logo

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

593.703125 KB
Mavzu: Mustaqil O‘zbekiston 
Respublikasining tashkil topishi va uning 
tarixiy ahamiyati.   Reja:

1.  Mustaqillik  arafasida  respublikadagi  ijtimoiy-iqtisodiy 
va siyosiy ahvol.

2. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi.

3.  Mustqail  O’zbekiston  davlatining  yuzaga  kelishi  va 
mustahkamlanishida Islom Karimovning tarixiy hizmatlari.  
  O‘zbekiston  Respublikasining  rahbari 
I.A.  Karimov  1989  yil  20  sentabrda 
Moskvada  bo‘lib  o‘tgan  KPSS  MQ  sining 
plenumida  so‘zlagan  nutqida 
respublikalar  bilan  Ittifoq  o‘rtasidagi 
vakolatlarni  aniq-ravshan  ajratib 
qo‘yishni  ko‘zda  tutadigan  yangi 
shartnoma  ishlab  chiqish  zarurligi 
to‘g‘risida  o‘z  fikrini  bildirib:  „  Biz  Ittifoq 
va  respublikalarning  vazifalarini, 
burchlarini  va  o‘zaro  majburiyatlarini 
aniq-ravshan  belgilab  qo‘yish, 
respublikalar  mustaqilligini  har  jihatdan 
mustahkamlash  tarafdorimiz“,  -  degan 
edi.  
1990  yil  18  iyun  kuni  XII  chaqiriq 
respublika  Oliy  Kengashining  ikkinchi 
sessiyasi  ochildi.  Deputatlarning  taklifi 
bilan  O‘zbekistonning  Mustaqillik 
deklaratsiyasini  qabul  qilish  masalasi 
sessiya  kun  tartibiga  kiritildi.  Oliy 
Kengashning  doimiy  komissiyalari,  faol 
deputatlar  va  huquqshunos  mutaxassislar 
tomonidan  ishlab  chiqilgan  Must aqillik 
deklarat siyasi   matni  sessiyada  qizg‘in 
muhokama  qilindi  va  20-  iyun  kuni  qabul 
qilindi.    Mustaqillik deklaratsiyasi 12 banddan iborat
Unda shuday so’zlar bitilgan. 

