logo

YONISH JARAYONI, UNING TURLARI VA HUSUSIYATLARI

Yuklangan vaqt:

12.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4244.5 KB
  1. Yo nish jarayoni
2. Yo nish turlari va  xususiyatlari.  TAYANCH SО‘Z VA IBORALAR:      Yo nish
  deb   yonuvchi moddalardagi murakkab oksidlanish 
jarayonida bir moddadan ikkinchi 
moddaga aylanishi, katta miqdorda 
issiqlik va nurlanish ajralishi
  bilan kechadigan hodisaga aytiladi.    2.Yondiruvc
hi muhit;1.Yonuvchi 
modda YONISH 
BO‘LISHI UCHUN 
ASOSAN UCH 
OMIL:
3. OKSIDLOV
CHI MODDA  .
Qizdirish 
jarayoni 
bo‘lishi shart.qattiq, suyuq 
yoki 
gazsimon, uchqun,ochiq 
alanga va
cho'g'langan 
narsa  Yo nuvchi  modda  deyarli  hamma  joyda  bor:  bular  h ar  xil 
yog‘och  mahsulotlari  va  jihozlari,  qog‘oz  mahsulotlari, 
ximiyaviy  moddalar,  yonuvchi  suyuqliklar  va  umumiy  har 
qanday  organik  moddalar  yonadi.  Yo ndiruvchi  muhit  bu  bizni 
o‘rab turgan havo tarkibidagi kislorod bo‘lib, u ham hamma vaqt 
mavjud.  Shuni  aytish  kerakki,  havodagi  kislorod  miqdori  15 
%dan  yuqori  bo'lgandagina  oksidlovchi  vazifasini  bajara  oladi, 
undan  past  konsentratsiyada  esa  yonish  sodir  bo'lmaydi.  Ba’zi 
bir  hollarda  yonish  jarayoni  xlor,  brom  kabi  oksidlovchilar 
muhitida  ham  ro‘y  berishi  mumkin.  Endi  qizdirish  jarayoni 
bo‘lsa,  yonish  reaksiyasi  vujudga  keladi.  Buning  uchun  ma’lum 
miqdorda  qizdirish  manba’i  bo‘lishi  kerak.  Reaksiya 
boshlangandan  keyin,  reaksiya  natijasida  hosil  bo‘lgan  isiqlik 
yonishning  davom  etishini  ta’minlaydi.Shuning  uchun 
yonayotgan  zona  alangalanish  manba’i  va  yonish  zonasi 
hisoblanadi.  Bu  zona  harorati  qancha  katta  bo‘lsa,  yonish 
shuncha tez bo‘ladi.    
Birinchisida   qattiq  jismlari  yonish  jarayonida 
yonayotgan  modda  havo  muhitidan  ajralgan  holda 
bo‘ladi.  Kislorod  bilan  birikish  yonish  zonasidagi 
issiqlik  natijasida  o‘tadi  va  bu  birikkan  modda  (yoki 
yonish  mahsuloti)  qizigan  holatda  yuqoriga  qarab 
yo‘naladi  va  o‘z  o‘rniga  havo  bilan  kislorodni  kirishiga 
sababchi  bo‘ladi  va  bu  holat  yonuvchi  modda  tamom 
bo‘lguncha  davom  etishi  mumkin.  Bu  yonish  havo 
harakati  natijasida  yonish  zonasini  kislorod  bilan 
ta’minlaganligi  uchun    diffuziya  yonishi  deb  yuritiladi. 
Bunday  yonish  yog‘och,  ko‘mir,  sham  va  boshqalar   
yonganda kuzatish mumkin.   Yo nishning  ikkinchi   xili  yonuvchi  gazlar, 
yonuvchi  suyuqliklarning  parlari  va  yonuvchi 
moddalarning  changlari  havo  bilan  aralashgan 
holatdagi  yonishi  bu  kinetik  yonish  deb  ataladi.       
Bunday  yonish  hajmiy  yonish  jarayonida  o‘tadi, 
ya’ni  shu  ma’lum  hajmdagi  modda  baravar  yonadi.  
yonish tezligi modda konsentratsiyasiga, haroratiga  
bog‘liq  bo‘ladi.  Agar  bunday  yonish  yopiq 
hajmlarda  yoki  idishlarda  bo‘lsa,  portlash  hodisasi 
ro‘y beradi.  Yong‘inlar asosan diffuziya tartibida 
bo‘ladi.     Yonish jarayonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘lish 
mumkin:

