Nafas olish sistemasi
NAFAS OLISH SISTEMASI
RE JA: Nafas olish aʼzolari. Tashqi burun. Burun bo‘shlig‘i. Xiqildoq. Traxeya, bronxlar: vazifasi va tuzilishi. O‘pka tuzilishi va vazifasi. Plevra tuzilishi.
NAFAS A`ZOLARI TIZIMI. Odam hamma tirik organizmlar singari havo tarkibidan nafas a`zolari yordamida kislorod qabul qilib, nafas orqali karbonat angidrid chiqaradi. Odamning nafas a`zolariga: burun bo`shlig`i, hiqildoq, traxeya, bronx va o`pka kiradi. Bular o`pka alveolariga kislorod etkazib beruvchi yo`l hisoblanadi.
NAFAS A`ZOLARI TIZIMI.BURUN BO`SHLIG`I
Burun bo`shlig`i nafas yo`lining boshlanish qismi bo`lib, oldinda tashqi burundan noksimon teshik orqali havo kirib, orqa tomonda joylashgan xoana orqali burun-hiqildoq yo`liga o`tadi. Burun bo`shlig`i qon tomir va bezlarga boy bo`lgan shilliq qavat bilan qoplangan. SHilliq qavatida kiprikli epiteliy joylashgan. SHilliq qavat ostida ayniqsa vena chigallari yaxshi rivojlangan. Burun bo`shlig`ining yuqori qismidagi shilliq qavatda hidlash nervi uchlari joylashgan. Odatda burun bo`shlig`ining o`rta va pastki qismiga nafas olish bo`lagi deyiladi. Burun bo`shlig`i yon devoridagi chig`anoqlar va uning atrofida joylashgan kovaklar burun bo`shlig`i yuzasini oshirib, nafas olganda burunga kirgan havoning tozalanishini, namlanishini va ilishini ta`minlaydi. Burunga kirish qismi – noksimon teshik oldindan burun suyaklari va tog`oylari bilan chegaralanib, burunning old devorini hosil qiladi. Burunning qanot tog`aylari uchburchak shaklli, bir juft bo`lib, yonbosh qismida burun qanotlarini pastga, burun qirrasini hosil qiladi. Tog`aydan tuzilgan o`rta devor burun teshigini ikkiga ajratadi.