O’zbek  xalqining  davlat  qurilishidagi  tarixiy  tajribasi  va 
tarkib  topgan  boy  an’analari,  xar  bir  millatning  o’z  taqdirini 
o’zi belgilash huquqini taminlashdan iborat oliy maqsad haqi, 
har  bir  kishining  farovon  hayot  kechirishini  ta’minlashni  oliy 
maqsad  deb  bilgan  holda,  O’zbekiston  xalqining  kelajagi 
uchun  tarixiy  mas’uliyatni  chuqur  his  etgan  holda,  xalqaro 
huquq  qoidalariga,  umumbashariy  qadriyatlarga  va 
demokratiya  prinsplariga  asoslanib,  O’zbekiston  Sovet 
Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qiladi 
Mustaqillik  deklaratsiyasining  qabul 
qilinishi  mamlakatimizning  tom 
ma’nodagi,  haqiqiy  mustaqillikka  erishish 
yo‘lida  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘ldi. 
Shundan  e’tiboran  mamlakatimizning 
siyosiy,  iqtisodiy  va  ma’naviy  hayotiga  doir 
masalalar  mustaqil  tarzda  hal  etila 
boshlandi. O‘zbekistonning mustaqillik sari 
intilayotgani  uning  yangi  Ittifoq 
shartnomasini  ishlab  chiqish  jara-yoniga 
respublika  manfaati  nuqtayi  nazaridan 
kelib  chiqqan  holda,  qat’iylik  bilan 
yondashayotganida yaqqol namoyon bo‘ldi.  
1991  yil  aprelda  Kiyevda  Ukraina,  Rossiya,  Belarus, 
O‘zbekiston,  Qozog‘iston  Respublikalari  rahbarlarining 
uchrashuvi  bo‘ldi.  Uchrashuvda  mustaqil  respublikalar 
manfaatlariga  mos  keladigan  Ittifoq  shartnomasini 
tuzishga  yondashish  yo‘llari  ishlab  chiqildi  va  tegishli 
bayonot  imzolandi.  Bu  hujjatni  Qirg‘iziston,  Тojikiston, 
Тurkmaniston  Respublikalari  ham  imzolashga  rozilik 
bildirdi.  Markaz  yon  berishga  majbur  bo‘ldi.  1991  yil 
aprelda  Novo-Ogoryovoda  SSSR  Prezidenti 
M.S.Gorbachyovning  9  respublika  rahbarlari  bilan 
uchrashuvi  bo‘ldi.  Ishtirokchilar  tomonidan 
„Mamlakatdagi  vaziyatni  bar-qarorlashtirish  va 
tanglikni  bartaraf  etishga  doir  kechiktirib  bo‘lmaydigan 
choralar  to‘g‘risida  qo‘shma  Bayonot“  imzolandi.  Bu 
hujjat  “9+1”  (9  respublika  +  markaz)  degan  nomni  oldi. 
Uning  mazmuni  markazning  yon  berganini,  Kiyevda 
bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo‘lganini ko‘rsatadi. 
Qaltis  vaziyatda  1991  yil  19  avgustda 
O‘zbekiston  Prezidenti  I.  A.  Karimov 
Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib 
keldi  va  Тoshkent  shahri  faollari  bilan 
uchrashuv  o‘tkazdi.  Uchrashuvda  Prezident 
O‘zbekistonning  nuqtayi  nazarini  bildirib, 
respublikamizda  favqulodda  holat  joriy 
etishga  hojat  yo‘qligi,  O‘zbekistonda  vaziyat 
barqarorligi,  qonunga  xilof  ko‘rsatmalar 
bajarilmasligini  qat’iy  ta’kidladi.  1991  yil  20 
avgust kuni Тoshkentda O‘zbekiston SSR Oliy 
Kengashi  Rayosati  va  O‘zbekiston  Prezidenti 
huzuridagi  Vazirlar  Mahkamasining 
Qoraqalpog‘iston,  viloyatlar  va  Тoshkent 
shahar  rahbarlari  ishtirokidagi  qo‘shma 
majlisi bo‘lib o‘tdi 
O‘zbekiston  Prezidenti  I.  A.  Karimov  1991  yil  20  avgust  kuni 
respublika  aholisiga  o‘zining  murojaatini  e’lon  qildi: 
“Hozircha  mamlakatning  hokimiyat  doiralari  qanday  yo‘l 
bilan,  nimalar  orqali,  qanday  siyosat  orqali  bu  maqsadlarga 
erishish  mumkinligi  haqida  to‘liq,  hozircha  batafsil  ma’lumot 
berganicha  yo‘q.  Bu  ma’lumotlar  bilan  chuqur 
tanishganimizdan  keyingina  bo‘layotgan  o‘zga-rishlarga 
o‘zimizning  munosabatimizni  albatta  bildiramiz“.  Prezident 
xalqqa:  „Biz  birovning  gapiga  kirib  ish  tutmaymiz,  biz  o‘zimiz 
tanlagan  yo‘limizdan  va  belgilab  olgan  maqsadimizdan 
qaytganimiz  yo‘q.  Ishonamanki,  bu  og‘ir  sinovlardan  ham 
eson-omon  o‘tamiz“,  -  deb  murojaat  qildi.  Xalqni  og‘ir 
sinovlardan  o‘tayotgan  bir  paytda  sabr-toqatli,  bardoshli  va 
vazmin  bo‘lishga,  tinchlikni  saqlash  maqsadida  jipslashishga 
chaqirdi. Islom Karimovning Respublika aholisiga murojaatidan. „Sovet O‘zbekistoni“ 
gazetasi, 1991 yil, 21 avgust soni.

1991  yil  21  avgustda  O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti o‘z farmoni bilan 
O‘zbekiston  hududida  hokimiyat  va 
boshqaruv  idoralari,  korxonalar, 
tashkilotlar hamda muassasalarning qabul 
qilgan  barcha  qarorlari  va  ularning  ijrosi 
SSSR  va  O‘zbekiston  SSR 
Konstitutsiyalariga  hamda  qonunlariga, 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining 
qarorlariga so‘zsiz mos kelishi kerak, deb 
belgilab qo‘ydi. 
I. A. Karimov bundan keyin KPSS Markaziy Qo‘mitasi 
Siyosiy  Byurosining  tarkibida  qola  olmasligi 
to‘g‘risida  bayonot  berdi.  Mazkur  Bayonotni 
O‘zbekiston  Kompartiyasi  MQ  byurosi  va  Markaziy 
nazorat  komissiyasi  Rayosati  ma’qulladi.  1991  yil  25 
avgustda  O‘zbekiston  Prezidentining  maxsus  farmoni 
e’lon  qilindi.  Farmonga  binoan  Respublika  ichki  ishlar 
vazirligi  va  Davlat  xavfsizlik  qo‘mitasi  O‘zbekiston 
SSRning  qonuniy  tasarrufiga  olindi.  Respublika 
hududida  joylashgan  SSSR  ichki  ishlar  vazirligining 
ichki  qo‘shinlari  bevosita  O‘zbekiston  Prezidentiga 
bo‘ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat 
xavfsizlik  qo‘mitasi,  prokuraturasi  va  adliya  organlari, 
shuningdek,  respublika  hududida  joylashgan  ichki 
qo‘shinlar,  Тurkiston  harbiy  okrugi  qismlari  va 
qo‘shilmalari partiyadan butunlay xoli qilindi. 
1991  yil  31  avgust  kuni  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Kengashining  navbatdan  tashqari  oltinchi  sessiyasi  bo‘lib  o‘tdi. 
Sessiyada  O‘zbekiston  Prezidenti  I.  A.  Karimov  nutq  so‘zlab,  sobiq 
Ittifoqda  so‘nggi  paytlarda  yuz  bergan  ijtimoiy-siyosiy  voqealarni, 
davlat  to‘ntarishiga  antikonstitutsiyaviy  urinish  oqibatlarini  tahlil 
qilib,  ular  O‘zbekiston  taqdiriga,  xalqimiz  taqdiriga  bevosita 
daxldor  ekanligini  har  tomonlama  asoslab  berdi.  Prezident  I.A. 
Karimov  O‘zbekiston  Respublikasining  Davlat  mustaqilligini  e’lon 
qildi va uni mustaqillik to‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlashni 
taklif etdi.  
Oliy  Kengash  sessiyasi  „ O‘zbekiston 
Respublikasining  Davlat  mustaqilligini 
e’lon  qilish  to‘g‘risida “  Qaror  qabul  qilib, 
O‘zbekiston  Respublikasining  Davlat 
mustaqilligi  to‘g‘risidagi  Oliy  Kengash 
Bayonotini  tasdiqladi  va  respublikani 
bundan  keyin  O‘zbekiston  Respublikasi 
deb atashni belgilab qo‘ydi.

