logo

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY SALOHIYATI

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1674.7197265625 KB
O‘ZBEKISTON  
RESPUBLIKA SIN IN G 
IQTISODIY  SA LOHIYATI     
Respublikamiz maydoni 448,9 ming 
kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Uning 
60 foizi qishloq xo‘jaligiga yaroqli 
yerlardir.    2019- yil 1- yanvar holatiga 
mamlakatimiz aholisi 33 million kishidan 
oshib ketdi. Ishchi kuchi resurslari 
aholining deyarli yarmini tashkil qiladi.    O‘zbekiston hududida 2700 dan ortiq foydali 
qazilmalarning istiqbolli konlari topilgan. 
Respublika yer ostidan yiliga qazib olinayotgan 
foydali qazilmalarning qiymati 5,5 milliard 
dollardan ko‘pdir.    
Mamlakatimiz mis zaxiralarining miqdori 
bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda turadi. 
Uranning topilgan zaxiralari uni 50—60 yil 
qazib olishni ta’minlaydi. O‘zbekiston 
aniqlangan uran zaxiralari bo‘yicha dunyoda 
11- o‘rinni, qazib olish bo‘yicha esa 9- o‘rinni 
egallaydi. Respublikamizda 160 dan ortiq gaz, 
neft, ko‘mir konlari qidirib topilgan va 
ochilgan, ularning ko‘pi foydalanishga 
topshirilgan. Ulardan 5 million tonnadan 
ortiq neft va gaz kondensati olinadi. 

Har yili respublikamizda 50 milliard kub 
metrdan ortiq zangori yonilg‘i — gaz olinadi. 

Bir yilda qazib chiqariladigan ko‘mir to‘rt 
million tonnadan ortiqni tashkil etadi. 
O‘zbekistonda qidirib topilgan ko‘mirning 
umumiy zaxiralari 2 milliard tonnadan ko‘p.    
Paxta tozalash , 
mashinasozlik, neftni qayta 
ishlash, rangli metallurgiya, 
energetika, to‘qimachilik, 
gaz, avtomobilsozlik, qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini qayta 
ishlash, elektrotexnika, 
radiotexnika va boshqalar. 
100 dan ortiq tarmoqqa 
mansub 2200 dan ziyod yirik 
ishlab chiqarish korxonalari 
faoliyat ko‘rsatmoqda    
Hozirgi kunda AQSHning “General 
Motors” kompaniyasi bilan 
qilinayotgan hamkorlikda 
“Tracker”, “Gentra”, “Nexia-3”, 
“Malibu” va “Spark”  rusumli jahon 
standartlariga to‘la javob 
beradigan zamonaviy avtomobillar 
ishlab chiqarilmoqda. Samarqand 
shahrida esa “ Isuzu” rusumli o‘rta 
hajmli avtobuslar va yuk 
avtomashinalari hamda “MAN” va 
“KAMAZ” rusumli yirik tonnali yuk 
avtomashinalari  ishlab 
chiqarilmoqda    O‘tgan bir yil ichida YaIM tarkibidagi 
sanoatning ulishi 22,2% dan 26,3% 
gacha ortgan    Respublika energotizimning umumiy 
quvvati 14,15 GVt dan ortiq bo‘lib, bu 
tizim issiqlik va gidravlik elektr 
stansiyalarini o‘z ichiga oladi.    
Rossiyaning  “Rosatom” 
Davlat Korporatsiyasi 
bilan hamkorlikda 
quvvati 24GVt ga teng 
bo‘lgan atom 
elektrostansiyasini 
qurish bo‘yicha qarori 
ulkan ahamiyatga 
egadir.    2018- yil holatiga O‘zbekiston aholisining 
49,5 %i qishloqlarda istiqomat qiladi    
Mamlakat YaIMining 32,4 %i qishloq va 
baliq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. O‘tgan bir 
yil ichida bu ko‘rsatkich 1,6 %ga 
pasaygani kuzatildi. Paxtachilik qishloq 
xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i 
hisoblanadi. Yalpi qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarining 53,2 %i 
dehqonchilikda, 46,8 %i chorvachilikda 
yaratiladi. 

Oxirgi paytlarda yiliga 6 million 
tonnadan ortiq g‘alla yetishtirilmoqda. 
Respublika meva-sabzavot 
mahsulotlari, uzum, pilla, qorako‘l teri, 
jun yetishtirishda MDH mamlakatlari 
orasida yetakchi o‘rinni egallaydi.    Topshiriqlar

1. Mavzuni o`qish

2. 2017-,2019-yildagi 
ko`rsatkichlar orqali ustun 
shaklidagi diagrammada 
tasvirlang

3. Muhim ma’lumotlarni yozish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKA SIN IN G IQTISODIY SA LOHIYATI

Respublikamiz maydoni 448,9 ming kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Uning 60 foizi qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlardir.

2019- yil 1- yanvar holatiga mamlakatimiz aholisi 33 million kishidan oshib ketdi. Ishchi kuchi resurslari aholining deyarli yarmini tashkil qiladi.

O‘zbekiston hududida 2700 dan ortiq foydali qazilmalarning istiqbolli konlari topilgan. Respublika yer ostidan yiliga qazib olinayotgan foydali qazilmalarning qiymati 5,5 milliard dollardan ko‘pdir.

 Mamlakatimiz mis zaxiralarining miqdori bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda turadi. Uranning topilgan zaxiralari uni 50—60 yil qazib olishni ta’minlaydi. O‘zbekiston aniqlangan uran zaxiralari bo‘yicha dunyoda 11- o‘rinni, qazib olish bo‘yicha esa 9- o‘rinni egallaydi. Respublikamizda 160 dan ortiq gaz, neft, ko‘mir konlari qidirib topilgan va ochilgan, ularning ko‘pi foydalanishga topshirilgan. Ulardan 5 million tonnadan ortiq neft va gaz kondensati olinadi.  Har yili respublikamizda 50 milliard kub metrdan ortiq zangori yonilg‘i — gaz olinadi.  Bir yilda qazib chiqariladigan ko‘mir to‘rt million tonnadan ortiqni tashkil etadi. O‘zbekistonda qidirib topilgan ko‘mirning umumiy zaxiralari 2 milliard tonnadan ko‘p.