1)  Chaqnash   -  yonuvchi  aralashmaning  bir  lahzada  yonib, 
o‘chishi.  Bunda  yonishning  davom  etishi  uchun  aralashma 
tayyorlanishining imkoniyati yo‘q. 

2)  Y onish  - qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi. 

3)  Alangalanish  - yonishning alanga olib davom etishi. 

4)  O‘z-o‘zidan  y onish   -  moddalar  ichida  asosan  organik 
moddalarda  ro‘y  beradigan  ekzotermik  reaksiyalar  natijasida, 
tashqaridan  qizdirishsiz  yonuvchi  aralashmaning  o‘z-o‘zidan 
yonib ketishi. 

5)  O‘z-o‘zidan  alangalanish   o‘z-o‘zidan  yonishning  alanga 
bilan davom etishi. 

6)  Port lash   -  o‘ta  tez  yonish  ximiyaviy  jarayonining  bosim  va 
energiya hosil qilish bilan o‘tishi.                      Yonuvchi  modda  ma’lum  haroratda  o‘zidan 
yonuvchi   parlar  ajratib  chiqarishi  natijasida  muqim 
alangalanish  ta’minlansa,  bu  harorati  alangalanish  
harorati deb yuritiladi. 
                  Ba’zi  bir,  asosan  organik  moddalar  (torf,  qipiq, 
paxta,  ba’zi  bir  ko‘mir  mahsulotlari,  qora  mollarning 
chiqindilari)  o‘z-o‘zidan yonib ketish xususiyatiga ega.    
          Chunki bu materiallar g‘ovak asosga ega bo‘lganligi 
sababli  oksidlanishi  mumkin  bo‘lgan  yuzasi  juda  katta 
bo‘lganligidan, agar bu moddalar ochiq joylarda ma’lum 
miqdorda  yig‘ilib  qolsa,  ob-havo  sharoiti  ta’sirida  qizib 
yonib ketadi.
                  Buning  asosiy  sababi  organik  moddalar 
namlanganda  uning  ichki  qismida  mikroorganizmlar 
rivojlanadi  va  ularning  rivojlanishi  natijasida  issiqlik 
ajralib  chiqadi,  bu  hodisani  organik  moddalarning  o‘z-
o‘zidan  qizish protsessi  deb ataladi.                    Chaqnash  qattiq  va  suyuq  moddalarning  tepasida  hosil 
bo’ladigan  bug’  fazasining  yondiruvchi  manba  ta’sirida  tez  yonib 
tugash  jarayonidir.  Bug’  faza  moddaga  issiqlik  ta’siri  ostida, 
temperaturasining  o’zgarishiga  bog’liq  holda,  yuzaga  keladi. 
Chaqnash bilan yonish jarayoni to’xtaydi, chunki bug’lar tez yonib 
tugaydi  va  siqilgan  gazlar  hosil  bo’lmaydi.
Agarda  bug’  hosil  bo’lish  jarayoni  tezligi  katta  bo’lsa  yonish 
jarayoni  to’xtamasligi  mumkin.  Chaqnash  chaqnash 
temperaturasi  bilan xarakterlanadi. 
           Yo nuvchi moddaning tepasida yondiruvchi manba ta’siri ostida 
chaqnab  ketadigan  bug’    va  gazlar  hosil  qiluvchi  shu  moddaning 
eng  kichik  temperaturasiga  –  chaqnash  temperaturasi  deyiladi. 
     
