Multimediali dastur yaratish texnologiyalari
Multimediali dastur yaratish texnologiyalari
Reja: 1. Multimedia tushunchasi 2. Multimedia ilovalari yaratish texnologiyasi 3. Multimedia ilovalari shakllari 4. Multimedia ilovalari yaratish uchun vositalar
Multimedia atamasining lug’aviy ma’nosi multimuhitni anglatadi. Ammo multimedia tushunchasining aniq ta’rifi mavjud emas. Odatda multimedia deganda turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ayni vaqtda bu avvalo tovushlar, videoelementlarni qayta ishlovchi vositalardir. Shu bilan birga multiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika hollarida ham multimedia haqida gapirish mumkin. Kelajakda multimedia vositalari ma’lumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqelik bilan ishlash imkonini berishi ehtimoldan holi emas.
Tovushlar va videoelementlar (video) bilan ishlash multimedia vositalari deb ataladigan maxsus texnik va uskunaviy qurilmalar bilan amalga oshiriladi. Bunday texnik vositalar bilan jihozlangan komputer multimedia - kompyuter deb ataladi.
Multimediaga mansub texnik vositalar mos ma’lumotni, masalan, tovush va videoelementlarni, taqlidli, uzluksiz shakldan kompyuter tushunadigan raqamli shaklga o’tkazadi. Shu bilan birga saqlangan va qayta ishlangan mos ma’lumotni inson adekvat qabul qila olishi uchun multimedia qiziqtirayotgan raqamlardan zarur obrazlar, masalan tovush va videoelementlar yaratadi.