MTMda turli gruhlarda tabiat burchagini tashkil qilish
Mavzu: MTMda turli gruhlarda tabiat burchagini tashkil qilish
reja: 1 Tabiat burchagining ta'lim tarbiyaviy ahamiyati 2 Tabiat burchagiga qòyiladigan talablar 3 Tabiat burchagining Foydali taraflari
MTMDA Maktabgacha ta'lim muassasasi binolarida tabiiy hududlarni tashkil etishning mazmuni va xususiyatlari. Tabiat bola uchun ma’naviy boyitishning bitmas-tuganmas manbaidir. Bolalar doimo tabiat bilan aloqada bo'lishadi. Hayvonot dunyosining xilma-xilligi qiziqish uyg'otadi, bolalarni mehnatga undaydi. Tabiat bilan uchrashish ularda tevarak-atrof haqida real bilimlarni shakllantirishga, tirik mavjudotlarga insonparvarlik munosabatini tarbiyalashga yordam beradi.
Tarbiyaviy ahamiyati Tabiat burchagining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. MTMda jonli tabiat burchagining bo‘lishi bolalarni tabiat bilan ko‘rgazmali va amaliy tanishtirishning zarur sharoiglardan biridir. Bolalarning ekskursiya yoki uy sharoitidagi kuzatishlari qisqa muddatlidir. Tabiat burchagida esa, bolalar yil boyi xayvon va O‘simliklar oldiga kelishlari va O‘simliklarni tarbiyachining topshirigi asosida uzoq muddat kuzatishlar mumkin. Bu esa bolalar uchun laboratoriya vazifasini o’taydi. Tabiat burchagining ta’limiy ahamiyati shundaki, bolalar O‘simliklarning nomlari, qismlari, rivojlanish jarayonlarini kuzatadilar. Ularning issiqlikka, yorug‘likka, suvga bo‘lgan talab jarayonlarini o‘rganadilar. O‘simlikni parvarish qilish uchun sarflanadigan mehnat turi bilan tanishadilar.