Nikolo Makiavelining Hukmdor asari tarix falsafasi
![Nik olo Mak iav elining
''Huk mdor " asari t arix
falsafasi](/data/documents/ab59b56c-ddcc-4f98-a701-312666c80ad2/page_1.png)
![
Italiyalik faylasuf Makiavelli Florentsiyadagi aslzoda,
ammo uncha boy bo‘lmagan oilada o‘sdi. Uning tarjimai
holida ko‘pgina noaniqliklar mavjud.
Makiavelli 1498 yildan davlat xizmatchisi bo‘lib ishlay
boshladi. Makiavelli garchi yuqori mansablarda ishlamasa-
da, katta siyosatning sir-asrorlarini yaxshi bilardi. 1512 yil
hukumat tepasiga Medichi kelishi bilan Makiavelli
Florentsiyadan quvib chiqarildi. U keyinchalik hibsga
olinib, qiynoqqa solingani haqida ham ma’lumotlar bor.
Makiavelli ham barcha kashfiyotchi ijodkorlar kabi ta’qib
va tazyiqlarga duchor bo‘lgan. Jan Boden va Tommazo
Kampanella birinchi bo‘lib Makiavelli qarashlarini
qoralashgan.](/data/documents/ab59b56c-ddcc-4f98-a701-312666c80ad2/page_2.png)
![
Makiavelli an’anaviy ravishda siyosat olamining faylasufi
hisoblanib kelgan.
Uning quyidagi asarlari ma’lum: «Hukmdor» (1513), «Tit
Liviyning birinchi 10 ta kitobiga doir mulohazalar» (1516-
1517), «Mandragora» (1518), «Harbiy san’at to‘g‘risida»
(1519-1520), «Andriya» (1519), «Katruchcho Kastrakani
hayoti» (1520), «Florentsiya tarixi», «Til haqida so‘zlashuv».
Bularning orasida eng mashhuri «Hukmdor» asaridir. 1559
yilda Makiavellining hamma asarlari ilk «Taqiqlangan
kitoblar ro‘yxati»ga kiritilgan.](/data/documents/ab59b56c-ddcc-4f98-a701-312666c80ad2/page_3.png)
![
Nikkolo Makiavellining " Hukmdor " asari o‘rta asrlarda yaratilgan bo‘lib,
bugungi kungacha siyosatchilar, jamoat arboblari,tadqiqotchilar va falsafaga
qiziquvchilarni o‘ziga jalb qiladi. Yozuvchi o‘z davlat tuzilishi, uni boshqarish
tamoyillari, xalqqa qanday munosabatda bo‘lish haqida tavsiyalar bergan va
fikrlarini bayon etgan. Kitobda ma’lum va mashhur shaxslar, hukmdorlar,
tarixiy voqealar, davlat arboblari hayotidan ko‘plab misollar keltirgan, shu bois
u hamma davrlarda o‘ziga xos qo‘llanma sifatida o‘rganib kelingan.
Harbiy nazariyotchi kuchli davlatning kuchli hukmdori o‘ziga ishonishi, dadil
qaror qbul qilishi, adolatga tayangan holda vaziyatga moslashishi kerak deb
biladi va xuddi shu fazilatlar, Makiavellining fikricha, hukmdor yuritayotgan
siyosatning muvaffaqiyatini tashkil qildai. Asar o‘ta jiddiy mavzuga
bag‘ishlanib, unda o‘ta jiddiy masalalar muhokama qilingan bo‘lsada, ungil
hazil-mutoyibaga ham yo‘g‘rilkanki, kitob bundan besh asr ilgari emas, ayni
bizning zamonamizda zilganga o‘xshaydi.](/data/documents/ab59b56c-ddcc-4f98-a701-312666c80ad2/page_4.png)
![
Maqsad vositani oqlaydi.
* * *
Faqirligim — halolligim va sodiqligim isboti.
* * *
Har qanday vaziyatda ham marhamatli bo‘lishni istovchi odamga ko‘plab marhamatsiz
kishilar orasida halok bo‘lishdan o‘zga yo‘l qolmaydi.
* * *
Hokimiyatni saqlab qolishni istovchi odam zolimlikka tayanishi kerak.
