Jahon tilshunosligida qo‘shma gap talqini
Reja: 1.Jahon tilshunosligida qo‘shma gap talqini 2.Rus tilshunosligida qo‘shma gapga oid qarashlar 3.A. M. Peterson va M. A. Peshkovskiyning qo‘shma gapga doir tadqiqotlari Tilshunoslik fanida qo’shma gap mavzusi azaldan muammoli bo’lib keldi va bugungi kunda ham uni muammolardan holi deb bo’lmaydi.Buning asosiy boisi shundaki,qo’shma gap fikr ifodasi sintaktik shaklning eng yuqori va murakkab pog’onalardan birini tashkil etadi.
Jahon tilshunosligida qo’shma gap talqiniga bag’ishlangan ilmiy monografik tadqiqotlar ko’p bo’lishiga qaramay,bu sohada hali yechilmagan jumboqlar anchagina. Ular jumlasiga qo’shma gap tarkibiy qismlarining nomlanishi, ularning tub strukturaga munosabati,tarkibiy qismlarning o’zaro bog’lanishini ta’minlovchi Grammatik va ekstralingvistik omillarning funksional salmog’ini aniqlash,qo’shma gapning ustpredikativ belgisi,uning sintaktik derivatsiyasiga taalluqli muammolarni va umuman,”qo’shma gap” termining qo’llanilishi bilan bog’liq ko’plab munozarali masalalarni kiritish mumkin.
Monografiyada M.N.Peterson sintaksisning iboralar ta’limoti sifatidagi ta’rifini mustahkamladi, rus adabiy tilida iboralar tasnifini yaratdi va rus tili sintaksisini o‘rganishda birinchi bo‘lib statistik yondashuvni qo‘lladi. Peterson tilni sintaktik tavsiflashda quyidagi asosiy vazifalarni ko'rib chiqdi: 1) barcha turdagi iboralarni tavsiflash (tavsif sintaksisi) va 2) ibora turlari va ularning birikmalarining kelib chiqishini aniqlash, iboralarning asosiy funktsiyalarini aniqlash va tavsiflash. bu funksiyalarning evolyutsiyasi (tarixiy sintaksis). Bu tamoyillar boshqalar qatori tilning faol, mahsuldor modellarini tilda uning rivojlanishining avvalgi davrlari qoldig‘i sifatida saqlanib qolgan eski elementlardan ajratishni to‘liqroq asoslash imkonini berdi.
Qo’shma gap komponentlarining munosabati turlarini o’rganish XX asrning yigirmanchi yillarida tilshunoslik fanida asosiy mavzulardan biri bo’ldi va bu sohada tilshunoslar o’rtasida ilmiy bahs va munozaralar boshlandi. Jumladan, rus tilshunosligida, M.N. Petersonning “Ocherk sintaksisa ruskogo yazik”nomli asarida qo’shma gap haqida bildirilgan mulohazalari sabab bo’ldi.M.N.Peterson qo’shma gap tarkibiy qismlarining tobe va teng bog’lanishi xususida tilshunoslar tomonidan aytilayotgan fikrlarning g’oyat chalkash va chuqur ilmiy asosga ega emasligini ta’kidlaydi va quyidagilarni yozadi:”Mavjud kriteriyalar bosh gapni tobe gapdan,shuningdek,ergash bog’lanishni teng bog’lanishdan farqlash uchun asos bo’lmaydi.Demak,ergash va teng bog’lanish tushunchalarida lingvistik ma’no yo’q”.
M.N. Peterson nafaqat komponentlarni teng bog’lanishi, balki tarkibiy qismlari ergash bog’lanishli qo’shma gapning ham mavjudligini inkor etadi. Uning fikriga ko’ra, qo’shma gaplarga taalluqli sintaktik tadqiqotlarda teng va ergash bog’lanishlar xususida emas,balki so’z birikmalarining o’zaro munosabati haqida mulohaza yuritish lozim.Bu o’rinda ,albatta ,so’z birikmasi keng ma’noda tushuniladi va gapning ham so’zlarning o’zaro birikuvidan tashkil toppish nazarda tutiladi. Masalaning bunday qo’yilishi, albatta, tilshunoslardan javob kutardi. Mazkur tanqidiy mulohazaga birinchilardan bo’lib, A.M. Peshkovskiy izoh beradi hamda teng va ergash bog’lanish tushunchalarining zamirida lingvistik ma’no borligini atroflichs yoritib berishga harakat qiladi.