘itlash meyori: azot-50-100 kg, fosfor 100-150 kg, kaliy 
50-70 kg sof modda hisobida solinadi. Maxsar to‘la yetilganda don 
kombaynlar yordamida yig‘ib olinadi.
Asosiy o‘tmishdoshlar -kuzgi don ekinlari, don-dukkakli ekinlar, texnika 
ekinlaridan bo‘shagan yerlarga ekiladi.

MOYLI EKINLARNING TURLARI VA ULARNING BIOLOGIK HUSUSIYATLARI. Reja: 1. Moyli ekinlar to‘g‘risida ma’lumot. 2. Kungaboqarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 3. Kunjuning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 4. Yeryong‘oqning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori.

Moyli ekinlar deb, urug‘lari yoki mevalarida iste’mol uchun yaroqli, o‘simlik moyi beradigan o‘simliklarga aytiladi. Moyli o‘simliklarga kungaboqar, maxsar, xantal, raps, kanakunjut, kunjut, ko‘knori, Yeryong‘oq kiradi. Ular turli oilalarga mansub o‘simliklardir. Moyli o‘simliklarning xalq xo‘jaligida ahamiyati katta, chunki ularning urug‘idan (mevasidan) yog‘ olinadi. Moyli o‘simliklardan tashqari yog‘ yana tolali o‘simliklardan

O‘simlik yog‘i oziq-ovqat, konserva sanoatda, to‘qimachilik, sovun olishda, bo‘yoq ishlab chiqarishda, terichilik, tabobat, parfyumeriya sanoatida qo‘llaniladi. Urug‘lardan yog‘ olishda hosil bo‘ladigan chiqindilardan kunjara tayyorlanadi, qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun qimmatli oziq hisoblanadi. Kanakunjut chiqindisi plastmassa, kley, kazein tayyorlashda ishlatiladi. Ma’lumki, kundalik insonlar hayotida faqat ikki xil moy ishlatiladi, bular o‘simlik va hayvon moyi. Ammo, iqlim, agrotexnik tadbirlarga qarab o‘simlik moyi 10 martadan 20 martagacha hayvon moyini yetishtirishga qaraganda arzonga tushadi. Hayvonlardan olinadigan moylarning tannarxi hamma vaqt yuqori bo‘ladi. O‘simlik moyi hazm bo‘lish jihatidan ham hayvon moyiga qaraganda yengil hisoblanadi, hamda, tarkibida xolesterin moddasi yo‘q.

O‘zbekistonda, lalmi sharoitda zig‘ir, kunjut va maxsar ekib kelinmoqda. Sug‘oriladigan maydonlarda takroriy ekin sifatida kunjut, Yeryong‘oq va soyani ekish mumkin. Mamlakatimizda asosiy moy beruvchi xom ashyo chigit hisoblanadi, garchand u moy olish uchun ekilmasada. Tolasi ajratib olingan chigitlar respublika aholisini moy bilan ta’minlovchi asosiy xomashyo hisoblanadi.

Kungaboqar Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Moyli o‘simliklar ichida kungaboqar ekiladigan maydon va umumiy hosildorligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Urug‘ida yog‘ning miqdori yuqori bo‘lib 52-57% tashkil etadi. Uning yog‘i och sariq rangli, yaxshi sifatli, oson hazm bo‘ladi. Yog‘i oziq-ovqat sanoatining hamma sohalarida: margarin, non, shirin kulchalar tayyorlashda, konserva ishlab chiqarishda, lak-bo‘yoq sanoatida, sovun pishirishda, linoleum, klyonka olishda qo‘llaniladi.