1. Chaqnash temperaturasi 61 ºS gacha bo’lgan suyuqliklar – 
yengil alangalanadigan suyuqliklar (YeAS) deb ataladi;
2. Chaqnash temperaturasi 61 ºS dan katta bo’lgan suyuqliklar – 
yonuvchi suyuqliklar (YoS) deb ataladi.
 masalan, atseton (-17 ºS),
      benzol (-12 ºS), 
     benzin (-17...+44 ºS),
 kerosin, spirt, dizel yoqilg’isi va boshqalar kiradi.
     Yonuvchi suyuqliklarga o’simlik moyi, tormoz suyuqligi, 
mazut va boshqalar kiradi.              Tashqi  yondiruvchi  manbaning ,  masalan ,  ochiq 
alanga  yoki  uchqunning  mahalliy  ta ’ siri  ostida 
yonuvchi  moddaning  alanga  chiqarib  turg ’ un 
yonishi  boshlanishiga  alangalanish  deb  aytiladi . 
Yonish  jarayoni  bug ’  hosil  bo ’ lish  jarayoni 
to ’ xtamaguncha ,  yondiruvchi  manba  olinganda 
ham ,  to ’ xtovsiz  davom  etadi .  Alangalanish 
alangalanish temperaturasi  bilan xarakterlanadi.
            Alangalanish  temperaturasi  chaqnash 
temperaturasidan  yengil  alangalanadigan 
suyuqliklar  uchun  2...5ºS,  Yonuvchi  suyuqliklar 
uchun 5...30 ºS ga katta.
              Bunda  yonuvchi  modda  oldin  tashqi  issiqlik  manbaidan  
(ochiq  alangasiz)  isiydi,  ma’lum  bir  temperaturadan 
boshlab  o’zini   o’zi  isitishga  o’tadi  va  keyin  esa  yonish 
jarayoni  boshlanadi.   O’z-o’zidan  alangalanish  o’z-o’zidan 
alangalanish  temperaturasi  bilan  xarakterlanadi.  O’z 
o’zidan  alangalanish  temperaturasi  moddadagi  ekzotermik 
reaksiyaning  birdan  tezlashib  ketishini  ta’minlaydigan  eng 
kichik temperaturadir. 
      Yonuvchi tizimning tavsifi uchun o’z-o’zidan alangalanish 
temperaturasi  katta  ahamiyatga  ega.   Bu  temperatura 
yonuvchi  modda  turiga ,  reaksiya  tezligiga ,  issiqlik  uzatish 
shartlariga ,  bosimga ,  aralashma  konsentratsiyasiga  va 
boshqa omillarga bog ’ liq ravishda o ’ zgaradi.
 
    Masalan, yog’och uchun - 250...400 ºS,
toshko’mir uchun – 350...600 ºS, 
Kerosin uchun – 230...500 ºS, 
benzin uchun – 240...500 ºS, 
ruberoid uchun – 400 ºS teng.                O’z-o’zidan  yonish  -  yonuvchi  moddadagi 
ekzotermik  reaksiya  tufayli  hosil  bo’ladigan 
issiqlik  natijasida  moddaning  isishi  va 
o’zo’zidan  yonib  ketishidir.  Ekzotermik 
reaksiya  moddadagi  fizik-kimyoviy  va 
biologik jarayonlar natijasida paydo bo’ladi.
            O’z-o’zidan  o’simlik  moyi,  hayvonlar 
yog’i,  ko’mir,  don,  torf  va  boshqa  moddalar 
yonib ketishi mumkin.                    Faraz  qilaylik  idishda  V  hajmida  yonuvchi  gaz,  yoki 
parlanib  yonuvchi  gaz  holatida  kelgan  suyuqlik  havo 
bilan  birga  to‘ldirilgan  bo‘lsin.  Shu  xonadagi  harrorat  va 
atmosfera  bosimida  havo  bilan  to‘ldirilgan  yonuvchi  gaz 
yoki  parlangan  suyuqlik  o‘rtasida  hech  qanday  reaksiya 
bo‘lmaydi.  Ma’lumki  reaksiya  jarayoni  faqatgina  harorat 
ko‘tarilishi  bilan  ro‘yobga  chiqadi.  Agar  biz  idish 
haroratini  asta-sekin  ko‘tara  borsak,  ya’ni  idishni 
qirdirsak,  unda  aralashma  harorati  ham  ko‘tarila  boradi, 
bu  bilan  reaksiya  tezligi  ham  ortaboradi  va  o‘z  navbatida 
reaksiya  natijasida  ajralib  chiqaytgan  issiqlik  ham 
ortaboradi.  Berilayotgan  issiqlikka  n isbatan  ajralib 
chiqayotgan  issiqlik  miqdori  quyidagi  formula  asosida 
bo‘ladi.    q
1 = Q V K C 
 e  –E/(RT)

