O’rta asrlarda Angilya shaharlari
Mav zu:O’rt a asrlarda A ngily a shaharlari
Reja: 1.Ilk o’rta asrda Angliya shaharlari 2.O’rta asrlarda Angliya shaharlarida qo’zg’alonlar 3.Angilya shaharlari aholisi,savdo-sotiq,qo’zg’alonlar
Yirik yer egaligining va amaldorlarning shaxsiy hokimiyati o’sishi Xlodvig vorislar davridayoq qirol hokimiyatini zaiflashtiradi. Qirollar yerlarni doimiy tarqatilishi natijasida mulklaridan va daromadlaridan mahrum bo’lib, yirik feodallarning ayirmachilik harakatlariga qarshilik qilishi qiyinlashadi. Xlodvig vafotidan keyin Franklar davlati parchalanishi boshlandi. VI asr oxirida Frank davlatida uch mustaqil hudud qaror topadi. Neystriya-markazi Parij bo’lgan, SHimoli-G’arbiy Galliya, Avstraziya – franklar davlatining shimoli-sharqi, (asl frank yerlari) Burgundiya-sobiq Burgundiya qirolligi yerlari. VII asr oxiriga kelib janubi-g’arbda Akvitaniya ajrala boshlaydi. Bu to’rtala hudud etnik tarkibiga, ijtimoiy tuzumining o’ziga xosligiga ko’ra va feodallashuv darajasiga ko’ra bir-biridan farq qilgan. Bu hududlar natural xo’jalik xukumronligi sharoitida o’zaro iqtisodiy bog’lanmaganligi bir davlatga birlashuviga to’siq bo’ladi. Merovinglar xonadonidan bo’lgan qirollar hukumronlik uchun o’zaro urushlari mahalliy feodallarni kuchaytirishga olib keladi. VII asr oxiriga kelib qirollikda hokimiyat mayordomlar qo’liga to’planadi. (Qirol saroy boshqaruvchisi) Keyin ular yirik yer egalariga aylanganlar. Qirolning butun boshqaruvi mayordomlar qo’lida to’planadi. Merovning qirollari hokimiyatni yo’qotib mayordomlar tomonidan tayinlangan yoki almashtirilgan (“Dangasa qirollar”davri). Frank zadogonlari o’rtasida uzoq davom etgan urushdan keyin 687y Avstraziya mayordomi Pinin Geristalskiy barcha frank davlatining mayordomi bo’lib oldi. Avstraziyada feodalashuv sekin borgani uchun u mayda va o’rta feodallarga va erkin allodchilarga tayangan. Bu tabaqalar yordamida Avstraziya mayordamlari butun frank davlatini birlashtirishga erishdilar. Pipin avlodlari birlashgan Frank qirolligini egallab yangi Karolinglar sulolasiga asos soldilar. Ular VII asr oxiridan IX asr o’rtalarigacha xukumronlik qiladilar. Karolinglar davrida Frank davlati kuchayib , imperiyaga aylanadi. O’rta va mayda yer egalari istilolar uchun, kuchli davlat xokimiyatiga muhtojligi tufayli qirollarni qo’llab quvvatlaganlar.VIII asrda frank jamiyatida feodallashuv jadal boradi. O’zaro urushlar, tashqi urushlar og’ir to’lovlar tufayli dehqonlar qashshoqlashib alloddan mahrum bo’ladi va monastir, yepiskop, feodallarga qaram bo’lib qoladilar. yer tufayli qaram dehqonlar xo’jayinga feodal majburiyat o’tkazadilar. Shunday qilib VIII asr boshida Frank davlatida ikki tabaqa qaror topadi. 1)yirik yer egalari 2)feodal qaram dehqonlar. Yirik yer egalari gall-rim zadagonlari va germanlardan iborat bo’lib, yerga xususiy mulk (allod) huquqidan foydalangan, markaziy hokimiyatdan mustaqil bo’lgan. Qaram dehqonlar gall-rim qularining avlodlari, kolon, german qullari va litlaridan tashkil topgan. Germanlarning mulkini va erkinligini yo’qotgan dehqon jamoalari xam ular safini to’ldirib borgan. Bu kategoriyalar o’rtasida farq tobora yo’qolib boradi