* * *
Har bir ishni u qanday vositalar bilan amalga oshirilganiga qarab emas, balki maqsadga
erishilgan-erishilmaganiga ko‘ra baholaydilar.
* * *
Zamon va axloqiy mezonlar o‘zgaruvchandir. Shuning uchun zamonga peshvoz chiqqan
kimsaning hamma orzusi ushaladi va u baxtiyor bo‘ladi. Zamondan va vaziyatdan yuz
o‘girgan odam baxtsizlikka mahkum.](/data/documents/ab59b56c-ddcc-4f98-a701-312666c80ad2/page_5.png)
![
Xushomadni yo‘qotishga uringan hukmdor o‘ziga nisbatan nafrat uyg‘otib
qo‘yishi mumkin. Buning sababi shunday izohlanadi: tabiblar deydilarki, sil
kasalligini boshlang‘ich davrda aniqlash qiyin, ammo davolash oson. Agar
xastalik o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, aksincha, uni aniqlash oson-u, davolash
mushkul. Davlat ishlarida ham shunday: endigina paydo bo‘layotgan illat o‘z
vaqtida aniqlansa, uni yo‘qotish qiyin emas. Bunga faqat dono
hukmdorlargina qodirdirlar. Agar illat har kimga yaqqol ko‘rinadigan darajada
avj olgan bo‘lsa, hech qanday dori-darmon kor qilmaydi.
* * *
Mamlakat ichidagi favqulodda farmonlar ham hukmdorlarga ulug‘vorlik
bag‘ishlaydi... Boshqacharoq aytganda, fuqarolardan biri diqqatga loyiq ishga
qo‘l urganda hukmdor uni imkon qadar uzoqroq yodda saqlanib qoladigan
tarzda taqdirlashi yoki jazolashi foydalidir. Hukmdor uchun eng asosiysi
barcha amallari bilan yuksak aql-idrokka ega bo‘lgan buyuk inson shuhratiga
erishishga intilishdir.](/data/documents/ab59b56c-ddcc-4f98-a701-312666c80ad2/page_6.png)
![
Insonning izlagani va topgani o‘rtasidagi doimiy nomuvofiqlikdan kim
bexabar?
* * *
Faqat to‘g‘ri qaror qabul qilishga umid bog‘lash yaramaydi. Har qanday
qarorning shubhali ekaniga tan berish kerak. Chunki odatda bir ko‘ngilsizlikka
chap berib, ikkinchisiga ro‘para bo‘lamiz. Ammo barcha ko‘ngilsizliklarni
taroziga solib, eng oz darajadagisini ezgulik deb qadrlash aqllilikdir.
* * *
Yaxshilik ham xuddi yomonlik kabi nafrat uyg‘otishi mumkin.
* * *
Garchi yangi tartiblar odamlar ongini o‘zgartirsa-da, eskisini imkon qadar
ko‘proq saqlab qolish kerak.](/data/documents/ab59b56c-ddcc-4f98-a701-312666c80ad2/page_7.png)
![
Hech bir ish yo‘qki, uning amalga oshishi eski tartiblarni yangilari bilan
almashtirishga nisbatan og‘irroq, kechishi xavfliroq, muvaffaqiyati
shubhaliroq bo‘lsin. Yangi tartiblarni joriy etishni boshlagan har bir odamni
eski tartib tarafdorlarining adovati, yangilaridan manfaatdorlarning
beparvoligi kutadi. Beparvolikni qisman qonun himoyasidagi raqibdan
cho‘chish, qisman amaliyotda ijobiy baho olmaguncha yangilikka
ishonmaydigan odamlarning ishonchsizligi bilan izohlash mumkin. Eskilik
tarafdorlari imkoniyat tug‘ilishi hamonoq shiddat bilan xuruj qilganda,
yangilik tarafdorlari sustkashlik bilan mudofaaga o‘tadilar.