1  sentabr  O‘zbekiston  Respublikasining 
Mustaqillik  kuni  deb  belgilansin  va  1991 
yildan boshlab bu kun bayram va dam olish 
kuni deb e’lon qilinsin. 
Shunday  qilib,  xalqimizning  asriy  orzusi 
ro‘yobga  chiqdi.  Mamlakatimiz,  xalqimiz 
siyosiy  qaramlikdan,  asoratdan  qutuldi. 
Davlat  mustaqilligining  qo‘lga  kiritilishi 
o‘zbek  xalqining  hayotida  muhim  tarixiy 
voqea  bo‘ldi.  Mustaqillik  xalqimizga  o‘z 
taqdirini  o‘zi  belgilash,  o‘zlari  uchun 
munosib  turmush  yaratish  erkinligini  berdi. 
Тarixdan  bizga  ma’lumki,  qadim 
zamonlardan  boshlab  u  yoki  bu 
mintaqalarda  yirik  imperiyalar  vujudga 
kelib,  ko‘plab  xalqlarni  o‘z  manfaatlariga 
bo‘ysundirgan,  asoratga  solgan.  Biroq 
ularning  barchasi  mazlum  xalqlarning 
ozodlik,  mustaqillik  uchun  kurashlari 
natijasida parchalanib ketgan. 
“ Yillar  o‘tishi  bilan,  oldimizga  qo‘ygan 
buyuk  maqsadlar  sari  yurishimizda 
chuqur  va  atroflicha  o‘ylangan,  xalqaro 
maydonda  “o‘zbek  modeli”  deb  tan 
olingan  demokratik  islohotlar  yo‘li 
naqadar  to‘g‘ri  ekanini  hayotimizning 
o‘zi  oqlab,  isbotlab  bermoqda  va  bu 
haqiqatga  bizga  xayrixoh  bo‘lmagan 
mutaxassis  va  ekspertlar,  tegishli 
xalqaro  institutlar  ham  iqror 
bo‘lmoqda”.

O’zbekiston Respublikasi birinchi 
prezidenti Islom KARIMOV  
Dunyoqarashni  nima 
o‘zgart iradi  –  ilm, 
daromad, manfaat .

Sh. Mirziyoyev   E` t iboringiz 
uchun rahmat !!!

Mavzu: Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati.

Reja:  1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol.  2. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi.  3. Mustqail O’zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida Islom Karimovning tarixiy hizmatlari.

 O‘zbekiston Respublikasining rahbari I.A. Karimov 1989 yil 20 sentabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan KPSS MQ sining plenumida so‘zlagan nutqida respublikalar bilan Ittifoq o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib: „ Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz“, - degan edi.

 1990 yil 18 iyun kuni XII chaqiriq respublika Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi bilan O‘zbekistonning Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissiyalari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Must aqillik deklarat siyasi matni sessiyada qizg‘in muhokama qilindi va 20- iyun kuni qabul qilindi.

Mustaqillik deklaratsiyasi 12 banddan iborat Unda shuday so’zlar bitilgan.  O’zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, xar bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini taminlashdan iborat oliy maqsad haqi, har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda, O’zbekiston xalqining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsplariga asoslanib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qiladi