Muhabbatnoma’ matnidagi so’zlarning o’zaro bog’lanishi
Mavzu:,,Muhabbatnoma’’matnidagi so’zlarning o’zaro bog’lanishi. • Reja: 1. ,,Muhabbatnoma’’ asari haqida. 2. ,,Muhabbatnoma ‘’asarining til xususiyatlari. 3. Asarda so’zlarning o’zaro bog’lanishi.
“ ”14-asrga kelib,o’zbek tilining mavqeyi ancha oshdi va bu tilda ko’plab asarlar yaratildi.Bu asarlar,asosan,xalq tilida yaratildi.Bu narsa noma va qissalarda o’z aksini topdi.Xorazmiyning ‘’Muhabbatnoma’’si shunday asarlar sirasiga kiradi.Xorazmiy — shoirning taxallusi hisoblanadi,u haqida tarixiy ma’lumotlar yo’q.Faqatgina asarning muqaddima Va xotimasida uning hayotiga doir ba’zi ma’lumotlar uchraydi. Bizgacha ‘’Muhabbatnoma’’ning arab va uyg’ur yozuvidagi nusxalari saqlangan,ular til jihatidan bir-biridan farq qiladi.Asarning uyg’ur yozuvidagi nusxasi 1959-yilda A.M.Shcherbak tomonidan,arab yozuvidagi nusxasi esa E.Najip tomomidan nashr qilingan.
,,Muhabbatnoma,,asari 11 nomadan iborat bo’lib,8 tasi o’zbek tilida 3 tasi forsiy tilda yozilgan.Forscha nomalarning sarlavhalari o zbekcha,shuningdek,forscha nomalarni xotimalavchi baytlat ham o’zbekcha hisoblanadi. Xorazmiy asarning xalqqa tushunarli bo’lishi uchun o’sha davr tilidan ustalik bilan foydalandi.Shoir xalq tiliga xos o’xshatishni metafora va jonlantirish bilan bog’lab bera oldi: Shakkarmu eriningiz yā qand, yā jān, Uyalur la’lingizdin ābi hayvān.
O’zbek tili boyliklaridan yaxshi foydalangan shoir,omonim so’zlar bilan so’z o’yinlari yaratdi: Ashar yeldin sening yelganda ating, Quyash yang’liq jahanni tutti ating,(at-ot, at- nom). Bo’yung sarvu sanubartek belimg qil Vafa qilg’an kishilarg’a vafa qil.(qil-soch tolasi,qil- qilmoq).
Til xususiyatlari jihatdan, ,,Muhabbatnoma,,da aralash unsurlarni,ya’ni g’arbiy va janubiy tillarga xos xususiyatlar uchraydi.Masalan jo’nalish kelishigi uchun g’a, gə ,qa, kə affiksi formalaridan tashqari a,ə ham ancha keng qo’llangan. Masalan: elingə (qo’liga), goharina (gavhariga) mukina (mulkiga), dilistona (dilistonga), tana (tanga) kabi.