* * *
Faqat o‘zingga va jasoratingga asoslangan himoyadan yaxshirog‘i,
ishonchlirog‘i, pishiqrog‘i yo‘q.](/data/documents/ab59b56c-ddcc-4f98-a701-312666c80ad2/page_8.png)
![](/data/documents/ab59b56c-ddcc-4f98-a701-312666c80ad2/page_9.png)
![
Makiavellining yaratgan tarixida ilohiy qudrat uchun joy yo‘qdir. Jamiyatdagi barcha
voqealar va hodisalar uning fikricha tabiiy qonunlarga binoan sodir bo‘ladi.
Davlat to‘ntarishlari, siyosiy tuzumning o‘zgarishlarining asosiy sababi Makiavelli fikricha
insonning tabiatiga borib taqaladi.
“ Tarixiy voqealarni tahlil qilib” deb yozadi Makiavelli “Jamiyat doimo bir xil ekan degan
fikrga keldim.
Unda doimo yaxshilik va yomonlik o‘rtasida kurash ketadi. Lekin bu kurash har xil
shakllarda bo‘lib, bir davlatdan ikkinchi bir davlatga o‘tib turadi”.
Makiavelli fikricha barcha davlatlar paydo bo‘ladi rivojlanadi va nihoyat inqirozga uchraydi.
Bu xuddi tabiatdagi girdob harakatiga o‘xshaydir. “Har bir davlatning va hukmdorni
hayotini belgilovchi taqdiri bordir. Taqdirdagi o‘zgarishlar inson harakatiga ham bog‘liqdir.
Uning faolligi yoki sustkashligi taqdirdagi o‘zgarishlarga ham ta’sir qiladi.-deb yozadi
Makiavelli.](/data/documents/ab59b56c-ddcc-4f98-a701-312666c80ad2/page_10.png)
![
Makiavelli fikricha inson faqat taqdirga bo‘ysunib yashash xatodir. U o‘z qo‘lidan kelgan
faoliyatni yuritishi kerak va bu faoliyat orqali u o‘z taqdiriga ta’sir ko‘rsatadi. “Taqdir xuddi asov
daryoga o‘xshaydi, u yo‘lida duch kelgan barcha narsalarni oqizib yuboradi. Ammo bu
daryoning o‘zani va oqimini bilgan siyosatchi ehtiyotkorlik bilan oldindan harakat qilishi
mumkin. U xavf- xatarni oldini olish uchun darayoning ayrim joylariga to‘g‘on qurishi mumkin
va bu to‘g‘onlar orqali o‘zini xavf-xatardan asaraydi. Taqdir o‘yinlarida omad ko‘proq tavakkal
qiluvchilarga kulib boqadi” deb yozadi Makiavelli.
Insonlar tomonidan sodir bo‘ladigan buzg‘unchiliklarga qarshi davlat qonun-qoidalar ishlab
chiqaradi.](/data/documents/ab59b56c-ddcc-4f98-a701-312666c80ad2/page_11.png)
![
Dinning kelib chiqishi masalasiga to‘xtab Makiavelli bu masalani uning ijtimoiy zaruriyatdan
paydo bo‘lganligini uqtirib o‘tadi. Xalq birligini ta’minlovchi asosiy ijtimoiy kuchlardan biri bu
dindir.
Xristian dinining axloqiy asoslari Makiavelli davridagi biron-bir Yevropa davlatlarida e’tiborga
olinmadi. Agar bu axloqiy printsiplarga rioya qilinganda edi deb hisoblaydi. Makiavelli-Yevropa
davlatlari o‘rtasidagi nizolarga barham berilgan bo‘lur edi.
Makiavelli Rim katolik cherkovini axloqsizlikda ayblab qoralaydi va bu cherkovning faoliyati ko‘p
fuqarolarni yo‘ldan adashishiga sabab bo‘ldi deydi Makiavelli.