Bu erda q
1  - issiqlik ajralish tezligi: 

Q - gaz yonganda ajraladigan issiqlik;

  V - yonuvchi aralashmaning hajmi; 

K - reaksiya  tezligi konstantasi; 

S - reaksiyaga kirishuvchi moddalar 
konsentratsiyasi; 

   - reaksiya tartibi; 

E - aktivatsiya energiyasi; 

R - gazning universal o‘zgarmas miqdori: 

T - aralashma harorati.
                Har   xil  moddalar  uchun  o‘z-o‘zidan 
alangalanish  harorati  har  xil  bo‘ladi  va  ba’zan 
keskin  farq  qiladi.  Masalаn  A-72  benzinining  o‘z-
o‘zidan  alangalarini  harorati  255  o
S  ga,  qayin 
yog‘ochiniki 400  o
S, linoleumniki 411  o
S ga teng.                      Portlash  yonuvchi  moddaning  juda  katta  bosim  va 
energiya  hosil   qilib  juda  qisqa  vaqt  davomida  yonish 
jarayonidir.
                    Changli  aerozolning  alangalanishi  va  alanganing 
tarqalishi  faqat  ma’lum  bir   konsentratsiyalarda  yuz 
beradi.  Bu  kattalik  alangalanishning  (portlashning)  
pastki  konsentratsiya  chegarasi  (APKCh)  deb  ataladi, va 
u  changning  yong’in   va  portlash  xavfini  tavsiflovchidir. 
U  changning  havodagi  og’irlik  bo’yicha  yonib   ketishi 
mumkin  bo’lgan  eng  kichik  konsentratsiyasini  (g/m3) 
belgilaydi .
    1. Yonish deb nimaga aytiladi?
2. Yondiruvchi manbalarning qanaqa turlari bor?
3. Yonish jarayonida oksidlovchi qanaqa rol o’ynaydi?
4. Yonish jarayoni yuzaga kelishi uchun qanaqa shart – 
sharoitlar mavjud bo’lishi kerak?
5. Yonishning qanaqa turlari bor?
6. Modda va materiallarning portlash va yonuvchanlik 
xususiyatlarini aniqlovchi qanaqa ko’rsatkichlar bor?
7. Yonuvchi suyuqliklarning yong’in xavfi qanaqa 
kattaliklar bo’yicha olib boriladi?
8. Qattiq moddalarning yong’in xavfi qanaqa kattaliklar 
bo’yicha olib boriladi?

1. Yo nish jarayoni 2. Yo nish turlari va xususiyatlari.

TAYANCH SО‘Z VA IBORALAR:

Yo nish deb yonuvchi moddalardagi murakkab oksidlanish jarayonida bir moddadan ikkinchi moddaga aylanishi, katta miqdorda issiqlik va nurlanish ajralishi bilan kechadigan hodisaga aytiladi.

2.Yondiruvc hi muhit;1.Yonuvchi modda YONISH BO‘LISHI UCHUN ASOSAN UCH OMIL: 3. OKSIDLOV CHI MODDA . Qizdirish jarayoni bo‘lishi shart.qattiq, suyuq yoki gazsimon, uchqun,ochiq alanga va cho'g'langan narsa