Jamiyatdagi barcha buzg‘unchiliklar Makiavelli fikricha diniy, axloqiy qarashlar ularga to‘siq
bo‘lishi mumkin edi. Lekin diniy rahbarlarning o‘z nafs va hirslarga berilib ketishi natijasida din
o‘zining ijobiy natijasini bajarmay qo‘ydi.](/data/documents/ab59b56c-ddcc-4f98-a701-312666c80ad2/page_12.png)
![E’ TIBORIN GIZ
UCHUN RA X MAT](/data/documents/ab59b56c-ddcc-4f98-a701-312666c80ad2/page_13.png)
Nik olo Mak iav elining ''Huk mdor " asari t arix falsafasi
Italiyalik faylasuf Makiavelli Florentsiyadagi aslzoda, ammo uncha boy bo‘lmagan oilada o‘sdi. Uning tarjimai holida ko‘pgina noaniqliklar mavjud. Makiavelli 1498 yildan davlat xizmatchisi bo‘lib ishlay boshladi. Makiavelli garchi yuqori mansablarda ishlamasa- da, katta siyosatning sir-asrorlarini yaxshi bilardi. 1512 yil hukumat tepasiga Medichi kelishi bilan Makiavelli Florentsiyadan quvib chiqarildi. U keyinchalik hibsga olinib, qiynoqqa solingani haqida ham ma’lumotlar bor. Makiavelli ham barcha kashfiyotchi ijodkorlar kabi ta’qib va tazyiqlarga duchor bo‘lgan. Jan Boden va Tommazo Kampanella birinchi bo‘lib Makiavelli qarashlarini qoralashgan.
Makiavelli an’anaviy ravishda siyosat olamining faylasufi hisoblanib kelgan. Uning quyidagi asarlari ma’lum: «Hukmdor» (1513), «Tit Liviyning birinchi 10 ta kitobiga doir mulohazalar» (1516- 1517), «Mandragora» (1518), «Harbiy san’at to‘g‘risida» (1519-1520), «Andriya» (1519), «Katruchcho Kastrakani hayoti» (1520), «Florentsiya tarixi», «Til haqida so‘zlashuv». Bularning orasida eng mashhuri «Hukmdor» asaridir. 1559 yilda Makiavellining hamma asarlari ilk «Taqiqlangan kitoblar ro‘yxati»ga kiritilgan.
Nikkolo Makiavellining " Hukmdor " asari o‘rta asrlarda yaratilgan bo‘lib, bugungi kungacha siyosatchilar, jamoat arboblari,tadqiqotchilar va falsafaga qiziquvchilarni o‘ziga jalb qiladi. Yozuvchi o‘z davlat tuzilishi, uni boshqarish tamoyillari, xalqqa qanday munosabatda bo‘lish haqida tavsiyalar bergan va fikrlarini bayon etgan. Kitobda ma’lum va mashhur shaxslar, hukmdorlar, tarixiy voqealar, davlat arboblari hayotidan ko‘plab misollar keltirgan, shu bois u hamma davrlarda o‘ziga xos qo‘llanma sifatida o‘rganib kelingan. Harbiy nazariyotchi kuchli davlatning kuchli hukmdori o‘ziga ishonishi, dadil qaror qbul qilishi, adolatga tayangan holda vaziyatga moslashishi kerak deb biladi va xuddi shu fazilatlar, Makiavellining fikricha, hukmdor yuritayotgan siyosatning muvaffaqiyatini tashkil qildai. Asar o‘ta jiddiy mavzuga bag‘ishlanib, unda o‘ta jiddiy masalalar muhokama qilingan bo‘lsada, ungil hazil-mutoyibaga ham yo‘g‘rilkanki, kitob bundan besh asr ilgari emas, ayni bizning zamonamizda zilganga o‘xshaydi.
Maqsad vositani oqlaydi. * * * Faqirligim — halolligim va sodiqligim isboti. * * * Har qanday vaziyatda ham marhamatli bo‘lishni istovchi odamga ko‘plab marhamatsiz kishilar orasida halok bo‘lishdan o‘zga yo‘l qolmaydi. * * * Hokimiyatni saqlab qolishni istovchi odam zolimlikka tayanishi kerak. * * * Har bir ishni u qanday vositalar bilan amalga oshirilganiga qarab emas, balki maqsadga erishilgan-erishilmaganiga ko‘ra baholaydilar. * * * Zamon va axloqiy mezonlar o‘zgaruvchandir. Shuning uchun zamonga peshvoz chiqqan kimsaning hamma orzusi ushaladi va u baxtiyor bo‘ladi. Zamondan va vaziyatdan yuz o‘girgan odam baxtsizlikka mahkum.